Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   167
majmua MO\'M-22

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 
1.
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, 
“Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. 
2.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim 
metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga 
yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu 
strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning 
orasida boshqa farqlar yo‘q. 
3.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn 
diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol 
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda 
yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash 
ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa 
farqlar yo‘q. 
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari 
bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining 
faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi. Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga 
oshiriladi. Interfaol metod ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi faollikni 
oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ”aqliy hujum”, ”6*6*6”, 
”klaster”, “zakovatli zukko”, “qarama-qarshi munosabat”, ”ven diagrammasi”, ”insert”, 
”topqirlik o‘yini” kabi interfaol metodlar muhim o‘rin tutishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini 
topmoqda.


173 
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va uni o‘tkazishda interfaol 
metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshlang‘ich maktabda matematika 
ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z 
fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda 
ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Matematika darslarida natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash 
ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni 
qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari 
haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda og‘zaki va yozma hisoblash va matematik munosabat 
belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor beriladi. 
Talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslaridan olgan bilim, malaka va ko’nikmalaridan 
foydalangan holda quyidagi savollarga javob berishadi: 

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin