Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
«Muzokara» deb atalmish bu uchrashuv kutilmaganda tez tugadi. Madaminbekning 
aytar gaplari o‘zi bilan ketdi. Kim haq, kim nohaqligi sir bo‘lib qoldi. Zokirxo‘ja 
tashqariga chiqib Madaminbekning chopib tashlangan odamlarini ko‘rdi. Shahidlar 
orasida akasini topmay, ko‘ngli bir qadar tinchidi. Akasining pistirmalarni dog‘da qoldirib
qishloqdan qanday chiqib ketganini bilmaydi. Qo‘rboshi Qashqardan panoh topib, o‘zi 
esa uyiga qaytgach, akasini bir martagina ko‘rdi. «Minnat bo‘lmasin», deb o‘sha 
mash’um kechani eslamadi. 
Zokirxo‘jani hibsga olganlarini akasi ko‘rdi. Biroq oraga tushmadi. Bir og‘iz gapirmadi 
ham. Aytiladigan so‘zlar qiyomatga qoldi. U shundan alamda. 
Sovuq o‘lkada terlamadan holdan ketib jon taslim qilayotgan Zokirxo‘ja umrining bir 
chimdimi haqidagi hikoyani Jahongirga aytib bergan edi. Boshga tushib ko‘z ko‘rgan 
o‘zga voqealarni esa xotirasining zimiston chodiriga o‘rab yer bag‘riga o‘zi bilan olib 
ketdi. 
Zokirxo‘janing sovuq o‘lkadagi bir necha kunlik umri, bir chimdim hikoyasi necha 
yillardan beri Jahongir bilan tirik yuribdi. Jahongir Zokirxo‘janing omonat gaplarini 
topshiray deb uning akasini ikki marta qidirdi. Birinchi gal uchrata olmadi — uzoq 
safarda ekan. Ikkinchi marta xunuk xabar eshitdi — Mirsharopov bilan birga qamoqqa 
olinib, otib tashlanibdi — u xalq dushmani ekan... 
Jahongir hozir ana shularni esladi. «Zokirxo‘ja akasiga so‘nggi so‘zini ayta olmadi. U 
ham shunday bo‘lgandir. Qiziq, akasi qo‘liga kishan urilganda Zokirxo‘jani yodga oldimi? 
Oraga tushib ukasini qutqarib qololmaganidan o‘kindimi? U dunyoda aka-uka uchrashib 
nimalarni gaplashdilar ekan?..» Shu savoldan Jahongirning yuragi hapqirdi. O‘zlari-chi? 
Hademay u dunyoda diydor ko‘rishganlarida nimalarni gaplashadilar? 
Sasib ketgan qamoqxonada bedor yotgan Jahongirning miyasini shu savollar kemirar 
edi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin