Mavzu: O`zbekiston ekologiya fanining rivojlanish tarixi O‘zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi


Mavzu:Tirik organizmlarning muhitlari va ualrga organizmlarning moslashishi



Yüklə 33,94 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü33,94 Kb.
#137391
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish

Mavzu:Tirik organizmlarning muhitlari va ualrga organizmlarning moslashishi
Suv - ko'plab turdagi tirik Organizmlarning yashash muhiti bo’lishi bilan birga insoniyat uchun eng zaruriy hayotiy omillardan. Bundan tashqari, suv yer tabiiy iqlim sharoiti, ob-havo va hokazolar vositasi hamdir.
Barcha suv havzalarini alohida olib qaralsa, suvda yashaydigan tirik organizmlarning bari o'zlarining hayot-faoliyati uchun zarur bo'lgan oziqa moddalar, gazlar va bevosita suvni o'zlashtiradi. Mavjud organizmlar tegishli suv manbai tarkibi va fizik-kimyoviy xossa ko'rsatkichlariga moslashgan bo'ladi. Buni ularning hayot ramzi: harakatlanishi, nafas olishlari, oziqlanishi va ko'payishlaridan yaqqol ko'rish mumkin. Shu mavzuga oid boshqa ma'lumotlar keyingi mavzularda beriladi.
Kurrai-zaminning uzoq geologik davrlar davomida, evolyutsion tarzda, shakllana borishda tirik organizmlar suvli muhitdan keyin, turli Yer hududi xilma-xilligidan qat'iy nazar, havo muhiti va quruqlikka moslashib rivojlangan. So'zsiz, bunda ham mavjud muhitga mosJashish jarayonlari amalga oshgan. Har bir mintaqa va hududda yashaydigan tirik organizmlar turi va ularning sifat - rniqdor ko'rsatkichlariga havo muhitining tarkib-tuzilmasi va sifatining ham ta'sir ko'rsatgani aniq. Masalan, ba'zi hududlar havosi quruq va yuqori haroratli (cho'l-sahro va b.) bo'lsa, boshqa joylarda nisbatan past harorat va namli havo bo'lishini inkor etib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, yana turli hududlarda havo bosimi ham o'zgacha bo'lishi muqarrar.
Shu narsani ham nazarda tutmoq kerakki, suvga qaraganda, havo massasining tarkib -- tuzilmasi, zichligi, bosimi bir-biridan keskin farqlanadi. Shunday holatdan kelib chiqib, havodan bevosita bahramand bo'ladigan jonzotfar turlari, ularning harakatlanishi, xilma-xil hayot faoliyati va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra, suvli muhit organizmlaridan boshqacha bo'ladi. Xususan, sudraluvchi, uchadigan, sakraydigan, yuguradigan va hokazo tirik organizmlar xilma-xilligi ham kuzatilishi mumkin.
Havo qatlami (atmosfera)da ham tirik organizm (masalan, ba'zi ko'z ilg'amas juda mayda jonzot-bakteriya) lar makon topganligi yuqorida ko'rsatib o'tildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagilardan tashqari, havo oqimi turli o'simlik urug'lari va mikroorganizmlarni, shuningdek, suv bug'larini Yerning turli hududlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-havo sharoitlarini namoyon bo'Iishida muhim vosita hamdir. Yanada to'laroq fikr-mulohazalar keyinroq bayon etiladi.
Yer sayyorasining yuza sathi qatlami (litosfera) o'ziga xos ko'plab organizmlar uchun yashash makoni bo'lishi bilan birga, turli xil mineral jins va qazilma boyliklarni o'zida tutadi. Qator mineral moddalarning hosil bo'Iishida, jumladan, tuproq hosil bo'Iishida ham qator jonzot bakteriyalar faoliyat ko'rsatishini bilib qo'yish kerak.
Tahlil va tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tuproq muhiti, aniqrog'i, yer yuza qatlamidagi hayotiy unsurlar nihoyatda xilma-xil. Masalan, ayrim tur organizmlar hayot faoliyati faqat tuproq ichida o'tsa, boshqalariniki tuproq yuzasida kechadi. Qayd etmoq kerakki, tuproq tarkibidagi jonzotlar ham bir-birlaridan farqlanadigan sharoitlarda, ya'ni kisIorodli (aerob), kislorodsiz — zich mineral qatlamlar (anaerob) sharoitlarda yashashlari mumkin.
Yer osti qatlamlari orasida turli tarkib va sifetli suvlar, mineral boyliklar (gaz, ko'mir, neft va hokazo) bo'lishi ko'pchilikka yaxshi ayon. Ularning tarkibida ham qator jonzotlar yashaydi. Xullas, litosfera muhiti xilma-xil organizmlar uchun hayot faoliyat makoni hisoblanadi. Birgina yer usti — tuproqlarni olib ko'rsak, ular xilma-xil o'simliklar, mevali va mevasiz daraxtlar uchun ham muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Bu borada boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni keyingi saboqlardan ham o'qib olish mumkin. Yer bioqobig'i -- tirik organizmlar majmuining o'zi, qator hayvonlar ham odamzot uchun muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Yanada aniqroq aytilsa, bir turdagi organizmlar boshqa turdagilar uchun asosiy hayotiy omil sifatida xizmat qiladi. Misol sifatida, ko'plab o'simlik va hayvonlar tanasida har xil microorga-nizmlar yashashini ko'rsatish mumkin. Biroq bu kabi organizmlar o'z tarkib-tuzilmasi bilan ochiq muhit (suv, havo, tuproq va b.) lardagi erkin yashovchi turlardan keskin farqlanadi. Ular «parazitik hayoti» tufayli ko'p tizimli organlariga ega emas. Bunday vazifani, odatda, muhit rolini o'tovchi xo'jayin o'simlik yoki hayvonning tanasi o'taydi. Shuning uchun ham parazit unsurlarning ko'payishi, rivojlanishi, hatto, o'ziga xos ekotizim barpo etishi ham aniq. Tabiatdan juda ko'plab bunga isbotu-dalillar keltirish mumkin. Tirik organizmlarning atrof- muhitga moslashishi. Har qanday turdagi tirik organizm muayyan tashqi muhitga moslashishi tufayli yashaydi va doim mavjuddir. Tashqi muhit o'zgarsa, so'zsiz, unga moslashgan jonli unsurlargina hayotini davom ettiradi, moslasha olmagani qirilib ketadi. Lekin aksariyat organizmlar kuchli moslashish xususiyatiga ega. Bu tolerantlik deyiladi («Tolerantlik» - yunoncha so'z bo'lib, chidamlilik ma'nosiga ega). Demak, har bir tirik organizm yashash muhiti va sharoitini o'zgarishiga qarab, chidamlik xususiyatiga ham ega ekan.Yashash sharoiti, umuman, atrof-muhit o'zgarishi bilan, odatda, unga xos ko'rsatkichlarda amalga oshadigan biokimyoviy tabiiy jarayonlarning borishi ramzi ham o'zgaradi. Xususan, ularning amalga oshish tezligi va darajasi boshqacha tarzda bo'ladi. Misol keltirilsa, ko'pchilik o'simliklarning o'sish tezligi va bar tomonlama mukammal bo'lishi ular uchun zarur bo'lgan suv, oziqa moddalar, shu jumladan, karbonat angidrid gazi, azot, kaliy, temir kabi mikroelementlar, hamda mineral va organik o'g'itlarning tuproqdagi miqdorlariga ham bog'liq. Keng miqyosda tolerantlikka ega bo'lgan organizmlar turining nomi oldiga «e v r i» qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin: Evribiont — har xil muhit — sharoitlarda yashashga moslashgan tirik jonzot, mavjud omillarga qarab turlicha nomlanadi. Masalan, haroratga moslashgani e v r i t e r m, namlikka — evrigidrid, sho'rlanishga - e v r i gal va hokazo.Muayyan omilning nisbatan qisqa qiymat yoki doirada o'zgarishiga moslasha oladigan bioturga s t e n оqo'shimchasi qo'shib o'qiladi: stenobiont - o'z hayot faoliyati uchun ma'lum shart-sharoit talab etadigan tirik organizm. Xuddi shuningdek, stenoterm. stenogidrid. stenogal va stenofaglarning ham har bin, tegishli holda, harorat, namlik, sho'rlik va muayyan oziqa moddasi bilan oziq-lanishga moslashgan organizmlar hisoblanadi.Shuni alohida ta'kidlash ham joizki, biror tashqi omilga nisbatan u yoki bu turdagi organizmlarning keng doirada moslashishi boshqa omillarga ham xuddi shunday moslashishga qodir degani emas. Muayyan o'simlik turi haroratga nisbatan evriterm bo'lishi mumkin (masalan, cho'ldagi saksovul). Lekin boshqa omil ta'sirida o'zgarishga uchrashi ham mumkin. Shuningdek, xonbaliq kabi boshqa bir tur jonzotni stenoterm va har xil oziqa moddalarga moslashganmi evrifag deb yuritiladi.Aniq bir turdagi organizm o'z hayoti davomida har xil sharoitga tushib tole-rantlik xususiyatini namoyon etishi mumkin. Masalan, paxta g'o'zasining o'sib yetilish mavsumi (vegetatsiyasi) davrida 14-16 °S dan harorat 38°S gacha o'zgarishi g'o'za o'sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Lekin saratonda, ayniqsa, iyun oyi oxiri, iyul hamda avgust boshlarida havo harorati 38°S dan ortiq bo'lishi ham ko'p kuzatiladi. G'o'za o'simligi misolida, harorat ko'tarilib ketgan sharoitda ham o'simlik rivojlanishda davom etib, hatto, ancha yuqori haroratga bardosh bera olish xususiyatiga ega. Demak, g'o'za yuqori harorat bo'lgan sharoitga oson moslashadigan o'simlik ekan. Faqat o'z vaqtida sug'orilib turilsa, bas. Bunday moslashishni — tolerantlik chizig'ining o'zgarishidan ham kuzatish mumkin. Tolerantlik chizig'ining siljishi, organizmni moslashishini xarakterlaydi degan xulosani chiqarsa bo'ladi.Moslashish (adaptatsiya) - tirik organizmning tuzilishi, bajaradigan vazifasi va xossalarining tegishli shart-sharoitga hayot faoliyatining muvoftqligidir. Ta'kidlash joizki, moslashishning m о r f о 1 о g i k, f i z i о I о g i k va x u l q- a t v о r 1 i turlari ham mavjud.Morfologik moslashishlarga. misol sifatida, suv muhitda yashaydigan tirik organizmlarning suv oqimi qarshiligini engib, harakatlanishga mos tarzda, tanatuzilishi va doim suvda muallaq (osilgan) holda yashashiga qodirligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, o'simliklar olamida, masalan, cho'l sharoitida suvni oz sarflashga moslashish bo'yicha saksovul, shuningdek yantoq barglari o'lchamining nisbatan kichik bo'lishi yoki butunlay bo'lmasligini ko'rsatsa to'g'ri bo'ladi.


Yüklə 33,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin