Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Reja



Yüklə 219,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü219,89 Kb.
#133384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
4- Faoliyatning o\'zgarishi



Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Reja 
Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Reja:
1.
Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi.
2.
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
3.
Faoliyatning asosiy turlari
4.
Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.
5.
Xulosa.
6.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi
Faoliyat bu anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) 
harakatlar yig‘indisiga aytilib, faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani 
bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni 
yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning 
psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkim. Faoliyat muvaffaqiyatini 
ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat obyektiv xossalarni aks ettirishi, 
qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim. Uchinchidan, faoliyat 
shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan 
ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash 
lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish 
juda mushkul.
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: tananing 
fazoviy holati, qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), joy almashish (yurish-yugurish), aloqa 
vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; ifodali sa’i– harakat 
(imo-ishora, pantomimika), bma’noli ishora, nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–
harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush 
paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan 
harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu 
hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: kitobni 
olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi, avtomobilni haydash 
velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, ellik kilogramm shtangani 
ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, kartonga katta shaklni 


joylashtirish, qiyin kechadi.Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo‘lishiga 
qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi sa’i–
harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qo‘yadi. Ushbu voqelik 
rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida isbotlab berilgan. 
Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i – harakat vazifasi 
bilan emas, balki mazkur sa’i–harakat ro‘y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin. 
Mushaklar bu o‘rinda sa’i– harakatlarning yo‘nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat 
qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi. Malaka 
faoliyat tarkibida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar 
bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni 
tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. 
Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash;
b) harakat namunasini esda olib qolish;
v) malaka namunalarini ko‘p marta bajarish, mashq qilish;
g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi;
d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari 
tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish 

Yüklə 219,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin