Mavzu: Xalqaro terorizm



Yüklə 201,5 Kb.
səhifə4/4
tarix07.02.2023
ölçüsü201,5 Kb.
#123125
1   2   3   4
Mavzu2

Maqsad va vazifani belgilanishi
1.2. Mavzuga kirish. Fan bo‘yicha o‘tiladigan mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida ma’lumot beradi.
1.3. Fan yakunida qo‘yiladigan baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova).
1.4. Birinchi o‘quv mashg‘uloti mavzusi va rejasi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o‘quv faoliyati natijalarini bayon qiladi.
2.1 Tayanch bilimlarini aniqlash va rivojlantirish maqsadida “Tayanch so’z iboralari”dan foydalaniladi. (2-ilova) O‘quvchilar tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi.
Yangi o‘quv material bayoni.
2.2. Mashg‘ulotni reja bo‘yicha tushuntiradi, har bir rejani nihoyasida umumlashtiradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi (3-ilova)
2.3. Mustahkamlash uchun o’quvchilardan nazorat olinadi.(4-ilova)
2.4. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qiladi.

Uy vazifasini taqdim etadilar


Savollarga javob beradi.


Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi.


Tinglaydilar. Slaydga e’tibor qaratadi, uni o‘ziga yozib oladi
Test bajaradilar.
Erkin fikrini bayon etadi.
eshitadi.

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa).

Yakunlash.
3.1 O‘quvchilarning faoliyatiga baho qo‘yiladi va rag‘batlantiriladi.
3.3. Kelgusi mashg‘ulotga vazifa: 1. O’tkir zaharlanishlar. Zaharlanish tushunchasi, turlari mavzusini o‘qib _______________________ yordamida belgilash topshirig‘i beriladi. (5-ilova)

Eshitadi.

darslikga qaraydilar vazifani yozib oladilar,


konspekt qiladilar.

Mavzu: Terorchilik holati sodir etilganda tibbiy yordamni tashkil qilish


REJA:

1.Terorchilikga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va himoyalanish usullari
2.Terorchilik holati sodir etilganda aholi harakatlari
3.Terorchilik holati sodir etilganda tibbiy yordamini tashkil etish

1.Terorchilikga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va himoyalanish usullari


1)o'sib kelayotgan yangi avlodning ta'lim va tarbiyasiga o'z vaqtida jiddiy e'tibor berish;
2)diniy aqidaparastlik illatiga o'z vaqtida yetarlicha baho berib,
ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va targ'ibotni faol olib borish;
3)aholi o'rtasida mavjud bo'lgan etnik muammolarni o'z vaqtida aniqlab, ijobiy yo'l bilan bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'rish;
4)jamiyatning barcha qatlamlarida ogohlik tushunchasini barqaror shakllantirish.

2.Terorchilik holati sodir etilganda aholi xatti-harakatlari


Terroristik aktlar sodir etilgan hududdagi tinch aholi tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelib faoliyat boshlaguncha ko'ngilli fuqaro bo'linmalari tashkil etib quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
1. Yaradorlar va shikastlanganlarni xavfsiz joyga olib o'tish.
2. Bolalar, ayollar va keksalarni hududdan tartib bilan olib chiqish.
3. Yong'in, toshqin, inshootlarning qulashi, portlash va zaharli moddalar tarqalib ketishining oldini olish kabi holatlarni bartaraf etishga e'tibor berish. .
4. Og'ir yaradorlarga fuqaro yordamini tashkil etish.
5. Yordam kuchlar transportlarining hududga kirib kelishi uchun yo'llarni ochish va tozalash. Terroristik aktlar sodir etilgan hududdagi tinch aholiga quyidagi holatlarda faoliyat yuritish taqiqlanadi.
1.Barcha portlovchi moddalar va vositalar o'rnatilgan inshootlarga kirish, teginish, zararsizlantirish va joyidan ko'chirish.
2.Radioaktiv moddalar va o'ta xavfli infeksiyalar bo'lishi mumkin bo'lgan inshootlarga kirish, teginish, joyidan kuchirish, zararsizlantirish va maxsus tekshiruvdan o'tmasdan hududdan chiqib ketish.
3.Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari markazlari va yuqori bosimga ega bo'lgan gaz moslamalariga kirish, teginish, zararsizlantirish va joyidan ko'chirish.
4.Ishonchsiz ma'lumotlarga suyanib aholi o'rtasida targ'ibot va tashviqot yuritish.

3.Terorchilik holati sodir etilganda tibbiy yordamini tashkil etish


1)terroristik akt usuli va foydalanilgan ashyolarni aniqlash;
2)kimyoviy, bakteriologik qurollar va radioaktiv moddalar foydalanilganligi aniqlansa, bu moddalarning tarqalib ketmaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish;
3)bemorlarni birlamchi saralash va ahvoliga qarab guruhlarga ajratish;
4)tez tibbiy yordam ko'rsatishni aynan bemorlarning ahvoliga qarab amalga oshirilishini ta'minlash;
5)tez tibbiy yordam ko'rsatilgan bemorlarni keyingi bosqichga evakuatsiya qilishga tayyorlash.
Terroristik akt sodir etilgan joyga birinchi bo'lib, o'sha joyga, yaqin bo'lgan ,tpz tibbiy yordam bo'linmalari yoki markazining; navbatchi brigadalan yetib borishi lozim. Agar bu brigadalar soni yetarli bo'lmasa, zudlik bilan zaxiradagi tez yordam brigadalari (shifokor-hamshira va maxsus tez tibbiy yordam), ruhshunos mutaxassislar va favqulodda holatlar tibbiyoti markazidan tezkor guruh jalb etiladi.
Talafot ko'rganlarga birinchi tibbiy yordam, shifokor yetib kelguncha ko'rsatilishi lozim bo'lgan tibbiy yordam va shifokor tomonidan ko'rsatilgan tibbiy yordam amalga oshirilgandan so'ng, bftmorlarni sanitar va yo'ldagi mashinalar bilan yaqinroq bo'lgan tibbiyot markazlariga evakuatsiya qilinadi. Bu markazlarda ixtisoslashgan va maxsus tibbiy yordam tashkil etiladi.
Talafot ko'rganlar soni va turi juda ko'p bo'lsa, akt sodir etilgan hududda ko'p tarmoqli dala tibbiyot markazi tashkil etilib, IIV, favqulodda holatlar va mudofaa vazirliklarining maxsus tibbiyot oo'Hnmalari ham jalb qilinadi. Bundan tashqari, akt sodir etilgan hududdagi tibbiyot markazlarining ish faoliyatini kuchaytirish maqsadida Maxsus tez tibbiy yordam brigadalari (MTTYB) zaxiradagi tibbiy ashyolar bilan jalb qilinadi.
Radioaktiv moddalardan talafot ko'rishda kutiladigan holat turlari:
o'tkir nurlanish kasalligi;
— mahalliy radioaktiv moddalardan zararlanish;
—gipertoniya kasalligi;
— oshqozon yarasi kasalligi.
Terroristik aktlardagi yordam:
— ruhshunos brigadalar;
— asab kasalliklari brigadalari;
— yuqumli kasalliklar brigadalari;
tez tibbiy yordam brigadalari;
— toksikologik brigadalar.
Oziq-ovqat va ichimlik suvi zaxiralarini himtyalash:
— inshootlarning usti yopilishi;
— idishlarga solinishi;
— sanitar-gigiyenik chora-tadbirlar o'tkazish;
— sanitariya oqartuv ishlarini olib borish.
Epidemik o'choqdagi o'ziga xos xususiyatlar:
— aholining ommaviy zararlanishi va kasallanishi;
— organizmdagi himoya tizimining kuchsizlanib borishi;
— kasallik qo'zg'atuvchisi miqdori juda ko'p bo'lishi;
— zararlangan va kasallanganlar o'rtasida sog'lom aholining borligi;
— sanitariya-epidemiologik tashkilotlarning ish faoliyatlari izdan chiqqanligi.
Yüklə 201,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin