Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
«Kambag‘alga muruvvat qil, deding, muruvvat qildim. Hasad qilma, deding, hasad 
qilmadim. Umr bo‘yi chizgan chizig‘ingdan chiqmadim. Faqatgina senga muhabbat 
qo‘ydim va shu muhabbatim bilan qabrga tushdim, biloxir vaslingga yetmoqni niyat 
qildim. Umrim bino bo‘lib men sendan biron nima ta’ma qilmaganman. Yolg‘iz bir 
o‘tinchim — bolalarimning insofini va iymonini ber, azoblarga giriftor qilma, deb ertayu 
kech yolbordim. Iltijolarimni ne uchun qabul etmading. Gunoh mendami yo 
bolalarimdami?» Bu — otasining ovozi. 
«Dadajon, nolangizni eshityapman. Menga ham bir gap ayting». 
«Opalaringni yolg‘iz tashlab keldingmi, o‘g‘lim?» 
«Ilojim qancha edi?» 
Javob o‘rniga xo‘rsinish eshitildi. So‘ng... borliq titroqdan qolib, uyg‘ona boshladi. 
Uzum donasining qoq o‘rtasida, sharbat ichida urug‘lar joylashgani kabi Jahongir 
yuragining qoq markazida zardob to‘plangan edi. Uzum donasidan urug‘ni chiqarish 
oson, lekin yurakdan zardobni qanday sitib chiqarish mumkin? 
Jahongir yurakdagi shu zardob bilan shaharga qaytdi. Tanish zargar bu safar ham 
hojatini chiqargach, mudarris — Nizom qorovul hujrasida bir kecha tunab, yana poezdga 
o‘tirdi. 
Uning Bryanskka yo‘l olishiga qabristondagi g‘oyibona suhbat sabab desak, mubolag‘a 
bo‘ladi. Jahongir Oynisaga nimchani berib, hovlida Samariddinni dast ko‘tarib o‘pib, 
yerga qo‘yganida nimanidir yo‘qotganday tuyuldi. Qishloqdan uzoqlashgani sayin yuragi 
orziqaverdi. Jigarlarini tashlab ketayotgani uchun shundaymi yo tushidagi do‘mboqchani 
o‘ngida topganigami — o‘zi aniq bilmas edi. Qishlog‘iga sig‘magan odamni darbadarlik 
kutardi. Qaydan qo‘nim topish — darbadar uchun farqsiz. Shaharda mudarris bilan 
hamsuhbat bo‘lib qancha yashashi mumkin? Sottiga o‘xshaganlar duch kelsa, boshini 
qay devorga uradi? 
Jahongir poezdda keta turib shularni o‘ylardi. «Dadam rahmatli «Bu yerda ham bir 
burda nonga qorning to‘yadi xorijda ikki kosa yeyolmaysan», devdilar. Bir kosa ovqatni 
qishloqda xotirjam yeyish nasib etmadi-ku? Akam qochib to‘g‘ri qildilarmi? 
Qochmaganlarida baribir quvg‘in bo‘larkanlar-ku?» Shu ongacha Jahongir akasini xorijga 
o‘tgani uchun faqat la’natlardi. O‘zi qishlog‘idan uzoqlashgani sayin akasiga nisbatan 
alanga olgan g‘azab gulxanining avji biroz pasaydi «Qochish boshqa, bu — xoinlik, 
majbur bo‘lish — boshqa», degan fikr bu gulxanning butunlay o‘chishiga yo‘l bermas edi. 
Poezd olg‘a intilgani sayin havoning tafti qirqilib boraverdi. Jahongir bu safar manzilga 
yetishda ancha qiynaldi. Kunda, kun ora yog‘adigan yomg‘ir yo‘llarning atalasini chiqarib 
yuborgan, saf tortgancha nima qilishini bilmay turgan adl daraxtlar orasida pistirmada 
yotgan izg‘irinli shamol qo‘qqis hujum qilib yupun kiyingan Jahongirning badaniga igna 
bo‘lib sanchilardi. 
Jahongirni birinchi bo‘lib Samariddin ko‘rdi. Onasining ro‘moliga o‘ralib zinapoyada 
turgan bola, aftidan, uni har kuni kutar edi. Ishonchlari, umidlari aldanmagan bolaning 
quvonchlarini bir ko‘rsangiz edi! Samariddin Jahongirning bo‘ynidan mahkam quchib 
oldi. Jahongir «Xayriyat, meni ham intiq kutadigan, qarshilaydigan tirik jon bor ekan», 
deb Yaratganga shukrlar qildi. 
Dalada ish qolmagan, dehqonlarga issiq uyda yotishdan bo‘lak yumush yo‘q edi. 
Grigorich «shu yerda qishlaydigan bo‘lsang o‘tin tayyorla», degach, o‘rmonga borib o‘tin 
kesdi. Bir kuni chol barvaqt chiqib ketib, kun peshindan oqqanda qaytdi. Kampiri 
uzatgan choyni likopchaga quyib xo‘rillatib ichdi. 
— Uchrashdingmi? — deb so‘radi kampir betoqat bo‘lib. 
— Uchrashdim, — dedi chol. 
— Nima dedi? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin