2.Kutubxonashunoslik fanining metodlari( ilmiy usullari)
Kutubxonashunoslikning ilmiy metodikasi – ushbu fan oldida turgan
muammolarni o‘rganish uchun foydalaniladigan usullar majmuasidir.
Usul — ilmiy bilishning tarkibii qismi bo‘lib, uning obekti, tahlil mavzui,
tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi.
Ilmiy usul ilmiy bilish jarayonida qo‘llaniladigan mavhum bilish yo‘llari
hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli inson amaliy faoliyati negizida
yuzaga keladi.
19
Kutubxonashunoslik usullari foydalanilishiga ko‘ra umumiy ilmiy va
xususiy ilmiy usullarga bo‘linadi. Hozirgi zamon ilmiy bilish jarayonida, shu bilan
birga kutubxonashunoslikda quyidagi umumilmiy usullar keng qo‘llaniladi:
Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarni muayyan maqsadga muvofiq
qaratilgan hissiy bilish usulidir.
O‘lchash — bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniqlash
usulidir.
Taqqoslash — bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan
farqli va o‘xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini o‘rganish usuli
hisoblanadi.
Eksperiment — tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish
faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganish usuli hisoblanadi.
Biz ko‘rib chiqqan bilish usullari deyarli bilimning empirik dalillarga xos
bo‘lgan usullardir. Obektni faqat tajribada emas, balki bevosita mavhum tafakkur
yo‘li bilan ham xosil qilish mumkin:
Abstraksiya
(mavhum
tasavvur)—
hodisa,
narsaning
xossalarini,
munosabatlarini taraqqiyot bosqichlarini fikran bilish usulidir.
Analizda - o‘rganilayotgan narsa va hodisa, fikr - mayda bo‘laklarga, ya’ni
elementlarga bo‘linadi va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, o‘zaro munosabat va ta’sir
o‘rganiladi.
Sintez - analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun
sifatini o‘rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo‘lingan elementlarni qaytadan
tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish usulidir.
(masalan axborot-kutubxona faoliyati).
Induksiya va deduksiya aqliy xulosaning asosiy shakli bo‘lib, bilish
jarayonida ma’lumdan noma’lumga tomon bo‘lgan fikr harakatini ifodalaydi.
Induksiya- ayrim fikriy bilishdan umumiy, xulosalar chiqarishda
qo‘llaniladigan muhokama usuli.
Deduksiya- umumiylikdan hususiylikka olib boruvchi mantiqiy usul.
Modellashtirish - borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy usuldir.
Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obekt bilan uning modeli o‘rtasidagi
o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi.
Tizimlash usuli -o‘z ichiga muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar
yaxlitlikni tashkil etagan unsurlar majmuini o‘rganishni oladi.Hozirgi ilmiy bilish
jarayonida, murakkab obektlarni ilmiy bilishda bu usul keng qo‘llanilmoqda. Bu
usul asosida o‘rganilayotgan yoki izlanayotgan obektning boshqa obekt bilan
umumiy bog‘lanishlari, munosabatlari ochiladi.
Aniqlik usuli - tadqiqot obektining xossalari, aloqalari, munosabatlarining
ko‘p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul
aniq hodisalar haqidagi barcha aloq a va munosabatlarni o‘z ichiga olgan voqelik
haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi.
Mavhumlik usuli - aniq vokelikning mohiyati haqidgi bilish vositasi
hisoblanadi. Tafakkurning o‘zini tasavvur vositasi bilan voqelikni bilish usuli deb
qarash mumkin.
20
Tasavvur usuli - predmetni bilib olishning eng muhim usulidir.Tasavvur
vositasi bilan muayyan munosabatdagi muhim xossa va munosabatlar mohiyati
ochiladi. Tasavvur usuli voqelik hodisalarini chuqurroq, to‘g‘riroq aks ettiradi. Bu
usul asosida tadqiq qilinayotgan obekt fikran tahlil qilinadi, mavhum ta’riflarga
bo‘linadi.
Aksiomatik usul - taqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy xulosalar
chiqarish usulidir.
Gipotetik-deduktiv usul - bu usulning asosi aksioma emas, balki tajriba
ma’lumotlari majmuidir. G i p o t ye z a usuli tajriba orqali ilmiy tadqiqotlarda
tasdiqlanishi yoki noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin. Gipoteza ilmiy tadqiqot
jarayonini ma’lum yo‘nalishda yo‘naltiradi, yangi-yangi dalillarni va
ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi.
Tarixiylik va mantiqiylik usuli - obektiv dunyo taraqqiyot jarayonini muhim
xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik -narsa va hodisaning ro‘y berish vaqti,
davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini bilish usulidir. Har bir xodisa tarixiy
nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog‘lab o‘rganmoq zarur.
Mantiqiy usul- predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish usuli
hisoblanadi. Bu usul tadqiqot obektining eng muhim aloqalarini bilib olishga
imkon beradi.
Bilish jarayonida hosil bo‘lgan bilimlarimiz aniq mazmunining
Istiqbollashtirish (oldindan ko‘ra bilish,aytib berish )-qandaydir voqea yoki
xodisalarni turli xil maxsus metodlardan foydalangan xolda miqdoriy baxolash
yoki ma’lum bir muddatlardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib berish (masalan, 2020
yilga bo‘lgan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlanishi konsepsiyasi)
Tarkibiy-funksional usul – xodisa va jarayonlarni tizimli tahlil qilish orqali
butun qismni tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganishdir. Bunda tarkibning har bir
qismima’lum bir vazifaga ega bo‘ladi.
Klassifikatsiya – ma’lum bir belgilarga ko‘ra predmetlarni o‘zaro bir-biriga
bog‘liq bo‘lgan sinflarga ajaratish. Bunda har bir sinf o‘zini ma’lum bir doimiy
joyiga ega bo‘ladi va o‘z navbatida u ham mayda sinflarga bo‘linadi.
Klassifikatsiyalash usuliga kutubxonalarni tiplarga bo‘lish, sistematizatsiyalash,
predmetlashtirish va x.k. misol bo‘ladi.
Kutubxonashunoslikda umumilmiy metodlar bilan birga xususiy metodlar
ham keng qo‘llaniladi. Ularni bir qanchasi umumilmiy metodlar sifatida potensial
imkoniyatlarga ega, lekin hozircha keng qo‘llanilmayapti. Boshqalari esa faqat
ushbu sohadagina qo‘llaniladi. Ularga qisqacha to‘htalib o‘tamiz:
Sotsiologik tadqiqot usullari. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida hozirda
keng qo‘llanilmoqda. Unga so‘rovnoma, intervyu kiradi. Sotsiologik tadqiqot
metodlari yordamida xodisa va jarayonlar bo‘yicha ijtimoiy fikr to‘planadi.
Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish xajmini tasodifiy
belgilash metodlari katta ahamiyatga egadir.Ushbu metodlar tadqiqotni
reprezentativligini, ya’niy qamrab olinishni ta’minlaydi. Respondentlar sonini (
tadqiqotda ishtirok etuvchilar soni) optimal xal etilishi matematik formula orqali,
nomogrammalar va katta sonlar jadvallari yordamida xal etiladi.
21
So‘rovnoma. Bu so‘rov o‘tkazuvchilar o‘rtasida obektiv va subektiv faktlar
bo‘yicha birlamchi axborotlarni to‘plashdir. So‘rovnoma tadqiqotchi uchun zarur
bo‘lgan aniq faktlar, jarayonlar, xodisalar, shuningdek sabablar, rejalar, va
xokozolar olish imkonini beradi. So‘rovnoma –“qayta aloqa” ni muxim
kanalidir.So‘rovnoma natijalarini analiz qilish va ularni bayon etishda tadqiqotchi
obektiv bo‘lishi muxim shartdir
Kontent-analiz usuli. Zamonaviy kontent-analiz usuli (mazmunni analiz
qilish) xabarlarni ( og‘zaki, yozma, elektron), muallif xabariii, auditoriyani
xabarlarini mazmuni va shakllarini, mazmunni auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish
natijalarini o‘rganadi.(U quyidagi savollarga jabob topishi kerak: Kim gapiryapti?
Nima gapirayapti? Kimga gapirayapti? Qanday natijalar bilan?) Xabarlarda
tadqiqotchi nuqtai nazaridan mazmunli birliklar (kuzatish birliklari) aniqlanadi va
keyin ularni ishlatilishi darajasi belgilanadi. Bunday taxlil asosida tadqiqot
boshlanishida olib chiqilgan faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
Miqdoriy usullar. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida miqdoriy usullar
elementlari
qo‘llanilmoqda.
Bu
esa
kutubxonashunoslik
faniga
matematikalashtirish tendensiyalarini kirib kelayotganligidan darak beradi. Shunga
ko‘ra kutubxonashunoslik sifat jixatidan sifatli-miqdorli fanlarga aylanmoqda, uni
bilish potensialini orttiradi.
Statistik jadvallar. Kutubxonashunoslikda statistik jadvallarni qo‘llash
an’anaga aylangan.Jadvallardagi statistik ma’lumotlar birlamchi tadqiqotlar
natijalarini aniq va yaqqol ko‘rish imkonini beradi.
Indeklash usullari. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida indeklash metodlari
(ko‘rsatkichlar, ro‘yhatlar) ham qo‘llanilmoqda. Ular yordamida dinamik qatorlar
absolyut raqamlarda, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar shaklida berilib, turli xil
xodisalar va obektlarni (kitob o‘qilish, fondni aylanishi, o‘sish darajasi va x.k.)
taqqoslanadi.
Korrelyatsion taxlil usuli. Kutubxonashunoslar tez-tez korrelyatsion taxlil
metodiga
murojaat
qilmoqdalar.
Agar
jadvallar,
grafiklar
yordamida
o‘rganilayotgan omillar o‘rtasidagi aloqalar borligi yoki yo‘qligi aniqlansa,
korrelyatsion taxlilda korrelyatsion bog‘liqlik, ya’niy aloqalarni (axolini bo‘sh
vaqti miqdori va ularni kutubxona kitoblaridan foydalnishga sarflaydigan vaqt
miqdori) shakllari va puxtaligi ( zichligi) o‘rganiladi.
Miqdoriy (matematik) usullar. Kutubxonashunoslik predmetlari va
xodisalarni bilishning qudratli vositasi xisoblanadi. Lekin uni absolyutlashtirish va
maqsadga aylantirish kerak emas.
Dostları ilə paylaş: |