10-mashg’ulot kuni.
1. Salomlashish.
2. “Bir-biringizga yaxshi so’zlarni ayting!” mashqi.
- sen eng chiroyli…
- sen eng mehribon…
- sen eng qo’rqmas…
Va shunga o’xshash so’zlar.
3. “Kulgili portret” rasm chizish mashqi.
Bolalar ko’zlari bog’langan holda , quvnoq musiqa ostida maxsus doskaga odam tasvirini chizishlari so’raladi. Bolalar navbat bilan rasm chizishga chaqiriladi.
4. “Sayohat” nomli etyud.
Yoz kunlarining birida bolalar sayohat qilishga chiqishdi. Bir payt yomg’ir yog’ib qoldi. Momaqaldiroq boshlanishi bilan bolalar uylariga qochib kirishdi. Biroz vaqt o’tgach yomg’ir yog’ishi to’xtadi. Bolalar yana tashqariga chiqishdi. Ular kichkina ko’lmakchalar ustida yugurishib o’ynashdi.
5. “Qog’oz yirtish” mashqi.
Bolalarga bu mashq ularni yoqimsiz his-tuyg’ulardan xalos bo’lishiga va ularga katta kuch berishi tushuntiriladi. Keyin psixolog bolalar bilan turli his-tuyg’ular va ularni keltirib chiqaradigan vaziyatlar haqida suhbatlashadi (3-4 daqiqa). Bolalar aylana bo’lib turishadi va psixolog bilan birga qo’llariga berilgan qog’ozlarni bo’laklab yirtib o’rtaga tashlashadi. Qog’oz uyumi yiriklashguncha yirtishda davom etishadi. Keyin bolalar uyum bo’lib turgan qog’oz parchalarini bir-birlariga sochib o’ynashlari yoki yuqoriga sochib mashqni davom ettirishadi.
6. Bolalar biz bilishimiz kerak bo’lgan qoidalar (mustahkamlash ishlari)
- agar bahs-janjal uchun siz aybdor bo’lsangiz, aybingizni tan oling. Buning uchun mana bu sehrli so’zlardan foydalaning: “kechir”, “biz yaqin do’stlarmiz”, “kel birga o’ynaymiz”, “seni yaxshi ko’raman”;
- do’stlaringizga va hammaga tez-tez tabassum qiling, ularga yoqimli, yaxshi so’zlar ayting;
- eng yaqin kishilaringizga, o’zingiz yaxshi ko’rgan odamlarga, do’stlaringizga sovg’alar bering, ularni uyingizga mehmonga chaqiring.
Izoh.
Mashg’ulotlarning dastlabki kunlarida “salomlashish” bosqichida turli metodikalardan foydalanildi, chunki bolalar bir-birlarini yaxshi tanib olishlari, o’rtalarida erkin munosabatlar paydo bo’lishi muhimdir. Shuningdek, dastlabki mashg’ulot kunlari uzoq cho’zilmasligiga (30-45 daqiqa) e’tibor qaratiladi va bolalar uchun yengil mashqlar, o’yinlar tanlanadi. So’nggi mashg’ulot kunlarida o’yinlar, mashqlar ko’proq o’tkazilishi va mashg’ulot vaqti ko’proq (50-60 daqiqa) davom etishi mumkin. So’nggi mashg’ulot kunlarida bolalarda ijobiy xulq-atvor normalarini eslatib qo’yish va mustahkamlash maqsadida qoidalar aytib o’tilishi maqsadga muvofiq. Psixolog bolalardagi charchoq, o’yinlarni tushuna olishlariga e’tiborli bo’lib, ba’zi mashqlar, o’yinlarni o’tkazmasligi, ularni keyingi mashg’ulot kunlariga qoldirishi, yoki keyingi mashg’ulot kunlarida takror o’tkazishi mumkin, shuningdek, ularni yengilrog’iga almashtirishi mumkin. Psixolog bolalardagi o’zgarishlarni inobatga olib, yana bir necha mashg’ulot kunlarini tashkil etishni reja qilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |