Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Nima derdi, Grigorich nima desa, shu bo‘ladi-da, — chol bu gapni mag‘rur bir 
ohangda aytdi. Choyini ichib bo‘lgach, Jahongirga qaradi: — Jenya, men rais bilan 
gaplashdim. Sen Grigorich oilasining a’zosi sifatida kolxozda ishlaysan. Cho‘chqa boqish 
qo‘lingdan keladimi? 
— Grigorich, qo‘limdan kelmaydi. Meni bunaqa ishga ro‘para qilmang. 
— Boshqa ish yo‘q kolxozda. Molga qaraydigan odam tayin. Cho‘chqaboqarga 
yordamchi kerak. Bilaman, cho‘chqani harom deysan. Lekin sen cho‘chqa go‘shtini 
yemaysan-ku, ovqat berasan, tagini tozalaysan, vassalom! Ishlab turmasang bo‘lmaydi. 
Jahongir chindan ham noiloj edi. U pastak bostirmada, sassig‘i bir chaqirim nariga 
yetib boradigan cho‘chqaxonada ishlashga majbur bo‘ldi. Bir hafta mobaynida rais ikki 
marta kelib, cho‘chqaboqar bilan gaplashib ketdi. Aftidan, noma’lum odamga 
cho‘chqalarni topshirishga topshirib qo‘yib, ko‘ngli tinchimayotgan edi. 
Jahongir bir kuni ishga otlanayotganida eshik qattiq taqilldi. Eshikni ochmoqchi bo‘lib 
yugurgan Samariddin yarim yo‘lda to‘xtadi. Xonaga uzun shinel kiyib, yoniga to‘pponcha 
taqqan malla odam kirib keldi. Uni ko‘rib Oynisaning esxonasi chiqib ketdi. Kenjasini 
bag‘riga mahkam bosib oldi. 
— Muhammadrizaev kim? — dedi militsioner qo‘pollik bilan. 
— Men, — dedi Jahongir. 
— Hujjatlaringizni ko‘rsating! 
Militsioner xona o‘rtasida tik turganicha hujjatlarni ko‘zdan kechirdi. 
— Ishlayapsanmi? 
— Ishlayapman. 
— Yaxshi, ishlayver. Bu yerdan bizning ruxsatimizsiz bir qadam ham jilmaysan. 
— Men bu yerga o‘z xohishim bilan keldim. Men quloq qilinmaganman. 
— Men bitta gapni ikki marta qaytarmayman. Grigorich, mehmoningga ko‘z-quloq 
bo‘lib tur. Sen ham javobgarsan. 
Hech qayoqqa ketmaydi, xotirjam bo‘l, — dedi chol, — mabodo tomog‘ingni ho‘llab 
olmaysanmi? 
— Quy, Grigorich, sovuqning zahrini oladi. 
U bir krujka qo‘lbola aroqni ichib olib, indamay chiqib ketdi. 
Kunlar o‘taverdi. Qish bu qishloqda ham hukmini o‘tkaza boshladi. Raisning tekshiruvi
kamaydi, militsionerning esa dam-badam kirib hujjat tekshirish bahonasida Grigorich 
quyib bergan aroqqa nafsini qondirib ketishi odat tusiga kirdi. Samariddin Jahongirning 
ishdan qaytishini kutadi. Jahongir ovqatlanib olgach, ikkovi tashqariga chiqadi. 
Samariddin chol yasab bergan qo‘pol chanaga o‘tiradi. Jahongir otga o‘xshab pishqirib 
uni uchiradi. U har pishqirganida, kishnaganida bola qiyqirib kuladi. Oynisa ularning 
o‘yiniga derazadan boqib turadi. Jahongir uning nigohini tuyadi, shu sababli uy tomonga 
qaramaydi. So‘ng Jahongir opasining yarim yerto‘lasiga kiradi, boshqa vaqt shu 
yerto‘lada umr o‘tkazadi. Samaraddin unga ovunchoq, ba’zan ishlayotganida ham bolani 
qo‘msab qoladi. 
Bir kuni chol o‘rmondan bo‘y barobar archa kesib kelib uy o‘rtasiga o‘rnatdi. 
— Bizning bayramimiz, — deb tushuntirdi u Jahongirga, — payg‘ambarimiz tug‘ilgan 
kun. 
Jahongir bu bayramni bilardi. O‘sha muzliklar orasida nasroniylar gapirishardi. 
Ma’muriyat esa bayram qilishga yo‘l bermasdi. 
Chol bilan kampir dasturxon tuzab bo‘lgach, uy burchagidagi Iso Masih surati oldida 
tiz cho‘kib, uzoq ibodat qilishdi. So‘ng chol-kampir bir necha qultumdan ichishib, 
o‘pishishdi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin