176
Hozir o‘rta ta’lim ommaviy, umumiy va tanlab olib o‘qitilayotgan
iste’dodli bolalar
uchun alohida maktablarda amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga bolalarni tanlab olib
o‘qitilayotgan ixtisoslashgan maktablar ko‘lami tobora ortib bormoqda.
Matematika boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan asosiy o‘quv fanlaridan bo‘lib, Mustaqil
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari, o‘zbekona odob va milliy an’analar ruhi, xalqaro
bilimdonlik mezoni ,davlatimiz va xalqimiz
ehtiyojidan kelib chiqib, tartiblangan ijtimoiy
buyurtmalar tizimini bajaradi.
Bu vazifalar kichik yoshdagi o‘quvchilarni matematika go‘zalligi bilan tanishtirish,
matematika nutqi madaniyatini tarkib toptirish va uning yordamida yoshlarni hayotga
tayyorlashni taqazo etadi. Ya’ni, mantiqiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda og‘zaki va yozma
matematik nutqni o‘ziga
xos aniq, ixcham, sodda va ixcham bayon qilish kabi barcha sifatlari
bilan rivojlantirish lozim. Boshlang‘ich matematika ta’limi bolalarning ma’lum bilim va
malakalarni o‘zlashtirib olish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, idrok, xotira, tafakkur kabi
bilish qobiliyatlarining ilmiy rivojlanishi ham nazarda tutiladi.
Bu maqsaddan kelib chiqib o‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim usullari:
tahlil qilish,
taqqoslash umumlashtirish,aniqlik kiritish, o‘xshashini topish kabi murakkab ishlarni bajarish
ko‘nikmalari ham hosil qilinishi kerak.Hisob darsi jarayonida loyihalashga aloqador ma’lum
o‘lchash, yasash, chizish, qirqish va yopishtirish kabi ishlar matematika ilmining amaliy
yo‘nalishini kuchaytiradi.Oila daromadi va buromadi haqidagi aniq hayotiy ma’lumotlar hamda
bolalar darsda o‘rganadigan tushuncha va qoidalarning hammasi amaliy faoliyatda ishlatilishi va
turmush talablari tufayli kelib chiqqanligini tushunishlariga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan
davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qaroriga
ko‘ra, bolalarni matematika kursini chuqur o‘rganishga o‘rgatish ta’limning ikkinchi yilida, 2-
sinfdan boshlanadi.
Birinchi sinfda ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, o‘quv yili oxirida tavsiya etilgan test
sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, matematikani o‘rganishga doir tegishli qobiliyat va
moyilliklarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga bu fanni chuqur o‘rganish 2-3-4-sinflardan
boshlab
amalga oshiriladi.
2-4-sinflarda matematika kursi quyidagi beshta mazmuniy yo‘nalishni tashkil etadi:
a)
Arifmetika elementlari;
b)
Kattaliklar va ularning o‘lchovlari;
c)
Mantiqiy matematik tushuncha va munosabat;
d)
Algebra elementlari;
e)
Geometriya elementlari.
177
Shuni aytish joizki, ixtisoslashgan sinflar matematika dasturi negiz ( asosi)ni
umumta’lim maktabi 1-4-sinflari matematika kursiga kiruvchi materiallar ( o‘rin olgan )
tashkil etadi.Shu bilan birga yangi dastur qo‘shimcha dasturiy masalalar bilan to‘ldirilishi
ham tushuntiriladi. Jumladan, ta’limning dastlabki ikki yili davomida o‘quvchilar har qaysi
mazmuniy yo‘nalishga tegishli turli-tuman matematik tushunchalarning yetarlicha katta
zaxirasiga ega bo‘ladilar. Masalan, arifmetika sohasida –bu o‘quvchilarni o‘nlik sanoq
sistemasining “tuzilishi”, uni sonlarning rim yozuv sistemasi
bilan taqqoslash orqali
tanishtirish; arifmetik amallarning asosiy qonunlari haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish,
bu qonunlar yozuvlardagi umumlashtirishlarda o‘zgaruvchilardan foydalanish.
Talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslaridan olgan bilim, malaka va ko’nikmalaridan
foydalangan holda quyidagi savollarga javob berishadi:
Dostları ilə paylaş: