Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
Xossa ikki nov ham topqay ul o‘q paykonidin. 
Borg‘ali devona ko‘nglum tan uyin sog‘inmadi,
Itti Majnun, uylakim, yod etmadi vayronidin. 
Hajr shomi yig‘laram g‘urbatdin, ey hamsoyalar,
Bu kecha voqif bo‘lung bu saylning tug‘yonidin. 
Hajr yuz ming yilchayu ashkim urar gardung‘a mavj,
Men ham o‘ttum Nuhdin, bu ashk ham to‘fonidin. 
Eyki, bu bazm ichra ichting kom ila bir davri may,
Bilki, nokom oncha qon yutqung falak davronidin. 
Ey Navoiy, tush ko‘rarsenmu vatanni, demakim,
Telba tushdek sog‘inur, yod etsa xonumonidin. 
464
Yuz o‘tida yuz qatra su, tong yo‘q, xo‘yi g‘altonidin,
Ko‘nglum o‘tida yo‘qmudur yuz qatra su paykonidin. 
Qilg‘anda raxshin garmpo‘y ul shahsuvori tundxo‘y,
Qilg‘ay debon ollida go‘y, olmon boshim maydonidin. 
Bu dardu g‘amdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, ko‘rgach-o‘q beholmen ul ishvagar javlonidin. 
Boshim sari nazzora qil, ey charx, dod, boringni bil,
Dog‘i saodat anglag‘il har zaxm aning chavgonidin. 
Maydong‘a ul chobuk surub, boshimg‘a chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub, el po‘yasi har yonidin. 
Ko‘k mazraidin xo‘shae kasb aylasang, qil to‘shae,
Kom istabon tut go‘shae, go‘yi falak davronidin. 
Gardun chekib tig‘in nihon, yuz javr birla to‘kti qon,
Oxir Navoiy topti jon, topqach vafo jononidin. 
465
Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, g‘ofil emasmen bir dam aning yodidin. 
Lutf etib, gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidnn. 
Kecha aysh ahli mug‘anniy lahnidin xushhol emas,
Onchakim men tongg‘a tegru itlari faryodidin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
Xotirim sinmoq tilar, ko‘ngli tilarmen, men dog‘i,
Har ne bu shishamga kelgay xushtur, ul po‘lodidin.
Sabr toshidin ko‘ngulga ko‘p bino tarh ayladim,
Ko‘z yoshim sayli qo‘ngardi barchani bunyodidin. 
Dayr piri dedi: maydin bosh ko‘tarma, ey rafiq,
Solik uldur, chekmagay boshini pir irshodidin. 
So‘rma, ey hamdam, Navoiyning g‘aminkim, olame
G‘am bila to‘lg‘ay, dam ursa xotiri noshodidin. 
466
Yorab, ulkim vasl shomi kom olur zebosidin,
Tiyra qilma ayshi ko‘zgusini subh anfosidin. 
El mayn la’lin netay, mamzuj esa obi hayot 
Kim, mening jomim erur mamlu fnroq olmosidin. 
Ul pariy ishqi agarchi ayladi majnun meni,
Shukr erur, boreki qutqardi xirad vasvosidin. 
Fosh mehri tuxmini ko‘nglumda ektim, ko‘r nishon,
Har so‘ngak yonimda urmoqqa muhabbat dosidin. 
Urmag‘aysen posbonlng‘ lofi ko‘k qo‘rg‘onida, 
Voqif o‘lsang, ey ajal, hajrim tuni bir posidin. 
Qilmag‘il bu korgah vasfig‘a fikru boda ich
Kim, xirad idroki ojizdur aning ehsosidin. 
Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoq men xarob
Kim, unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin. 
467
Ey musulmonlar, fig‘on ishqi baloangezdin,
Ohu vovaylo balolig‘ furqati xunrezdin. 
Qayda faryodim eshitkay ulki, ko‘yi kam emas,
Xalq afg‘oni bila g‘avg‘oi rustoxezdin. 
Gul yuziga xo‘y tushub, la’lig‘a ko‘nglum qildi za’f,
Bo‘ylakim za’f aylamish qandi gulob omezdin. 
Ko‘nglim ichra gulsitoni husnidur, ey bog‘bon,
Kelki, ohim farqi yo‘qtur nafhai gulbezdin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin