Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


-Mavzu: CHQBT dasturida ko‘zda tutilgan, tirlarda otish mashqlarini bajarish



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə59/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

28-Mavzu: CHQBT dasturida ko‘zda tutilgan, tirlarda otish mashqlarini bajarish
Reja:
1.O’q otish bo’yicha mashg’ulotlarni tashkillash va o’tkazish uslubiyoti.
2.O’q otish bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun reja konspekt tuzish tartibi.
3.Tirlarda mashg’ulot o’tkazish vaqtida havfsizlik choralari.
Tayanch iboralar:O’q, otish, mashg’ulot, tashkillash, o’tkazish, uslubiyoti, reja konspekt, tir, o’t ochish, vaqti, havfsizlik choralari, tank, sharoit, shakl, uslub.


O’q otish bo’yicha mashg’ulotlarni tashkillash va o’tkazish uslubiyoti.
Boshlang’ich harbiy taolim uslubiyoti bo’yicha talabalar mashg’ulotlarda kalashnikov avtomati (AKM, AK -74), kalashnikov qo’l plemeti (RPK). Qo’l granatalari, shuningdek kichik kalibrli vintovka va pnevmatik qurol va ularda ishlatiladigan o’q-dorilar bilan muomila (harakat) qilish usullarini o’rganish zarurdir.
Har bir qurol turi qator mashg’ulotlar davomida o’rganiladi. Mashg’ulotlar soni esa CHKBT dasturi tomonidan aniqlab beriladi va quyidagi ketma-ketlikka o’tiladi.

  • Qurolning vazifasi, jangovor hususiyatlari va umumiy tuzilishi;

  • Qurolni qismlarga ajratish va yig’ish;

  • Qurolning asosiy qismlarin va mexanizmlarini, kerakli anjomlarini va o’q-dorilarini vazifasi va tuzilishi;

  • Qurolning asosiy qism va mexanizmlarini ishlashi otish vaqtidagi otilishlar va ularni bartaraf etish usullari.

  • Qurolni asrab-avaylash, uni saqlash.

  • Qurolni ko’zdan kechirish va uni otish tayyorlash.

Boshqa ketma-ketlik ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, qurolning umumiy tuzilishi, o’rganilgan qismlarining ishlash printsipi o’rganiladi, o’quvchilarga qismlarga ajratish va yig’ish o’rgatiladi, so’ngra ularga o’q-dorilarni tayyorlash va qurolni o’qlar bo’yicha ko’nikmalar singdiriladi.
Qurolning moddiy qismlarini o’rganishda asosiy maqsad o’quvchilarda avtomatni noto’liq qismlarga ajratish va yig’ish moylash, uni yig’ilgan holda ko’zdan kechirish, otishga tayyorlash, otish vaqtidagi tutulishlarni aniqlash va ularni mohirlik bilan bartaraf qilish, qurolni qismlarini inkorsiz ishlashini taominlash bo’yicha mustahkam ko’nikmalarni hosil qilish maqsadidagi amaliy ishga qaratish zarur.
Mashg’ulot rahbari o’quvchilarda otish qurollariga muhabbat, uning yuqori darajadagi ishonchliligi va har qanday holada ham inkorsiz ishlashga ishonchni tarbiyalash kerak. Kalashkinov avtomati va qo’l pulemet o’rganishga kirishilar ekan avvalo ularning vazifasini va ular motoo’qchi sektsiyalarida mavjud bo’lishini yetkazadi.
Har bir jangchi qurolning quyidagi jangovor hususiyatlarini bilishlari aytiladi:
1. Haqiqiy o’q otish masofasi;
-erdagi nishonlar bo’yicha;
-havodagi nishonlar bo’yicha;
-markazlashgan o’t ochishda;
2. Mo’ljalga olish (pritsel) masofasi.
3. To’g’ri otish masofasi;
-yugurayotgan figura bo’yicha;
-ko’kraksimon nishon bo’yicha;
4. Ishlatiladigan o’q-dorilari, ularning vazifasi, patron turlari; tashlab yuriladigan zahira; tegib bo’lmaydigan zahira;
5. O’q don xajmi;
6. 100 m dan o’qning teshib o’tish hususiyati
7. Qurol og’irligi.
Avtomatdan tungi vaqtda otish va pahtavon patronlar bilan otish uchun priborlar (uskunalar) va moslamalar to’g’risida tushuncha berish, ushyuu qurol o’qlari tomonidan hosil qilingan teshiklar namunalarini ko’rsatish, avtomat bilan qurollangan askarni to’la ekipirovkasini keltirish maqsadga muofiq bo’ladi.
Qurolning to’la tuzilishini o’rganishda uning asosiy qismlari yig’ilgan avtomatda ko’rsatish, so’ngra har bir qismini alohida-alohida vazifalarin aytib ko’rsatish lozim. Bunda avtomatni jang davomida inkorzim va samarali ishlatishni taominlash hususiyatlariga diqqatni qaratish lozim. Masalan, pritselni bo’linishi; miqdorini, nayza-pichoqni vazifasi va biriktirilishi, uzluksiz va bittalab o’t ochish o’tkazgichning hususiyatlariga diqqatni qaratish lozim.
Qurolni qismlarga ajratish va yig’ishga o’rgatish qurolning vazifasi, xavfsizlik qoidalarini tushuntirishdan boshlanadi. SHundan so’ng qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha namunali harakatlar ko’rsatiladi, meoyorlar va ularvni bajarishdagi baholar yetkaziladi.
So’ngra rahbar ketma-ket tarzda avtomatni qismlarga ajratishni namoyish etadi, harakatlarni nomlaydi, masalan, “O’qdon ajratiladi” buning uchun nimalar qilish kerakligi tushuntiriladi va ko’rsatiladi.
Shundan keyin qolgan qismlar qanday ajratilishini va ularni qanday tartibda joylantirilishini tushuntiriladi. Qismlarga ajratish (yig’ish) davomida o’quvchilarning qo’l oyoqlari holatiga eotibor beriladi. Yakunida 2-3 o’quvchiga avtomatni (qo’l pulemeti) qismlarga ajratish va yig’ish buyuriladi.
Qurolni qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha ko’nikmalar qurollni tozalish, joylash, otishga tayyorlash, meoyorlarini bajarish va otish vaqtida tutilishlarini bartaraf etishda mustahkamlanadi va takomillashtiriladi.
Qurolning qism va mexanizmlarini o’rganish CHQBT darsligida va otish ishlar bo’yicha yo’riqnomalarida ko’rsatgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Avtomat qismlarining o’zaro bog’liqlikda harakatlanishi ko’zlari bilan ko’rishlari uchun harakatlanadigan maketlardan foydalanish zarur.
Masalan, avtomat zatvor ramasini tushuntirilayotib, unga zatvorni biriktirish lozim. Ko’rsatish stanogidan foydalanib zatvor ramasi zatvorni qaysi tarzda harakatga keltirishni va zarba beruvchi mexanizmni harakatga keltirishni namoyish etiladi. Agar stanok bo’lmasa, plakatlardan foydalanib tushuntiriladi.
Har bir qismni o’rganish ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin: rahbar uning vazifasini aytadi, tuzilishini tushuntiradi, avval tashqi qismlarini ko’rib chiqishga o’tadi. Ayniqsa o’t ochish uchun qurolni meoyordagidek ishlatishni taominlovchi, tozalashni yaxshi bilish zarur bo’lgan detallarga diqqat qaratiladi.
Qismlarning ichida ishlashini o’rganish qiyin bo’lgani zatvordir. O’rganuvchilarga tushushntirishlarni oson bo’lishi uchun uni qator elementlarga bo’lib quyidagicha ketma-ketlikda tushuntirish zarur.

  • Zatvor qism va mexanizmalarining otishgacha bo’lgan holati;

  • Qurolni o’qlash va o’qlashda zatvor qism va mexanizmlarning harakati (patronni patronnikka jo’natish, stvol kanalini yopish);

  • Otshini amalga oshirish;

  • Otilgan gilzani chiqarib tashlash.

O’quv qurolidan (uning qism va mexanizmalarining ishlashini ko’rsatish uchun mo’ljallangan) tashqari o’quv patronlari, plakatlar, diafilplar va zarba beruvchi-tushuruvchi mexanizm maketi, ikkita avtomat-bittasi stvol qutisining qopqog’isiz va gaz trubkasisiz yig’ilgan holda ikkinchisi qismlarga ajratilgan holatda.
Mashg’ulot raxbari sxemada, zarba beruvchi-tushuruvchi mexanizm maketida va avtomatda gaz porshini zatvor ramasini holatini ko’rsatadi. Zatvor ramasi qaytaruvchi mexanizm taosiri ostida eng oldingi holatda bo’ladi, gaz porshini esa gaz kamerasi patrubkasida bo’ladi: stvol kanali zatvol bilan yopilgan; zatvol o’ngga buralgan. Zatvor ramasining dastachasini 1/3 qism ortga tortib va sekin asta oldinga qo’yib yuborib, o’quvchini zatvorni o’ngga buralishini, yaoni stvol kanalini yopilishini ko’rsatadi.
Shu tartibda u qolgan qism va mexanizmalarning o’qlashgacha bo’lgan holatini, so’ngra o’qlash vaqtidagi harakatini, otishni amalga oshirishni, bittalab va uzuluksiz otishni amalga oshirishini ko’rsatadi va tushuntiradi.
Otish qurolida ishlatiladigan o’q-dorilar to’g’risida gapirilganda mashg’ulot raxbari AKM ga 1943 yil namunasidagi patronlardan foydalanishni aytadi.
1943 yil namunasidagi patronlar oddiy o’qlar va maxsus mag’sad-dagi o’qlar (yaoni trassa qoldiradigan va zirhga qarshi - yondiradigan o’qlar) bilan chiqariladi. Maxsus o’qlarning bosh qismi ajralib turadigan rangga ega.
O’qning vazifasi. Oddiy o’q - dushmanning ochiq va o’q teshib o’ta oladigan niqob ortidagi jonli kuchini yo’q qilish uchun mo’ljallangan.
Trassa qoldiruvchi o’q - dushmanning jonli kuchini yo’q qilish, o’t ochishni to’g’rilash va nishonni ko’rsatish uchun xizmat qiladi; Trasserning yorig’ izi 800 m masofagacha uzoqlikdan ko’rinib turadi. Trassa qoldiruvchi o’qning bosh qismi yashil ranga bo’yalgan bo’ladi.
Zirxga qarshi - yondiruvchi o’q yonuvchi suyuqliklarni yondirish va yengil zirxlar ortiga yashiringan dushmanning jonli kuchini 300 m gacha bo’lgan masofalardan yo’q qilish uchun xizmat qiladi.
Bu o’qning bosh qismi qizil belbog’li qora rangga bo’yalgan bo’ladi AK-74 va RPK-74 larda ishlatiladigan 5,45 mm li patronlar oddiy va trassa qoldiruvchi o’qlar bilan chiqariladi.
Gilpza patronning barcha qismlarini biriktirib turish, porox zaryadiii tashqi taosirlardan saqlash va porox gazlarini zatvor tomonga o’tib ketishdan saqlash uchun xizmat qiladi. Gilpza porox zaryadini joylashtirish uchun korpus, o’qni mahkamlash uchun uchlik va tubdan iborat. Gilpzaning tubida tashqi tomondan chiqarib tashlovchi moslamani ilashtirish uchun xalqasimon ariqcha qilingan. Porox zaryadi o’qqa harakatni uzatish uchun xizmat qiladi; u porox donachalaridan iborat.



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin