«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Tabib ayturki: «Ey nodon, bu dardni bedavo derlar!»



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə14/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

Tabib ayturki: «Ey nodon, bu dardni bedavo derlar!»
Quyidagi baytda esa hammasi bo`lib, etti so`z ishtirok etgan. Ular ikki-uch, ayrimlari esa, hatto, besh marotaba takrorlanib keladi. Ammo bu g’ashga teguvchi, o`rinsiz qaytariq emas.Shoirbu o`rinda sinonimlarni («ko`ngul, dil, yurak...») qo`llashdan voz kechar ekan mazmunning yaqqol ifodalanishiga, misralarning quyma va jarangdor bo`lishiga erishgan. Natijada har bir takror o`z o`rnida ishlatilgan, misralar esa lirik qahramon holati va tashvishini nihoyatda samimiy ifodalagan:
...Men ayturman: «Ko`ngul uzgil!» Bu ko`nglum ko`ngul uzmaydur,
Ko`nglum ayturki: «Ey nodon, ko`nglum uzsam-uzulg’aymu?!»
Mashrab klassik she`riyatimizning turli lirik janrlariga murojaat etdi, ularni ham mazmunan, ham badiiy jihatdan etuk asarlar bilan boyitdi.Shoirqaysi bir janrda qalam tebratmasin, u, avvalo, keng o`quvchilar ommasiga yaqin va ma`qul bo`lgan shakllarni izladi, aruzning eng engil vaznlarini qo`lladi.
Mashrabning adabiy merosi to`g’risida so`z borganida uning mustazod va murabbalari haqida ham alohida to`xtash zarurati bor. Ta`kidlash lozimki, Mashrab o`tmish poeziyamizda eng ko`p va har jihatdan ma`qul mustazod yaratgan ijodkorlardan biridir. Shoir o`z asarlari bilan bu janrning adabiyotimizda mustahkamlanishi va boyishiga katta hissa qo`shdi. Mashrab murakkab, nozik lirik janr bo`lgan mustazodda ham yuksak badiiy mahorat ko`rsata bildi. Uning mustazodlari eng yaxshi g’azallari kabi sho`x va ta`sirchan bo`lib, ravon va engil o`qiladi, kitobxon yodida tez saqlanib qoladi. Mustazod - sof lirik janr. Uning mavzui — ishq- muhabbat, oshiq sadoqati, ma`shuqa go`zalligi, nozu ishvasi, jabru jafosi, ahdu vafosi.
Mashrabning 2006 yilda «Yangi asr avlodi» nashriyotida chop etilgan «devon»idan 21 ta mustazod o`rin olgan. Ularni mavzulariga qarab quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1.Kitobat san`ati asosida yozilgan mustazodlar
2. Ishq-muhabbat mavzuidagi mustazodlar
3. Tasavvuf ruhidagi mustazodlar
Shoir o`z mustazodlarida ham er go`zalini madh etdi, uning barkamol chiroyi va fazilatlarini ulug’ladi. Mustazodlarning ham lirik qahramoni otashin sevgi o`tida yongan, o`z sevgilisi tomon talpinayotgan sadoqatli oshiqdir. Lirik qahramonning kechinmalari, visolga etishish yo`lidagi intilishi, orzu-umidlari, hijron: azobida qiynalishi, dardu hasratlari hayotiy lavhalarda o`z ifodasini topadi. Tasvirning badiiyligi, tilning soddaligi, vaznning ravon va o`ynoqiligi shoir mustazodlarini xalq qo`shiqlariga yaqinlashtiradi, tinglovchi yodida uzoq saqlanib qolishini ta`minlaydi:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin