Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Siz meni kechiring, — dedi Palmer, — men baribir qishloqiligimga boraman va bu narsalarga 
tuzuk-quruq aqlim yetavermaydi. 
— Palmer, — uning so‘zini bo‘ldi chol, — har gal kim menga o‘zini qishloqi qilib ko‘rsatib, 
shaharcha nozik narsalarga aqlim yetmaydi deb aytganda, men oqibatda hamyonsiz qolaman. Ana 
shunaqa. Xo‘p, mayli. Ochiqchasiga gaplashaylik. Sizga qanday topshiriq berilganini men bilaman. 
Undan ko‘ra siz omonat banklari bilan jangni go‘yoki muqaddas salib yurishi hisoblab, ochiqchasiga va 
aylantirmay javob berganingiz yaxshi emasmidi?  
Palmer kuldi: 
— Mana bu endi yoqimli kutilmagan narsa. 
— Shunaqami? — Lumis unga diqqat bilan qaradi. Keyin uning javob aytishdan qochishni 
do‘ndirishiga qoyil qoldi. Uning katta-katta ko‘zlari Palmerdan chetlab o‘tib, tanobiyning to‘riga diqqat 
bilan tikildi. — Hammamiz shu yerdamiz, — biroz jimlikdan so‘ng dedi u, — bilamiz: bu naqd pullar 
uchun bor-yo‘g‘i mushtlashuv, xolos. Hozirgi vaqtda naqd pullarning katta qismi omonat banklari 
ixtiyorida turibdi, tijorat banklari esa puldan o‘marib qolmoqchi bo‘ldi. Bunday ahvolda hech kim 
yutolmaydi. 
— Ommadan boshqa hech kim, — qo‘shib qo‘ydi Palmer. 
— Mutlaqo to‘g‘ri, — Lumis yana bir necha bor boshini irg‘adi. — Omma har doim sal bo‘lmasa 
oshkora ichiqoralik bilan mushtlashuvni kuzatib turadi. Masalan, chakana narxlar atrofidagi 
mushtlashuvni. Ommaga esa kim yengilishining mutlaqo farqi yo‘q. U eng arzon narxda hamma 
narsani sotib olsa bo‘ladigan paytni kutib turadi, xolos. Maqola uchun a’lo sarlavha: “Bankirlar bir-
birning go‘shtini g‘ajishga tayyor”. Omma bunday narsalarni ko‘ziga surtadi. Bankirlar mushtlashib 
yotganda o‘z mablag‘iga yiliga chorak foiz qo‘shimcha qidirib, mablag‘ qo‘yuvchilarning tit-pitini 
chiqaradilar, go‘yo bu ularni Qorunga aylantiradigandek. Kim yutib chiqadi? Omma; lekin biz emas. 
Shu joyda fikrimiz bir joydan chiqar? 
— Mutlaqo. 
— Sizday tajribasi bor odamga, — tezgina davom etdi Lumis, — boshqa odamlardan farqli o‘laroq, 
bankirlar ularning axlatni kulbadan olib chiqishdek dabdabaga yo‘l qo‘ya olmasliklarini tushuntirib 
o‘tirishning aslo hojati bo‘lmasa kerak. Gapim to‘g‘rimi, xo‘sh, nima deysiz? 
— Ha, ha, siz haqsiz. 
— Boshqalar uchun, biz uchun ozuqa bo‘ladigan narsa zahardir, shunday emasmi? — qo‘shib 
qo‘ydi Lumis. 
— To‘g‘ri. 
Bunday tuturuqsizlikdan zavqlanib, Palmer o‘zini o‘rindiqqa tashladi. “Qorunga o‘xshagan boy” — 
kinoyali kuldi u, — “kulbadan chiqqan axlat”, “zahar”. Bunday eski g‘oyalar yordamida Jo Lumis 
qanday qilib yuksakliklarga yetib olardi? Yuraverib tekislangan temir iz baribir mustahkam bo‘larkan-
da. 
— ... agar ta’bir joiz bo‘lsa, bu voqeani silliqqina yuzdan sidirib tashlash kerak, — davom etdi chol, 
— to u Olbanigacha yetib borguncha. Qonun bunga qo‘l urishi hamon biz hammamiz mushkil ahvolda 
qolamiz. 
Palmer ehtiromli bosh irg‘ab qo‘ydi, payt poylab turdi, iloji boricha ko‘proq samimiy gapirishga 
harakat qilib dedi: 
— Buni siz filiallar haqidagi qonun loyihangizni qaytarib olishga tayyorsiz degan ma’noda 
tushunishimiz joizmi? 
Lumis o‘rindiqqa og‘ir cho‘kdi va bir nafas Palmerga u nishonga urgandek tuyuldi. Uning tub 
sababini bilgandan keyin endi bu qiziq o‘yinday bo‘lib qoldi. Biroq Lumisning chekingandek bo‘lib 
ko‘rinishi bor-yo‘g‘i ofitsiantning stolga yaqinlashib kelishi tufayli ekan. Ofitsiant yashin tezligida 
narsalarni joy-joyiga qo‘ydi-da, yashin tezligida g‘oyib bo‘ldi. Palmer cholning o‘z jo‘jasini sanchqi 
bilan aylantirayotganini kuzatib turardi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin