Mamlakatimizda ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisidagi” qonuni 2020 yil 23 sentabrda qabul qilindi. Bu qonunda ta’lim tizimini mazmun va mohiyatini islox qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash soxasidagi raqobat muxitini shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim tizimini yagona oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash ham da fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har bir shaxsning barobar bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlangan.
Har qanday mamlakatning kuchi uning intellektual saloxiyati bilan bilan belgilanadi. Saloxiyatga esa turli yoʻllar bilan erishish mumkin.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport - sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim olayotgan oʻquvchi yoshlarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, koʻnikma va malakalarini mustaxkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.
Jismoniy tarbiya boʻyicha dars materiallari nazariy va amaliy boʻlimlardan iborat.