3.Kutubxonashunoslik va ijtimoiy fanlar.
Kutubxonashunoslik
boshqa
ilmiy
fanlarga:
madaniyatshunoslik,
sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, iqtisod, matematika va boshqalar bilan ham
judda yaqin faoliyat olib boradi.
Kutubxonashunoslik va madaniyatshunoslik
Kutubxonashunoslik umuminsoniyat madaniyatini tarkibiy qismini o‘rganar
ekan, ushbu madaniyatni bir qismi sifatida, u madaniyatshunoslik fani bilan uzviy
bog‘langandir. Madaniyatshunoslik fani ma’naviy rivojlanish qonuniyatlarini
murakkab bir xodisa sifatida, uni turli soxalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganuvchi
fandir.
Madaniyatshunoslikning umumiy qonuniyatlariga ko‘ra kutubxonachilik
nazariyasi va amaliyoti jamiyatning madaniy xayotining bir sohasi sifatida qaraladi
va shu asosda o‘rganadi. Madaniyatshunoslik uchun jamiyatning umumiy va uni
boshqa qatlamlarini madaniy rivojlanishi, aholini madaniy extiyojlarga bo‘lgan
talablarini rag‘batlantirish va ularni samarali ravishda qondirish vositalari, har
tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirishning optimal yo‘llarini izlash
birinchi darjadagi ahamiyatga egadir. Bularni barchasi madaniyatshunoslik fani
orqali kutubxonashunoslik uchun ham ahamiyatlidir.
26
Madaniyatshunoslik fani uchun kutubxonashunoslik madaniyatning yirik
sohasi bo‘lgan axborot-kutubxona faoliyati haqida faktografik va nazariy axborot
beruvchi muxim manba sifatida ahamiyatlidir. Aytish mumkinki, axborot-
kutubxona faoliyatiga qarab u yoki bu mamlakatning madaniy rivojlanish
darajasiga baxo berish mumkin.
Kutubxonashunoslik va sotsiologiya
Kutubxonashunoslik fanida sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya fanlari
erishgan yutuqlardan va bu fanlarning ilmiy tadqiqot usullaridan keng foydalanish
an’anasiga deyarli bir asr bo‘lib qoldi.
Kutubxonashunoslik fanida ijtimoiy psixologiyaning nazariyalari va
usullaridan, ayniqsa so‘rovnoma, intervyu va shuningdek guruxli eksperiment
usullaridan faol foydalanilmoqda. Ular asosida yirik va lokal sotsiologik
tadqiqotlar o‘tkazildi. Bu tadqiqotlar axolini barcha qatlamlari: bolalar va yoshlar,
maxalliy millat ayollari, olimlar va mutaxassislarni axborotga bo‘lgan talablarini
qondirishda, umuman ularni madaniy darajasini oshirishda, kutubxonalar, kitob va
o‘qishning o‘rnini belgilashga qaratilgan edi.
Kutubxonashunoslikda nisbatan yangi bo‘linma-kutubxona sotsiologiyasi
tashkil topdi.Kutubxonalar va kutubxonachilik ishini faoliyatini sotsiologik taxlil
qilish, kitobxonlik qiziqishlari va talablarini tabiatini, o‘qishni jamiyat tizimidagi
o‘rnini belgilash va uni insonni ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi rolini
belgilash imkonini beradi.
Kutubxonashunoslik va iqtisodiyot
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kutubxonashunoslik va iqtisodiyot
fanlari o‘rtasida aloqalar paydo bo‘la boshladi va ular an’anaga aylana boshlandi.
Kutubxonachilik ishi iqtisodiyoti muammolari shakllana boshlandi va ular asta –
sekin dolzarb ahamiyatga ega bo‘la boshladi.
Kutubxonachilik ishi iqtisodiyotni noishlabchiqarish sohasi va madaniyat
iqtisodiyoti sifatida qarala boshlandi. Iqtisodiy fikrlashning ta’siri natijasida
kutubxonashunoslikda, kutubxonachilik mehnatini iqtisodiy tabiati, , uni iqtisodiy
baholash, kutubxonachilik xizmatlaridan foydalanishni iqtisodiy aspektlari,
kutubxonachilik ishida moliyalashtirish va mexnatga haq to‘lash, kutubxonalarni
moddiy-texnika ta’minoti kabi masalalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi.
“Kutubxona marketingi” tushunchasini bildiruvchi tadqiqot yo‘nalishi
paydo bo‘ldi, kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishda pullik va pulsiz xizmat
ko‘rsatish masalalari xal bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini o‘tilishi
natijasida kutubxona marketingi sohasidagi tadqiqotlar faollashdi. Bu esa axborot,
axborot xizmatini oddiy tovar, maxsulot sifatida qarashga e’tibor ko‘proq qaratila
boshlandi. Bu esa umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan huquqga, ya’niy
axborotni xech qanday to‘siqsiz olishga zid xolatdir.
Kutubxonashunoslik va boshqarish fani
Kutubxonashunoslikni boshqarish fani bilan o‘zaro aloqalari tarixi deyarlik
bir asrga yaqinlashib qolmoqda. Ushbu davr mobaynida kutubxonashunoslik
fanida boshqarish fanining asosiy konsepsiyalarini o‘ziga singdirib ldi va u 1969
yildan boshlab mustaqil bo‘lim “ Kutubxonachilik ishini tashkil etish va
27
boshqarish”, 2000 yildan boshlab esa “Kutubxonachilik ishida Menejment va
marketing” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Respublikamizda esa “
O‘zbekistonda kutubxonachilik ishini boshqarish” fan predmeti ishlab chiqilgan.
Quyidagi muxim muammolar: kutubxonachilik ishi va kutubxonani
boshqarish mazmuni, kutubxonachilik ishini boshqarish usullari, boshqarish
texnologiyalari,boshqaruv mexnatini ilmiy asosda ashkil etish, boshqaruv stili,
boshqaruv samaradorligi va boshqalar.
Kutubxonashunoslik va pedagogika
Kutubxonashunoslik fanida (bizda) barcha davrlarda pedagogik yo‘nalish
kuchli bo‘lgan. Bu esa uni pedagogika tarkibiga kirishi uchun sabab bo‘lgan.
Xolubki bunga xech qanday asos yo‘q. Kutubxonashunoslik fanini
kutubxonachilik xizmati, xususan bolalar va o‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq bo‘lgan bo‘linmalari pedagogik g‘oyalar bilan chuqur sug‘arilgan.
Kitobxonni axborotga bo‘lgan talabini qondirishda individual yondoshish
tamoyillari, kitobxonlarni tabaqalashtirish t amoyillari, uzluksiz ta’lim va mustaqil
ta’lim va boshqalar pedagogik yo‘nalishga egadir.
Kutubxonashunoslik ning pedagogik bilimlar bilan ijodiy assimiliyasi (
birlashib ketishi) ning muxim natijasi sifatida kutubxonashunoslikda, kitobxonlar
bilan kutubxona-bibliografik va axborot ishlari asoslarini o‘rganuvchi mustaqil
bo‘linma “Kutubxonachilik pedagogikasi” paydo bo‘ldi.
Kutubxonashunoslik va psixologiya
Psixologiya fani kutubxonashunoslikni, kutubxonachilik ishidagi eng muxim
elementlar bo‘lgan kitobxona va kutubxonachi haqidagi nazariy qarashlar bilan
boyitadi.Shuningdek u kutubxonachilik xizmatining barcha jarayonlarining
psixologik asoslaydi.
Kutubxonashunoslik uchun umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi,
pedagogik
psixologiya,
mehnat
psixologiyasi,
injenerlik
psixologiyasi(
kutubxonachining exm bilan o‘zaro aloqasi) katta ahamiyat kasb etadi.
Kutubxonashunoslikda “Kutubxona psixologiyasi” bo‘linmasi tashkil etilgan
bo‘lib, uning vazifasi kutubxonachilik ishining psixololgik asoslarii o‘rganishdir.
Kutubxonashunoslik va matematika
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, avval chet el kutubxonashunoslik
fanida, so‘ngra esa bizda matematika bilan aloqalar kuchaya boshlandi. Bu jarayon
ijtimoiy
fanlarni
matematikalashtirish
va
kutubxonachilik
ishini
kompyuterlashtirish an’anasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Zamonaviy kutubxonashunos-tadqiqotchi va kutubxonachi-amaliyotchi
zarur matematik fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Xolubki u aslida kasbi
bo‘yicha gumanitardir.
Shu bilan birga kutubxonashunoslikni matematika bilan o‘zaro aloqadorligi
ma’lum bir chegaralanishga egadir: birinchidan, faqat amaliy matematik
qo‘llaniladi, butun matematika emas;ikkinchidan, kutubxonachilik ishining barcha
xodisalari, jarayonlari,va obektlarini matematika vositalari yordami bilan yoritib
bo‘lmaydi; uchinchidan kutubxonashunoslik-ijtimoiy, gumanitar fan bo‘lib,
matematik usullar muxim rol o‘ynaydi,lekin asosiy emas.
28
Shunday qilib,kutubxonashunoslik yuqori statusga ega bo‘lgan fan sifatida
xarakterlanadi va u ijtimoiy fanlar bilan keng o‘zaro aploqada bo‘ladi. Shu bilan
birga tabiiy-ilmiy va texnika fanlari bilan ham. Ushbu status nafaqat o‘zini ilmiy
xarakteri bilangina emas, balki rasmiy , formal xarakter kasb etadi. Dunyoning har
bir
rivojlangan
mamlakatlarida,
shuningdek
O‘zbekistonda
ham
kutubxonashunoslik ilmiy va o‘quv fani sifatida va davlat tomonidan tashkil
etilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim statusiga egadir. Ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlan
Dostları ilə paylaş: |