Nazorat savollari.
1.
Kutubxonashunoslikni ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo bo‘lishi va
shakllanishi xaqida nimalarni bilasiz?
2.
XIX asrning boshlarida kutubxonashunoslik fanining paydo bo‘lishi xaqida
nimalarni bilasiz?
3.
XX asrda kutubxonashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi xaqida
nimalarni bilasiz?
4.
Kutubxonashunoslik fanining tuzilmasi xaqida nimalarni bilasiz?
4-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK FANINING METODOLOGIYASI
Reja:
1. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi.
2. Umumiy va xususiy metodlar. Kutubxonashunoslik fanining metodlari.
3. Kutubxonashunoslik fani bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.
Tayanch iboralar:
Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi. Umumiy va xususiy metodlar.
16
Kutubxonashunoslik fanining metodlari. Kutubxonashunoslik fani bo‘yicha ilmiy-
tadqiqotlarni tashkil etish.
1. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi.
Fan dunyo haqidagi
nazariy jihatdan tizimlashgan bilimlar yig‘indisi. Fanning asosiy vazifasi o‘zi
o‘rganayotgan narsa va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan
iborat. Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o‘z
predmeti va tadqiqot usullariga ega. Har bir fan nazariy jihatdan tizimlashgan
bilimlar yig‘indisi sifatida tadqiqot jarayonida xilma-xil ilmiy usullardan
foydalanadi.
Kutubxonashunoslik metodologiyasi deganda eng umumiy, boshlang‘ich,
bilishning asosiy tamoyillari va vositalari, nazariy faoliyatni tashkil etish va
yaratish, shuningdek ushbu tizim haqidagi bilimlar tushuniladi.
Kutubxonashunoslikning yangi manbalari, metodologik asos sifatida
quyidagilarni tavsiya etmoqda:
Bilish jarayonini o‘rganishga yondoshgan dunyo falsafasi;
Mantiq ilmi;
Kutubxonashunoslikning xususiy qonunlari va tamoyillari
Har bir nazariyotchi va amaliyotchi o‘z faoliyatida nafaqat o‘zini kasbiy
kutubxonachilik bilimlariga suyanishi, shu bilan birga kutubxonashunoslik
metodologiyasining umumiy va xususiy tomonlaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Kutubxonashunoslikning umumiy metodologiyasida muxim o‘rinni falsafa
egallaydi. U tabiat, jamiyat va fikrlashning eng umumiy, asosiy qonuniyatlarini
o‘rganadi. Juda ulkan falsafiy bilimlar ichida kutubxonashunoslik uchun
metodologik jihatdan eng muxim va ahamiyatlisi bu bilish nazariyasidir (
gnoseologiya).Kutubxonashunoslik metodologik nuqtai nazardan, obektiv dunyoni
“axborot-kutubxona faoliyati” deb nomlanuvchi universal bilish faoliyatining
nisbatan uncha katta bo‘lmagan bir bo‘lagidir.
Dialektikaning asosiy qonunlari va tamoyillari, falsafiy kategoriyalari
kutubxonashunoslik
uchun
metodologik
jixatdan
asosiy
negiz
sifatida
ahamiyatlidir. Dialektika («tanlayman»— degan yunon so‘zidan olingan)
a) “Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni” - dialektika qonunlari
ichida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu qonunga muvofik har bir narsa bir-biri bilan
uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi
tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama-qarshi tomon va kuchlar o‘rtasidagi kurash
taraqqiyotning manbaini ifodalab, eskining yo‘qolishi va yangining paydo
bo‘lishiga olib keladi.
Ma’lumki, narsalar turli-tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan o‘xshash bo‘lgan
ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas: muhim va
nomuhim tafovutlar mavjud.
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi.
Ushbu qonun axborot-kutubxona faoliyati nazariyasi va amaliyotiga to‘liq
tadbiq etiladi. Agar axborot-kutubxona faoliyati bo‘lmasa, kutubxonashunoslik
fani ham bo‘lmaydi, yoki kutubxonashunoslik fanisiz axborot-kutubxona faoliyati
17
hozirgi zamonaviy xolatga kela olmas edi. Lekin, ular qandaydir xolatda bir- biriga
qarama –qarshidir, ya’niy-kutubxonashunoslik- bu mavhum, axborot-kutubxona
faoliyati-bu moddiy, bor bo‘lgan faoliyatdir. Shu bilan birga ular ular o‘rtasida
o‘zaro faoliyat yuritadi, bir-birii to‘ldiradi: axborot-kutubxona faoliyati
kutubxonashunoslik g‘oyalari bilan boyitiladi, kutubxonashunoslik fani esa
axborot-kutubxona faoliyatining ilg‘or amaliyoti bilan to‘lib boradi.
b) “Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni” -
dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan
iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-
sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida meyorni buzadi va
sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi..
Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni asosida
kutubxonashunoslik va axborot-kutubxona faoliyatini xarakati va rivojlanishini
tushuntirish mumkin. Kutubxonashunoslikda, barcha fanlar kabi, sifat o‘zgarishlari
nisbatan sekinlik bilan, har doim ham sezilarli bo‘lmagan tarzda amalga oshadi.
Bular miqdor o‘zgarishi natijasida bo‘ladi. Masalan, qadimda kutubxonalar sonini
oshishi natijasida, kutubxonashunoslik g‘oyalarini paydo bo‘lishiga olib keldi.
Kutubxonashunoslik g‘oyalari esa asta- sekin yangi sifat o‘zgarishlariga,
kutubxonashunoslikga o‘tdi. Kutubxonashunoslikning keyingi taraqqiyoti esa shu
qonun asosida bormoqda.
v) “Dialektikaning inkorni inkor qonunining” qonuniga muvofiq obektiv
voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi
tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi,
undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama shaklda, ma’lum
nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab
boradi.
Kutubxonashunoslikning tarixi, hozirgi xolati va istiqbolini, mashxur
faylasuf V.F.Gegel tomonidan yaratilgan rivojlanish uchligi:- tezis- antitezis
(qarshitezis)
-sintez
qonun asosida ko‘rishimiz mumkin. Zamonaviy
kutubxonashunoslik fanimiz- bu taxminan 1917 yildan 1990 yillargacha bo‘lgan
kutubxonashunoslikning antitezisidir. Ertami, kechmi u sintez bosqichi bilan
almashadi va axborot-kutubxona faoliyatida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi.
Kelgusidagi rivojlanish bosqichlari hozirgi g‘oyalarni inkor qilish asosida yangi
g‘oyalarni yaratadi. Lekin bu g‘oyalar, yangi sifat o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, dialektika qonunlari kutubxonashunoslikning nafaqat tarixi,
hozirgi xolati va istiqbolini tushuntirib beribgina qolmasdan, uni yanada ratsional
rivojlantirishga undaydi.
Metodologik
nuqtai
nazardan
kutubxonashunoslik
uchun
falsafiy
kategoriyalar, ham muxim ahamiyatga ega. Falsafiy kategoriyalari — obektiv
dunyo eng umumiy qonunlar taraqqiyotining in’ikosidir. Barcha falsafiy
kategoriyalar obektiv dunyo qonunlari in’ikosi bo‘lgani uchun obektiv mazmunga
egadir; Falsafiy kategoriyalari ilmiy bilishda muxim metodologik vazifani
bajaradi. Obektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini o‘rganib,
bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va to‘laroq bilishga yordam
18
beradi, ikkinchi tomondan, obektiv dunyodagi narsa va hodisalar haqida yangi
bilimlar olishga va to‘plashga sabab bo‘ladi.
Ba’zi bir falsafiy kategoriyalarga to‘xtalib o‘tamiz:
Yakkalik — alohida sifat va miqdor aniqligiga ega bo‘lgan narsa, hodisa va
jarayondir.
Umumiylik- deganda obektiv reallikning barcha narsa yoki hodisalardagi
obektiv mavjud bo‘lgan xossalar va belgilarning majmui, ular o‘rtasidagi aloqa
munosabatlarning o‘xshashligi tushuniladi;
Xususiylik -shunday narsa yoki hodisalar guruhidirki, ular ma’noda umumiy
bo‘lsa-da, lekin undan ham umumiyroq ma’noda boshqa bir guruhga kiradi va bu
guruhda u alohidalik u yakkalikdir, butunning qismidir.
Mohiyat — hodisaning ichida yashiringan moddiy olamning turli-tuman
hodisalarida yuz beradigan chuqur nisbiy barqaror aloqalarni ifodalaydigan
voqelikning ichki tomonidir.
Xodisa - mohiyatning u yoki bu holda uchratilishini ifodalovchi obektiv
voqelikning o‘zgaruvchan, harakat xususiyatlariga, belgilariga boy bo‘lgan
tomonidir.Narsalarning
mohiyatiga
singib
borish
narsa
va
hodisalar
rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Kutubxonashunoslikning xususiy metodologiyasi kutubxonashunoslikning
o‘z tamoyillari va axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish
qonuniyatlarini qayd etib o‘tadi.
Kutubxonashunoslik tamoyillariga:
Bilimni, axborotni hamma uchun erkinligi;
Foydalanuvchilar qiziqishini ustunligi;
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimliligi;
Axborot-kutubxona faoliyatida markazlashtirish va nomarkazlashtirishni
birgalikda olib borilishi;
Axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish va kooperatsiyalash;
Axborot-kutubxona faoliyatini davlat-jamoatchilik xarakteri;
Axborot-kutubxona tizimlarini shakllantirish qonuniyatlari;
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimli rivojlantirishning obektiv xarakteri;
Axborot-kutubxona
muassasalarini
birgalikdagi
faoliyati
–ularni
shakllantirish va rivojlantirishni asosi sifatida;
Axborot-kutubxona tizimlarini dinamikligi va boshqalar.
Kutubxonashunoslikda muxim o‘rinni tushunchalar-terminlar egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |