Qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti QO‘L JANGI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH USLUBIYOTI.
O‘zini muhofaza qilish usullari.
Ular o‘zini muhofaza qilish paytida jarohat olmaslik, hujum va himoya usullarini yanada mukammal egallash maqsadida ishlatiladi. Dars tekis maysali maydonda yoki maxsus joy yoxud zalda o‘tkaziladi.
O‘zini muhofaza qilish usullariga oldinga va orqa tomonga dumbaloq oshish, chap, o‘ng, old va orqa tomonga yiqilishlar kiradi.
Oldinga dumbaloq oshish.Tizzalar tomonlarga salgina ochib o‘tiriladi. Qo‘l kaftlari bilan erga tiralib, jag‘ ko‘krakka qisiladi. Bel qattiqroq bukiladi. Oyoq uchlari bilan turtilib bel orqali oldinga (orqaga) dumbaloq oshiladi.
Elka orqali dumbaloq oshish. O‘ng tizzada turiladi, o‘ng qo‘lni oyoqlar orasidan o‘tqazib, o‘ng elka erga qo‘yiladi. Bosh chap elka tomonga olinadi, jag‘ esa ko‘krakka qisiladi. Oyoqlar yordamida o‘ng elka orqali dumbaloq oshiladi.
Orqa tomonga yiqilish. Jag‘ni ko‘krakka iloji boricha yopishtirib, qo‘l kaftlarini pastga qilib, qo‘l oldinga cho‘ziladi. Iloji boricha tovonga yaqin o‘tiriladi va bel bilan sirpanib yiqiladi. YOnga yoyilgan qo‘llar bilan erga tiralib qolinadi.