Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Bu gapni eshitib, Jahongir ko‘zlarini chirt yumib oldi. Ingrab yubormaslik uchun 
lablarini qimtidi. Komlev «nima qilamiz?» degan ma’noda xotiniga qaradi. Ayol sekin 
burilib, eshik tomon yurdi. 
— O‘zingni bos, Jahon, bir kun bo‘lsa ham yaxshi kunning toza havosidan nafas 
olishimiz shart. Bunga haqqimiz bor. «Alqasosu minal Haq»ingni unut. Men o‘g‘lingni 
topib, gaplashaman. 
Bu gapdan keyin Jahongir o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi. 
— Kerak emas... Kerak emas... Istamayman ko‘rishni... Men... gunohkorman... 
— Bekor aytibsan! Gunohkor emassan! O‘zingni qiynama, men ketdim. Qariganim 
sayin ishim ko‘payayapti. 
Komlev shunday deb birodarining yuzini silab qo‘ygach, o‘rnidan turdi. Jahongirning 
mijjalaridan yosh sizib chiqqanini ko‘rib bosh chayqab qo‘ydi-da, ostonada paydo bo‘lgan 
vrachga minnatdorlik bildirib, dahlizga o‘tdi. 
Jahongir bilak tomiriga sanchilgan em ignasiga ham parvo qilmadi. Do‘xtirning 
gaplarini ham eshitmadi hisob. Uning ko‘z oldida milisaxonada farzandlari ismini 
aytayotgan yigit yana gavdalandi. «Jahongir...» degan ovoz aks-sado berib 
jaranglayverdi. «O‘sha mening o‘g‘limmi?» degan savol minginchi (balki o‘n minginchi) 
marta xayolini zabt etdi. Tushlariga kiruvchi do‘mboqcha shunday norg‘ul yigitga 
aylanganmi? U o‘zi bilmagan holda buva bo‘lganmi? «Buvamishman men... bolamni bir 
marta bag‘rimga bosmasam, nabiralarimni ko‘rmasam... Shunday kunni orzu qilib 
edimmi? Akam nima uchun yashirdilar buni mendan. Qo‘rqdilarmi? To‘g‘risini aytsalar 
gunohlaridan kechib yuborar edim-ku?..» Bu fikr mudarris — Nizom qorovulning 
vasiyatini eslatdi: «Ollohning vasliga yetmoq istasangiz qarshingizda gunohga 
botganlarning gunohidan keching. Zinhor kek saqlamang. Uzoq vaqt kek saqlab, avf 
etmay kelganingiz uchun gunohkordan avval uzr so‘rang, so‘ngra gunohidan o‘ting...» 
Jahongir bu vasiyatni to‘la amalga oshirolmasligini bilardi. To‘g‘ri, u ko‘p odamning 
gunohidan o‘tdi. Ammo bir kishini — akasini avf eta olmasdi. Orada ota ruhini qo‘yib 
ichilgan qasam bor edi. U qasamga xiyonat qila olmas edi. O‘shanda buni mudarrisga 
ayta olmadi. Aytsa mudarris — Nizom qorovul balki boshqa fatvo toparmidi... 
Jahongir xotini, o‘g‘li bilan uchrashuvni yillab orzu qilgan, qo‘msagan edi. Endi, yuragi 
aldamagani aniq bo‘lgach, bu uchrashuvdan qo‘rqa boshladi. «Endi nima bo‘ladi?» Ongi 
shu savolga javob topishga ojiz edi. Zohiran oson tuyulgan bu savol esa tegirmon toshi 
bo‘lib a’zoi badanlarini ezardi. Shu xayollar bilan andarmon bo‘lib, Daydidaradagi fojia 
ham biroz xira parda ortiga o‘tdi. Daydidarani eslaganida hatto «gapimdan 
tonsammikin», degan fikr ham uyg‘ondi. Biroq, «Endi gapingga kim ishonardi. Qotilni 
topisholmay, noiloj, ishingni sudga oshirishadi. Sudning hukmi esa aniq», degan xulosa 
bu fikrni sindirdi. 
Jahongir biri tug‘ilib, biri o‘layotgan fikrlar to‘rida o‘ralib yotganida Komlevning ovozini 
eshitib, ko‘zini ochdi. Uch-to‘rt kun keyin kelaman, degan odam ertasigayoq paydo 
bo‘libdi. Qo‘lida qog‘oz xalta. 
— Qalay, omonmisan? — dedi u kursiga o‘tirib. — Kecha Zinadan baloga qoldim. 
Kasal ko‘rgani quruq bordik, deb menga dashnom berdi. Bugun bozorga kirdim. 
Bog‘bonlarga balli-e, manavi uzumni ko‘r! Asraganini qara, — u shunday deb xaltadan 
bir bosh husayni uzum chiqardi. — Uzummas, oltin-ku! Og‘zingni och, — u shunday deb 
uzum donasini uzib, Jahongirning og‘ziga soldi. — Manavi nokni ko‘r! Qanday saqlashadi, 
hayronman. 
Komlev olib kelgan narsalarini maqtab bo‘lgach, boshqa gapga o‘tdi. 
— Barvaqt turib sen o‘qigan madrasaga bordim. Mudarrisingning qorovulxonasi yo‘q, 
madrasa yamoqchilarning arteli bo‘libdi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin