«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


G’azalda: Sham`i firoqing ko`ksumda yondi



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə16/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

G’azalda:
Sham`i firoqing ko`ksumda yondi,
Kuz yoshim oqib bag’rimg’a tomdi,
G’aflatda qolg’on Mashrab uyondi,
Yorga etar kun bormu, yoronlar?!
Mustazodda: Oshufta bo`lub, zor yugurub g’amzada Masharb,-
Dar kuyi malomat
Rasvoiy sari ko`chavu bozor bo`lubman,-
Ovvorayi sarson.
G’azalga nisbatan hajman katta va murakkab bo`lgan mustazod, muxammaslarda ham Mashrab o`zligini — yuksak badiiy mahoratini to`la namoyish eta bildi. U yaratgan bandlar ravon va o`ynoqi, samimiy va jarangdor. Insonning chigal va rang-barang ruhiy kechinmalari, eng nozik his-tuyg’ulari favqulodda sodda va ayni zamonda juda ta`sirchan misralardan o`quvchi — tinglovchilar diliga ko`chadi. Bu jarayonda chertib tanlangan qofiya va radiflarning, xalq jonli tiliga xos bo`lgan vaShoirtomonidan mohirlik bilan joylab yuborilgan «tayyor» quyma birikma-iboralarning xizmati ham kichik emas:
...Tarahhum birla aslo so`rmadi «zorim nechuksan?» deb, i
«Men uchun mubtalo bo`lg’on giriftorim nechuksan?»— deb,
«Yurak-bag’ri ado bo`lg’on dilafgorim nechuksan?»—deb,
«Bu vayron xonada mushtoqi diydorim nechuksan?»—deb,
Mening boshimra yuz jabru jafolar qildi-yu ketti.
Mashrab o`tmish fors-tojik adabiyoti klassiklari ijodidan yaxshi xabardor yuqori iste`dodli shoir bo`lgan. Buni shoirning ijodiy merosi ham tasdiq etadi. U o`z ona tilida ajoyib asarlar yaratish bilan birgalikda, ko`p bo`lmasa-da, tojik tilida ham qa lam tebratgan, qator g’azal, muxammaslar yozgan.
Shoir xalq dardida yonadi, hamsha erkin, shiddatkor va yuksak g’oyalar og’ushida yashaydi. Mashrab tafakkurini band etgan narsa xalq dardi edi. Shu bois ham u “Dard ko`b, hamdard yo`q, dushman ko`b, tole` zabun” deb komil inosn sifatida davrning jarohat va sitamiga, azob va qayg’usiga ko`ksini qalqon etdi.
Mashrabda yuksak tug’ma iste`doddan tashqari, g’ayri tabiiy bir samoviy kuch, ruh mavjud edi. Shu vujudiga, jismiga sig’magan bu kuch uni doim bezovta qilar va ulug’ maqsad sari chorlar edi. Pirmat Setoriy yoki Ishoq, Bog’istoniy tomonidan yaratilgan «Shoh Mashrab qissasi»da aytilishicha, u Namanganda Bozor Oxunddan dastlabki tahsilni olganda ham, Qashqarda piri Ofoq Xoja xizmatini qilganda ham, pir xonadonini tark etishga majbur bo`lganda ham o`sha vujudidagi ilohiy kuch uni mudom bezovta etgan va nihoyat, darvish xirqasiga o`rangan. U o`zi kabi mazlumlar dardiga sherik bo`lish uchun darvish va qalandar sifatida dunyo kezdi, yurt kezdi” deb yozadi mashrabshunos olim M.Hoshimxonov1.
Vataniga sig’magan, yurtidan quvg’in bo`lgan shoir xudo va ruhga sig’indi, makon va zamon tazyiqi ila bu dunyodan yig’lab o`tdi, uyasidan adashgan qushdek bir joyda qo`nim topmay, sahro va dasht kezdi. U bu haqda shunday deydi:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin