23
Kutubxonashunoslikni ijtimoiy fanlar tizimiga kiritilishi o‘zini mustaxkam
asoslariga egadir. Kutubxonashunoslikni
rivojlantirishda-eng asosiy, hal qiluvchi
yo‘nalishi, bu umuminsoniylik, ma’naviy xarakterga orentatsiya qilish xisoblanadi.
Shuning uchun ham xozirgi kunda butun dunyoda kutubxonashunoslik gumanistik
xarakterdagi fan sifatida qaralmoqda.
Kutubxonashunoslikning gumanitar yo‘nalishi, hozirgi kunda bu sohada
matematika, avtomatlashtirish,
kompyuterlashtirish, yangi axborot texnologiyalari
bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni rolini inkor etmaydi. Lekin, bu uni aniq
yoki
texnika
fanlariga
aylantirmaydi.Mustaqil
ijtimoiy
fan
sifatida
kutubxonashunoslik, o‘zini ma’lum bir nazariy bilimlar tizimiga ega bo‘lib, ularni
ma’lum bir xayotiy soxada,aniqrog‘i, axborot-kutubxona faoliyatida qo‘llaydi.
Shuningdek,
jamiyatda, bu bilimlar shu sohadagi muammolarni xal qila oladi,
ushbu muammolar bilan kutubxonashunos-olimlar shug‘ullanishi kerak, boshqa
soha vakillari emas degan fikrlar mavjud. Kutubxonashunoslar yetarli darajada
maxsus usullar,
amaliy ishlar, nazariyalar, texnologiyalarga egadirlar.Bularni
barchasi axborot-kutubxona amaliyoti asosida mavjuddir.
Kutubxonashunoslik fanining umumiy xarakteristikasi statusida muxim
o‘rinni, kutubxonashunoslik fanining obektining ko‘p elementli ekanligidan kelib
chiquvchi, fanlararo tarkibga ega ekanligidir.
Kutubxonashunoslik boshqa
fanlardan aloxida, ajralgan xolda faoliyat ko‘rsatmagan va ko‘rsata olmaydi ham.
O‘zini mustaqil fan sifatida ahamiyatini yo‘qotmagan xolda u fanlararo boy
aloqalarga ega. Zarur xolatlarda ,o‘zni masalalarini xal etishda boshqa fanlarning
tushunchalari, nazariyalari, prinsiplari, metodlari,
faktik materiallari va
boshqalardan foydalanadi. Fanlararo sintezni amalag oshishi natijasida
kutubxonashunoslik va boshqa fanlar o‘rtasida bilimlar almashinadi. Ba’zida
boshqa fanlar tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar, uni ijodiy rivojlantirish
natijasida
Dostları ilə paylaş: