Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

4. SIRTMOQNI KIM TASHLAGAN? 
Parda-devor ortidagi ayol ko‘nglidan kechgan gaplardan bexabar mayor 
Solihovni Qirqbel qishlog‘ida nimalar kutyapti ekan? 
Kechasi bilan ezib yoqqan qor aralash yomg‘irdan so‘ng iyig‘i chiqqan yo‘ldan mashina 
yura olmadi. Yo‘l tikkalagani sayin g‘ildiraklari chirpirak bo‘lib aylanib, loyga botib 
qolaverdi. Bu ahvolda Qirqbel qishlog‘iga yetolmasligini sezgan mayor Sanjar Solihov 
mashinadan tushdi. Kapitan Jabborov ham noiloj unga ergashdi. Kapitan ehtiyot bo‘lib 
qadam bosishga qanchalik harakat qilmasin, birpasda oyog‘idagi botinka loyga botdi. 
Etik kiyib olmaganidan afsuslandi. «Yo‘lning bunaqaligi tushimga kiribdimi», deb o‘zini 
o‘zi oqladi. Harbiychasiga katta-katta qadam tashlayotgan mayorga yetib yurish qiyin 
edi. Mayorning yurishi aslida shundaymi yo atay tezlab ketyaptimi, Jabborov bilolmadi. 
Mayor orqada kelayotgan hamrohiga qaramasdi. Uning xayoli turmada o‘tirgan 
Jahongirda edi. Fe’li, xatti-harakati bir-biriga o‘xshagan jinoyatchini topish qiyin. U 
Jahongirga o‘xshagan nusxani shu paytgacha uchratmagandi. Peshonasida yozuvi bor bu 
odam uni aldab qorong‘i g‘orga kiritib yuborganday edi. Solihov Jahongir bilan bo‘lgan 
so‘nggi suhbatni o‘ylab borardi. Jabborov esa buni boshqacha tushunib «Men bilan 
gaplashgisi yo‘q ekan, nima qilardi tinchimni buzib», deb o‘yladi. Besh qadamcha orqada 
qolib kelayotgan Jabborov bir oz nafas rostlab olish maqsadida mayorni gapga tutdi: 
— O‘rtoq mayor, bu qishloqqa avval ham kelganmisiz? 
Solihov to‘xtab orqasiga o‘girildi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
— Yo‘q, birinchi kelishim, — dedi u, Jabborovning maqsadiga tushunmay. — Nimaga 
so‘rayapsiz? 
— Yurishingizga qarab, yo‘lni bilarkansiz, deb o‘ylabman. 
— Bu atrofda boshqa yo‘l ko‘rmaganim uchun tikka boryapman. 
Ikki chaqirim yo‘lni it azobida bosib o‘tishdi. Yaxshiki, qishloq soveti raisining xonasi 
issiqqina ekan. Hali qaynog‘i o‘lmagan choydan bir piyola ichib, onadan qayta 
tug‘ilganday bo‘lishdi. 
Rais Solihovning gaplarini eshitgach, u ko‘rsatgan suratlarga diqqat bilan tikildi. 
— Mana bu odamni ko‘rganman. Asli shu qishloqlik deb eshituvdim. Lekin o‘zi bilan 
hamsuhbat bo‘lmaganman. Bu odamni esa... — rais marhum Sharipovning suratiga 
ajablanib tikildi, — kimgadir o‘xshaydi, yo‘q, tanimadim bunisini. 
— Bu odamning ismi Jahongir. Yoshi ellik oltida. Tug‘ilgan yeri shu Qirqbel qishlog‘i. 
Uni kim tanishi mumkin? 
— Unimi?.. Damin aka. Qishloqqa kelsa, Damin akanikiga qo‘nar ekan. ammo-lekin... 
Damin aka ham o‘tirib chiqqan. Bir balosi bormi, deyman bularning. Chaqirtiraymi? 
— Ha, tezlik bilan odam yuboring, — dedi Jabborov. — Bitta odam qo‘shib bersangiz 
o‘zim olib kelaman. 
— Yo‘q, to‘xtang, — dedi Solihov Jabborovga qarab. — Bu yerga olib kelsangiz undan 
gap ololmaysiz. O‘zim boraman. — Mayor shunday deb raisga o‘girildi. — Damin aka 
deganingiz kim, nimaga qamalgan. 
— Qishloqda muallimlik qilgan, deyishadi. Urush arafasida qamashgan. Man etilgan 
kitoblarni targ‘ib qilar ekanmi-ey. Xullas, aksilinqilobiy ishlar bilan shug‘ullangan. 
— Aybini o‘zingiz ham aniq bilmas ekansiz. 
— To‘g‘ri, bilmayman. Men bu qishloqda yangi odamman. 
— Unda yo‘l ko‘rsating. Damin akanikiga o‘zim kirib chiqaman. 
— Malol kelmasa, men ham borsam? — dedi Jabborov piching ohangida. Mayor uning 
«Ho‘v, akaxon, biz ham yuribmiz orqangizdan ergashi-ib», demoqchi ekanini tushundi. 
— Siz... — Solihov unga javoban «botinkangizni quriti-ib o‘tiraturing», demoqchi edi, 
biroq begona odam oldida mulzam qilishni istamadi. Quruqqina qilib: — Yuring bo‘lmasa, 
— deb qo‘ydi. 
Damin aka deganlari qishloqning adog‘ida yashar ekan. Qishloqdagi uylar yelkama-
elka turgan odamlarday yonma-yon qurilgan, tomlari tomlariga ulanib ketgan. 
Do‘nglikka qurilgan bu uy esa xuddi moxovlarning boshpanasiday ajralib turardi. 
Tomiga qalin loy bostirilgan, devorlari ancha nurab qolgan o‘yning eshigini Solihov 
asta taqillatdi. Dam o‘tmay eshik g‘ijirlab ochilib, ostonada jikkakdan kelgan, ko‘zlari 
chaqchayib turgan odam ko‘rindi. U notanish, kutilmagan mehmonlarga bir nafas 
ajablanib qaradi-da, taraddudini oshkor etib qo‘ymaslik uchun ularni darrov ichkariga 
taklif etdi. Daminning jussasi kichik bo‘lgani bilan ovozi guldirakday edi. Bu ovozni 
eshitib, bu jussani ko‘rgan odamning ajablanmasdan iloji yo‘q edi. Solihov ham ana shu 
ajablanish bilan uning izidan ichkari kirdi. 
Imorat tashqaridan mung‘ayib ko‘ringani bilan, ichkarisi orasta edi. Tokchalarga 
kitoblar tartib bilan terilgan. Taxmonning yarmiga yetib-etmay ko‘rpa taxlangan. Uy 
to‘ridagi sandalga yopilgan biroz uringan ko‘rpa ustiga ozoda dasturxon yozilib, guldor 
patnis qo‘yilgan. Xonada bulardan bo‘lak ko‘zga tashlanuvchi jihoz yo‘q. Xonaning 
orastaligi uy egasining nozik ta’bidan darak berib turardi. 
Poyabzallar yechilgach, mezbon ularni tanchaga taklif etdi. Mehmonlar joylashib 
o‘tirib olishgach, u daf’atan: 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin