mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish


Quyidagilar tijorat kraudsorsingi



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə34/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Quyidagilar tijorat kraudsorsingi majburiy belgilari hisoblanadi:

  • odamlar (kraudsorserlar) ishni ko‘ngilli asosda bajaradi;

  • kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;

  • kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi;

  • kraudsorserlar mahsulot/xizmatga iste’mol qiymati qo‘shadi;

  • kraudsorserlar bitta yoki bir nechta jarayonda:

loyiha/mahsulot/xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish, taqsimlashda ishtirok etadi;

  • kraud-loyiha ishlab chiquvchilar tijorat maqsadini – kattaroq foyda olishni ko‘zlaydi;

  • kraudsorsing kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan loyiha/ mahsulot/xizmatni ilgari surish elektron marketing vositasi sifatida namoyon bo‘ladi;

  • kraudsorserlar ishtirkoida yaratilgan mahsulot/xizmatga qo‘shimcha talab shakllanishi ro‘y beradi.

Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsing – tijorat maqsadlarini ko‘zlamasdan, ko‘ngilli asosda Internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qilishga jalb qilishdir.
Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi belgilari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • odamlar (kraudsorserlar) ishni ko‘ngilli asosda bajaradi;

  • kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;

  • kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi;

  • kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qiladi;

  • kraud-loyiha ishlab chiquvichlar tijorat maqsadlarini ko‘zlamaydi.

Masalan, mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, «Faol fuqaro» kraudsorsing maydonchasi.
Ta’kidlash joizki, volonterlikni ijtimoiy kraudsorsing qatoriga volonterlar internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlarni bajarishi shartida qo‘shish mumkin.
Innovatsiyalar kraudsorsingi tijorat va notijorat kraudsorsingi xususiy holati hisoblanadi. Innovatsiyalar kraudsorsingi - ko‘ngilli asosda internet tarmog‘ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) innovatsion g‘oya/echim/loyiha/mahsulot/xizmat topish jarayoniga jalb qilishdir. Amaliyotchilar tobora ko‘proq «ochiq innovatsiyalar» atamasidan foydalanmoqda, buni innovatsiyalar kraudsorsingi yakuniy mahsuloti sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Masalan, mahsulot (xizmat) sifatini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar izlab topishga yo‘naltirilgan «g‘oyalar birjasi», tijorat kraudsorsingining xususiy holati bo‘lgan, ya’ni kompaniya foydasini oshirishga qaratilgan innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar davlat hukumat organi innovatsion transport turini ishlab chiqish bo‘yicha g‘oyalar to‘plash bo‘yicha kraud-loyihani ishga tushirgan bo‘lsa, gap innovatsiyalar notijorat kraudsorsingi haqida boeradi.
Ishlab chiqarish funksiyalarini kraudsorserlarga to‘liq o‘tkazish «sof kraudsorsing» biznes-modeliga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu shtatdagi personal soni qisqarishiga olib kelishi muqarrar. Kompaniyalar kam sonli bo‘lib qoladi va rasmiy belgilari bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari qatoriga kirishi mumkin bo‘ladi, bunda ularni ishga rasmiylashtirish, ularning ish layoqatini saqlash uchun ijtimoiy javobgar bo‘lish va ta’til uchun pul to‘lash shart bo‘lmagan yuzlab va hatto minglab kraudsorserlarni jalb qilish mumkin. Zamonaviy kompaniyalar rivojlanishida ushbu trend boshqaruv darajalari sonini kamaytirish va boshqaruv tashkiliy strukturalarini soddalashtirishga yo‘naltirish bilan birga hattoki yirik korporatsiyalarda ham kuzatilmoqda.
Kraudsorsing nafaqat tijorat kompaniyalarining biznes- modellarini o‘zgartiradi. Kelajakda notijorat sohasida ham zamon va makon bo‘ylab cheklanmagan ochiq tashkilotlar barpo etish asosida mehnatni tashkil qilishga o‘tish bilan birgalikda kuzatiladigan o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kraudsorsing tabiati va mohiyati biznes, kraudsorserning o‘zi va mamlakat iqtisodiyoti
oladigan foydani belgilab beradi. Bugungi kunda kraudsorsing loyihalarini amalga oshirayotgan biznes namoyish etayotgan iqtisodiy va ijtimoiy foyda orasida harajatlarni pasaytirish; innovatsion
ishlanmalarni rag‘batlantirish; meritokratiya; «olomon» ishtirokida yaratilgan mahsulotga talabning ortishini sanab o‘tish mumkin.
Hozirgi paytda kraudsorsing tibbiyot, farmasevtika, dasturlash, axborot izmatlari bozori, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar o‘tkazish sohasida keng tarqalgan.
Kraudsorsing va kraudfanding asta-sekinlik bilan ommaviylashib bormoqda. Kraudsorsing loyihalari amalga oshirilishini birinchi navbatda, ochiq kodli dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida kuzatish mumkin bo‘lib, bunda istalgan shaxs dunyoning istalgan nuqtasidan turib kompyuter ortiga o‘tirishi, mahsulot ishlab chiqishi va eng yaxshi bo‘lishi mumkin.
Bir tomondan, kraudsorsing ommaviylashuv jarayoni davom etadi, chunki biznes iqtisodiy samara beradigan har narsaga ochiq bo‘ladi. Boshqa tomondan – bu jarayonlar rivojlanishi ko‘plab kasblar vakillari, masalan, jurnalistlar, fotograflar hozirdanoq ishga joylashish borasida muammolar his qiladigan holatning namoyon bo‘lishi bilan birgalikda kuzatiladi, chunki istalgan shaxs ularning ishini ko‘ngilli asosda bajarishi mumkin.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin