Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Daydiradagi qotillik sabablarini o‘rganayotgan bu ikki odam sirlar tuguni ustida bosh 
qotirishayotganda marhum Siddiq Sharipov — Olamgirning xonadonida ko‘ngillarni 
poralovchi voqea sodir bo‘lgan edi. 
Safarqul uyga kirib fotiha o‘qigach, Xadicha ostonaga kelib, yuzini ro‘moli bilan yarim 
yopgan holda so‘rashdi. Safarqul «Ollohning irodasi» haqida gapirib, ta’ziya billdirdi. 
Yo‘lchivoy «Bu milisa bilan qaydan tanishdingiz?» degisi kelardi-yu, mezbonlik burchi 
mehmonni bu tarzda so‘roqqa tutishdan to‘xtatib turardi. Safarqul shunday savol 
berilishini yo‘lga otlangandayoq bilgandi. Shu sababli Yo‘lchivoyning qarashidagi savol 
alomatini darrov sezdi. 
— Yo‘lchivoy, inim, — dedi u ta’ziyaga oid gap-so‘zlarga yakun yasagach, — bu odam 
bilan birga kelganimdan ranjimang. Uylaringizni bilmas edim. Bu odam meni izlab 
Yusufxonaga boribdilar, yozloqqa ham chiqdilar. Bir kecha o‘tovimda tunadilar. Sizlarni 
surishtirdilar. Yolg‘onga o‘rganmaganman, rostini aytdim. 
— Nimani aytdingiz? — dedi Yo‘lchivoy dag‘alroq ohangda. 
— Rahmatli Olamgir akaning Qirqbeldan ekanliklarini, boshlariga tushgan kulfatlarni, 
keyin... aka-uka tutinib yurtga qaytganlarini... Himmatlarini ham aytdim. Ukalarining 
xotinlarini panohlariga olganlarini ham... 
— Nima? — Bu gapni eshitib, Yo‘lchivoy o‘rnidan turib ketayozdi. 
— Bilmasmidingiz? — Safarqul ayb ustida qo‘lga tushgan o‘g‘ridek bo‘ynini qisdi. Bu 
haqiqatning Yo‘lchivoydan sir tutilishini u bilmas edi. U Olamgirning Xadichani nikohiga 
olganidan xabardor, so‘ng bu oiladan ancha yil uzoqlashib ularning taomiliyu sirlaridan 
begona bo‘lib ketgandi. 
— Yo‘lchivoy! 
Onasining ovozini eshitib, Yo‘lchivoy o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Xadicha ostonadan chekinib
devorga behol suyanib turardi. 
— Yo‘lchivoy, o‘g‘lim, qo‘y, surishtirma... 
Onasining ovozidagi zaif titroq Yo‘lchivoyning yuragiga ko‘chdi. U onasini ichkari uyga 
kuzatib, o‘zi mehmonxonaga qaytdi. 
— Yo‘lchivoy, inim, men omining gunohidan o‘ting. Ko‘ngil so‘rayman, deb 
ko‘ngillaringizni vayron qildim. Xudo shohid, sizlarga yomonlik istamagan edim. Men 
dadangizning tuzini totgan edim, rozi bo‘linglar, — Safarqul shunday deb fotihaga qo‘l 
ochdi. Yo‘lchivoy uning ketishiga monelik qilmadi. Ko‘chaga qadar kuzatib chiqib, 
xayrlashar chog‘i mehmonning yuragini zada qilmaslik uchun shunday dedi: 
Safarqul aka, biz sizdan domangir emasmiz. Bolalaringizning rohatini ko‘ring. 
Gunohlarimizni Ollohning o‘zi kechiradi. Mahshargohda yorug‘ yuz bilan ko‘rishishni 
nasib etsin. 
— Inshoolloh... 
Safarqul bu xonadonga kulfat tufayli yaqinlashgan edi, kulfat tufayli butunlay uzildi. 
Yo‘lchivoy darvozani tambalab, iziga qaytdi-yu, hovli o‘rtasiga kelganda to‘xtab qoldi. 
U hozir yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan yo‘lovchi kepatasiga tushgandi. 
Xadicha o‘g‘lining to‘xtab qolganini ko‘rdi. Yoniga chaqirmoqchi bo‘ldi, ammo jur’at 
qilolmadi. Farzandini bir necha soat ko‘rmasa yuragi orziqadigan ona ayni choqda u bilan 
yuzma-yuz kelishdan qo‘rqdi. U o‘g‘lining ko‘ziga qarashdan, savollariga javob berishdan 
qo‘rqdi. Uning uchun eng dahshatlisi, mudhishi — haqiqatning ochilishi edi. Bundan 
necha yillar oldin Azroil unga ro‘para kelib: «Boshingga shunday kun tushadi, o‘sha 
damgacha yashayverasanmi yo omonatingni topshirasanmi», desa, «Ko‘z qorachig‘im, 
o‘g‘limning baxtini ko‘rayin, bolamning bolalarini ko‘rayin», deb niyat qilmay, shubhasiz 
«Jonimni olaqol», derdi. Hozir ham tayyor edi jon berishga. Ammo qani o‘sha Azroil, 
qani jon o‘g‘risi?! Asta bostirib kelmay, shartta kirib ola qolmaydimi Ollohning 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin