44
soxalariga doir faktik ma’lumotlar yig‘ilgandir. Ammo statistik ma’lumotlarni
asosiy qismi nashr etilmagan va xozirgi kunda arxiv fondlarida saqlanmoqda.
E’tiborga loyiq statistik ma’lumotlardan yana biri - bu aholini umumiy
ro‘yxatga olish materiallaridir. Bunday ro‘yxatga olish dastlab 1897 yilda amalga
oshirilgan edi. Sovet davrida 8 marotaba axoli ro‘yxatga olindi. (1920
1923,1926,1939,1959,1970,1979 va 1989 yillarda). Axolini ro‘yxatga
olish
materiallari tarixchi uchun juda muxum ma’lumotlar beradi. Lekin axolini
ro‘yxatga olishlar o‘rtasida ancha uzoq muddat o‘tganligi sababli tadqiqotchilar
ko‘p xollarda joriy demografik statistika materiallariga murojat qilishadi.
Sovet davri manbalari orasida davriy matbuot muxum o‘rinda turadi.
Kompartiya va Sovet davlati fuqorolarining ongiga sotsialistik mafkurani
singdirishda matbuot organlariga muxim rol ajratgan edilar.
SHu boisdan Sovet
davrida O‘zbekistonda nashr etilgan gazeta va jurnallar soni muttasil oshib bordi.
1918 yilda Turkiston ASSRda 18 ta nomda gazeta va jurnallar nashr etilgan bo‘lsa,
70 yillarga kelib respublikamizda nashr etilgan gazetalar soni 125 tani, jurnallar
soni 50 tani tashkil etdi.
Sovet davrida nashr etilgan gazeta va jurnallarni shakli va mazmuniga qarab
turli shakllarga bo‘lish mumkin. Davriy matbuot respublika va maxalliy gazeta va
jurnallar: partiya va xukumat va jamoat tashkilotlari nashrlariga ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy ilmiy adabiy-badiiy nashrlarga bo‘linadi. Bu davrda O‘zbekistonda 6 ta
tilda gazeta va jurnallar nashr etilar edi. SHuni qayd etish kerakki,
sovet davrida
matbuot partiya komitetlarining nazorat ostida bo‘lib, sotsialistik mafkura
zaminida shakllandi va rivojlandi. Senzura partiya va xukumatning siyosatiga mos
bo‘lmagan materiallarni nashr etishga yo‘l qo‘ymasdi. Lekin shunga qaramay,
matbuot davr nafasini bizga etkazdi, o‘tmishninig jonli lahzalarini o‘z sahifalarida
aks ettiradi.
Tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan mavzudan kelib chiqqan xolda qaysi gazeta va
jurnallardan foydalanishni bilishi mazkur matbuot
organlarida nashr etilgan
ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlashi zarur. Buning uchun matbuotdagi
materiallarni boshqa manbalar bilan solishtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: