8
Frederik Teylor (1856-1915) turardi. Uning yodgorligida «ilmiy boshqaruv
otasi» deb yozilgan.
F.Teylor talantli injener va ishlab chiqarishni tashkilotchisi edi. U yurist
oilasidan chiqqan. Salomatligi tufayli yuristlikka o’qiy olmagan va po’lat
quyish zavodiga o’quvchi sifatida ishga kiradi. O’n yil davomida qora
ishchidan to bosh injenergacha yetishdi. Mustaqil shug’ullanib kerakli
imtohonlarni topshirib muxandis-mexanik diplomini oldi. U ko’p vaqtini
ixtiroga ajratardi. Yuzga yaqin patentlari bor edi.
Zamonaviy iqtisodchi G.Pollard yozishicha: “Teylor
nima uchun
ishchilarning mehnat faoliyatini boshqarishning yangi tizimini tuzmoqchi
bo’ldi?” - deganda, u avvalo o’quvchi keyin injenerlik faoliyati davomida
ishchilarning to’la imkoniyati borligicha ishlamashini, ortiqcha keraksiz
harakatlarni
oldini olish kerakligini bildi, chunki u endi boshqaruv xodimi
sifatida edi.
F.Teylor har bir ishni bajarish uchun ishchilarning hatti-harakatini
xronometraj va mukammal kuzatish natijasida eng mukammal, samarali
yo’lni tanladi. Kuzatuvlar, tajribalar natijasida har bir ishchi uchun vaqt
qiymat normalarini ishlab chiqdi.
Shunday
qilib Teylor tizimi shakllandi, uning mohiyati quyidagilarda
aks etadi:
- xronometraj operasiyasi va harakatlarni o’rganish asosida mehnat
faoliyatiga ketadigan aniq vaqtni aniqlash;
- maksimal unumdorlikka erishish uchun asbob, jihozlarni,
qayta ishlash
tartibi, ish bajarish yo’llarini tanlash;
- ma’muriy funksiyalarga bevosita asoslangan funksional boshqaruv tizimi.
Ilmiy menejment maktabi, ya`ni rasionallashgan maktabi, teylorizm
tomonli quyidagi asosiy holatlarga yondashadi:
1.
Asosiy vazifasi ishlab chiqarishni rasionalizatsiyalashtirish bo’lgan
menejmentni, alohida mustaqil faoliyat turi deb tan olish.
2.
Me`yorlashtirishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini va
mehnat operatsiyalarini alohida zveno va elementlarga ajratib, ularni bajarish
uchun ketadigan vaqt miqdorini aniqlash.
3.
Mehnat me`yorlariga asoslanib rejalashtirish.
4.
Har
qanday ish bajarish muddati, vaqti, davomiyligini aniqlovchi maxsus
bo’linmalar funksiya bajarilishini rejalashrish.
5.
Ish haqini ko’tarish hisobiga unumdorlikni oshirish.
6.
Xodimlarni jismoniy va ruhiy talablarga muvofiq ravishda tanlash va
ularni o’qitish.
Insoniy munosabatlar maktabi. «Insoniy munosabatalar
nazariyasi»ning asosiy mohiyati quyidagilarda aks etadi:
1.
Ishchilarning shaxsiy va kollektiv ma’suliyati hissiyotini rivojlantirish.
2.
«Yagona umumiy fikrlar»ni korxona muhitida shakllantirish.
3.
Lavozim obro’yidan bilim va kasb obro’yiga o’tish.
Dostları ilə paylaş: