Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Ushbu o’quv qo’llanmada
ishlab chiqarishni iqtisodiyotdagi ulushi va 
rejalashtirish, ishlab chiqarish jarayoni tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlari 
ishlab chiqarishi jarayoni va korxona ishlab chiqarish tizimi, ishlab 
chiqarishga xizmat qiluvchi ichki infratuzilmalar, ishlab chiqarishni 
boshqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni birja savdosini tashkil etish va 
bozor tizimida savdo uylari savollari tavsif qilingan. 


6
1-bob. Ishlab chiqarishni iqtisodiyotdagi ulushi va rejalashtirish 
1.1 Iqtisodiyot ishchi kuchini bandli dinamikasi va ishlab 
chiqarishni mamlakat YIMdagi tarkibi 
 
Iqtisodiyotda ishlatilmayotgan resurslar tarkibidagi o’zgarishlar 
iqtisodiy o’sish dinamikasiga salmoqli ta`sir ko’rsatmoqda. Resurslardan 
foydalanish samaradorligi darajasi iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha 
ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan tarmoqlar ulushining o’sishi samaradorlikning 
umumiy darajasini oshirmoqda va aksincha. Iqtisyodiyot tarkibida, material 
sig’imi (avvalo energiya sig’imi yuqori), kapital sig’imi va suv sig’imi yuqori 
tarmoqlar ulushini kamaytirish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanish 
vazifasi O’zbekiston uchun muhimdir.
O’tish davri yillarida band bo’lganlarning tarmoq tarkibidagi 
o’zgarishlar tendensiyalari xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar 
ulushini o’sishi (36% dan 46.5% gacha), shuningdek sanoatdagi ulushini bir 
maromda kamayishi (1991 yildagi 13.3% dan 2002 yildagi 12.7% gacha) bilan 
tavsiflanadi, bu sanoat korxonalarini xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga 
moslashish jarayonini aks ettiradi. 
Agar isloh qilish yillarigacha band, bo’lganlarning katta qismi (40 dan 
50% gacha) qishloq xo’jaligiga to’g’ri kelgan bo’lsa, tadqiq etilayotgan davr 
oxirida xizmat ko’rsatish sohasi birinchi o’ringa chiqdi (2002 yilda 46.5%, 
qishloq xo’jaligida esa 33%). Bu o’zgarishlarning natijasida sanoat va qurilish 
tarmoqlarida band bo’lganlar soni 1991-2002 yillar mobaynida 23% dan 20% 
gacha qisqardi. 
Hozirgi vaqtda shakllangan bandlik tarkibi ko’p jihatdan ilgari mavjud 
bo’lgan sanoat korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini xo’jalik 
yuritishning yangi sharoitlariga moslashuvining tabiiy jarayonlari bilan 
izohlanadi. Bu tendentsiyaga barham berish, avvalo qayta ishlash sanoati 
tarmoqlarida va yuqori texnologik xizmatlar (axborot, tibbiy, konsalting, 
sayyohlik va h.k.) ko’rsatish sohasida yangi ish o’rinlarini yaratishni talab 
etadi. Bu band bo’lganlar tarkibida sanoat ulushini ko’paytirish va 
mehnatdan foydalanishning tarmoq samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Moddiy resurslardan yetarli darajada samarali foydalanmaslik so’nggi 
yillarda erishilgan YaIM o’sish sur’atlari sezilarli ravishda kamayish xatarini 
keltirib chiqaradi. Iqtisodiyot bo’yicha yalpi mahsulot ishlab chiqarishda 
oraliq mahsulotning (moddiy xarajatlar) ulushi dinamikasi bundan dalolat 
bermoqda.
 
YIMning ishlab chiqarish tarkibi dinamikasidan ko’rinib turibdiki o’sish 
davrida idisodiyot tarkibida salmoqi o’zgarishlar yuz berdi. Ular xizmat 
ko’rsatish sohasi ulushini o’sishi (1991 yildagi 26.2% dan 2003 yilda 44,2% 
gacha)
 
va sanoat ulushini kamayishi (mos ravishda 26,2% dan 17,4% gacha) 
tendentsiyalari bilan tavsiflanadi. Agar birinchi tendentsiya infratuzilmasini 
yaratilishi bilan bog’liq bo’lib ijobiy bo’lsa, ikkinchisi avvalroq mavjud 
bo’lgan yirik va o’rta sanoat korxonalarini, faoliyat yuritishning yangi 
sharoitlariga moslashuvidagi ma`lum muammolar borligidan dalolat beradi. 
Iqtisodiyotdagi ortga qaytishning (1996 yilgacha) muddatiga nisbatan bu 
o’zgarishlarni uzoq davom etganligi (2000 yilgacha) bundan dalolatdir. Lekin, 


7
2002 yildan boshlab moslashish davrini yakunlanishining aniq belgilari 
kuzatildi, chunki sanoat ulushi yana oshib bordi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmida qayta ishlash tarmoqlari 
samaradorlikning muhim indikatori bo’lib hisoblanadi. Rivojlangan va jadal 
rivojlanayotgan davlatlarda bunday ishlab chiqarishlarning ulushi sanoat 
ishlab chiqarishining 3
/
4
va undan ko’prog’ini tashkil etadi. O’zbekistonda 
1997 yildan boshlab ushbu indikatorning dinamikasi (mashinasozlik, yengil 
va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish 42.5%-44% oralig’ida o’zgarib 
turgan. Bu tarkibiy-investision o’zgarishlar samaradorligini oshirish, ularni 
amalga oshirish mexanizmlarini, avvalo bank tizimi va fond bozorlarini 
rivojlantirish asosida xususiy jamg’armalarni rag’batlantirish va ulardan 
samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish zaruratidan dalolat 
beradi.
YaIM ishlab chiqarish tarkibida sanoat ulushining 2002 yildagi 14,5% 
dan 2003 yilda 15,0% gacha o’sishi kuzatilgan. Bunga ma`lum darajada 
mashinasozlik sanoati mahsulotining 30.8%, yengil va oziq-ovqat sanoati 
mahsulotlari hajmining mos ravishda 6.2% va 6.8% ga o’sishi sabab bo’ldi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin