|
Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar
|
səhifə | 4/6 | tarix | 18.11.2023 | ölçüsü | 105 Kb. | | #132883 |
| Mavzu Bog lovchisiz qo shma gap. Bog lovchisiz qo shma gap qismQiyoslash munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar. - Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
- Bog`lovchisiz qo`shma gapning bu turida komponentlaridan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bir-biriga qiyoslanadi, solishtiriladi. Bundan maqsad ularning farqini ochish, bir-biriga mos yoki mos emasligini ko`rsatishdir.
- Masalan: Bilagi zo`r birni yiqar,
- Bilimi zo`r mingni yiqar. (Maqol)
- Bular rohatda, men hasratda yashayman. (O.)
- Qiyoslash munosabati qismlarning umumiy mazmuni, ayrim leksik elementlar-antonimlar orqali ko`zga tashlanib turadi:
- Yigit urushga ketdi, orqasida yor qoldi. (H.O.)
- Yeridan ayrilgan yetti yil yig`lar,
- Elidan ayrilgan o`lguncha yig`lar. (Maqol)
- Toqatliga tog`lar egar boshini,
- Toqatsizning birovlar yer oshini. (Maqol)
- Yuqorida keltirilgan misollarda qo`shma gap komponentlarining kesimlari bir xil zamon shakli va mazmunida qo`llangan.
Shart-payt munosabati. - Shart-payt munosabati.
- Davlat tinch - sen tinch. (Maqol)
- Tegding – yutib yuboradi. (Ertak)
- Kolxozchilarni biriktir – har birining yuragida bo`ron qo`zg`olonadi. (O.)
- Bu turdagi qo`shma gaplarning birinchi komponenti ko`tariluvchi, ikkinchi qismi esa pasayib boruvchi intonatsiya bilan aytiladi.
- Sabab-natija munosabati:
- Seni ko`rdim o`ynadi yurak,
- Bulbul kabi sayradi tilim. (U.)
- Onang bor baxting barqaror.
- Zidlik munosabati.
- Suv keldi – nur keldi. Qo`shni keldi- ko`mak keldi.
- Izoh g`unosabati.
- Shuni yaxshi biling: o`chmas nomingiz;
- O`chmas bu bog`lar bosgan izingiz. (T.To`la)
- Bog`lovchisiz qo`shma gapning va ergash gapli qo`shma gaplarga sinonim bo`lgan tiplari haqida.
Dostları ilə paylaş: |
|
|