«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


«Ey g’amzasi fitna. ko`zi fatton, o`zi ofat



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə11/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

«Ey g’amzasi fitna. ko`zi fatton, o`zi ofat,
rahm ayla bu jona»,
deb boshlanuvchi mustazodi haqida fikr yuritib, «bu mustazodda ikkita turli vazn va qofiyadagi g’azal bor», deb yozadi. Bu fikrga qo`shilib bo`lmaydi deyishadi olimlar. Chunki Ga­doiyning mazkur mustazodida ham, undan keyin yaratilgan barcha mustazodlarda ham qo`shimcha ruknlarga mos keluvchi so`zlarni alohida yozib chiqilsa, mustaqil bir g’azal hosil bo`lmaydi. Shuningdek, E. Rustamov birinchi g’azal deb atagan asosiy qismning o`zini ko`chirib o`qisak, bu holda ham ma`noga katta zarar etadi va she`r o`zining asl qiyofasini yo`qotadi.
She`r misralarining bir rejada uzun va qisqa bo`lib kelishi, qisqa misralarning uzun misralar vaznining bir bo`lagini tashkil etishi hodisasi xalq she`riyatida ham bor. Bu holat mustazod shaklining yozma she`riyatdan mustahkam o`rin olishiga yordam berdi. Xuddi shunday xususiyatning nisbatan ilgariroq mustazod janri shakllangan arab va fors-tojik she`riyatiga ham xos bo`lganini ko`ramiz.
Mustazod uchun asos-zamin bo`lgan janr g’azaldir. Fazal bilan mustazoddagi g’oyaviy-tematik umumiylik, obrazlar tizimi, badiiy tasvirlash vositalari, lirik qahramon va uning xususiyatlari masalalari, shuningdek, qofiyalanish usuli, matla` va maqta baytlar soni va boshqalar shunday deb aytishga imkon beradi. Biroq g’azal aruzning juda ko`p bahrlarida yaratilgani holda mustazod hazajning hazaji musammani axrabi mak­fufi mahzuf vaznidagina bitiladi. Bu vazn aruzning yanada o`ynoqi, tovlanuvchi bir vazni bo`lib, she`r o`quvchi qalbida o`ziga xos kuchli to`lqinlanish, hayajon hissiyotini paydo qiladi. Vazn oxiriga yana ikki ruknning qo`shilishi qalb to`lqini, qaynoqligini yanada oshirgan. Bundan tashqari, mustazod ohangi maqomlar ohangiga juda mos tushgan. Mustazod shu xususiyatlari bilan shoirlar va tinglovchilar, maqomchilar va shinavandalar orasida alohida shuhrat topgan.
O`zbek mumtoz shoirlari orasida eng ko`p mustazod yozgan kishi Boborahim Mashrabdir. Nazarimizda, Mashrab lirikasidagi harorat, isyonkorlik, qaynoqlik shoirning ko`proq mustazodlar yaratishiga sabab bo`lgan.
O`zbek mumtoz poeziyasida mustazodning qo`shaloq qisqa misrali shaklini birinchi marta Ogahiyda uchratamiz.
Masalan: Ey yor, sango ushbu jahon 6og’i aro gul bir

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin