Mashrabo umrumni oxir qildi bu charxi falak, Ul suxansanji, suxanfahmi suxandonimg’a ayt! Navoiy o`z ijodida mustazodga ko`p murojaat qilgan. Masalan: Din ofati bir mug’bachai mohliqodur, Mayxora-yu bebok, Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur, Sarmastu yoqam chok- shaklida boshlanib boradi. Mashrab ham Navoiyning ijodidan ta`sirlanar ekan, ulug’ shoir mustazodlarining mavzular olami, shakli, vaznidan chuqur ta`sirlanganini quyida ko`rib o`tamiz. Mustazodning janr xususiyatlari haqida. O`zbek mumtoz she`riyatida ko`p tarqalgan lirik janrlardan biri mustazoddir. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida mustazodga bunday ta`rif beradi: «Va yana bu xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog’lab bitib, aning misraidin so`ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag’amotiga keltururlar ermish va ani «mustazod» derlar ermish, andog’kim (mustazod):
Ey, husnunga zarroti jahon ichra tajalli, Maf`ulu mafoiylu mafoiylu faulun mazhar senga ashyo, maf`ulu faulun. Sen lutf bila kavnu makon ichra muvalli, olam sanga mavlo»1. Navoiy ta`rifidan ma`lum bo`ladiki, mustazod hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (maf`ulu mafoiylu mafoiylu faulun) vaznida yozilib, oxirgi ikki rukniga mos to`la bo`lmagan misra orttirilar ekan. Mana shuning uchun bu janr bir-biri bilan aloqada bo`lgan orttirma ma`nosini beruvchi mustazod (ziyodalik) deb ataladi. Boshqa mualliflar ham mustazodning shu xususiyatlarini ifodalab, mulohaza yuritganlar. Mustazodning g’oyaviy-mavzuviy mundarijasi xuddi g’azalniki singari bo`lganidan o`tmish mualliflar mustazodning tematik-goyaviy xususiyatlaripi alohida yoritmagan bo`lishlari mumkin.
Yangi zamon adabiyotshunoslari mustazod va uning kelib chiqishi, xususiyatlari to`g’risida, g’azalga aloqasi haqida qimmatli fikrlar beradilar. Chunonchi, adabiyotshunosA. Hayitmetov1, E. Rustamov, M. Zokirov2 va boshqalar mustazod, uning xususiyatlari haqida fikr yuritib, uning g’azalga o`xshashligini, undan o`sib chiqqanligini ta`kidlaydilar. Jumladan, professor E. E. Bertel’s quyidagilarni yozadi: «Mustazod nisbatan kamroq uchraydigan formalardandir. Bunday she`rlar quyidagicha tuziladi: o`z shakliga ega bo`lgan odatdagi g’azalga har misra oxirida qofiyadan so`ng o`sha vaznning bir yoki ikki stopasi qo`shiladi. U yangi qofiyaga ega bo`lib, g’azalning umumiy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Bu qo`shimcha o`ziga xos naqarotdir»3. Boshqa olimlarnnng fikrlari ham shunga o`xshashdir. Biroq E. Rustamov o`zining «XV asr birinchi yarmidagi o`zbek poeziyasi» kitobida Gadoiyning: