Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
omonatini! Bu mushtiparni navbatdagi qiynoqdan ozod qilmaydimi? Xonadon xojasini 
Daydidaraga haydab borguncha, shu jabrdiyda jonni bu dunyo azoblaridan 
qutqarmaydimi? 
Yo‘lchivoy onasining o‘limga rozi turganidan bexabar. U ham shu choqda onasiga 
ro‘baro‘ kelishni istamaydi. Yuragi tuzoqdagi qushmisol potirlaydi. Safarqulning gapi dam 
uzoqdan eshitilib, dam qulog‘i ostida jaranglab, vujudini ikkiga ajratib yuborguday 
bo‘ladi. Shu topgacha kulfat nima, g‘am nima, nochorlik nima, och yashash, yupun 
yashash nima — bilmagan yigit avval suyanadigan tog‘idan ajrab, endi sinoatlar chohiga 
tushib qolgan edi. 
Erining hovli o‘rtasida to‘xtab qolganini ko‘rgan Nozima qoziqdagi to‘nni olib, 
shoshilgancha tashqariga chiqdi. Yo‘lchivoy to‘n ko‘tarib kelayotgan xotiniga ko‘zi tushib, 
xayolini jamladi. Xotinining «Nima bo‘ldi, dadasi?» degan savolini javobsiz qoldirib, onasi 
o‘tirgan uyga qarab yurdi. 
Xadicha o‘g‘lini «jonimni qiynama, bolam», degan ma’noni anglatuvchi iztirobli qarash 
bilan qarshi oldi. Yo‘lchivoy ichkari kirib, derazaga orqa qilib o‘tirdi. Onasiga qarashga 
botinmadi, so‘z boshlashga ham jur’at etmadi. Ayni paytda indamay o‘tira olmas edi. 
Shu bois: 
— Safarqul aka ketdilar, — dedi past ovozda, — xijolat bo‘luvdilar, biz sizdan 
domangir emasmiz, dedim. 
— Yaxshi aytibsan, u bechorada gunoh yo‘q. 
Ona-bola bir-biriga aytadigan boshqa gapi yo‘qday, jim qolishdi. Ona o‘g‘lidan bir 
savol kutardi, nazarida bu savol qiyomatni boshlab berishi lozim edi. O‘g‘il esa 
beriladigan savol onasining qalbini poralashi mumkinligini bilib, shu istihola bilan 
o‘tirardi. Uzoq sukut saqlash joiz emas, Yo‘lchivoy nimadir deyishga majburiyat sezdi: 
— Safarqul aka bilan anavi milisa ham keluvdi, — dedi u. 
— Nimaga kelibdi? 
— Ertaga borishimiz kerak ekan. 
— Yo‘q, jon bolam, meni olib borma o‘sha yerga! 
— Bormasak... milisa yuborib, zo‘rlab olib ketadi. 
— Voy xudoyim, bu ko‘rguliklaring ham bormidi... Yana nimani so‘raydi? 
— Aslimizni, nasl-nasabimizni surishtiradi. Dadam... bu yerdan ketishlarida... ayb ish 
qilmagan edilarmi? 
— Dadang farishtadek pokiza, o‘g‘lim, qilg‘iliqni boshqalar qilishgan. Biz uydan chiqib 
ketganimizdan so‘ng kimdir qishloqqa o‘t qo‘ygan. 
— O‘ttiz yil naryog‘idagi gaplarni surishtirish nima uchun kerak unga? — Yo‘lchivoy 
shunday deb onasiga qarab oldi. Xadichaning ro‘moli sirg‘alib yelkasiga tushgan, 
oqargan sochlari parishon qolgan edi. 
— Faqat u emas... sen ham bilging kelyapti... Ziyrak zehningdan biron nimani 
yashirishim qiyin. — Xadicha chuqur uf tortib, sukutga berildi. Yo‘lchivoy gap qo‘shmay 
uning tilga kirishini kutdi. — Sen bilmaganingni o‘sha milisa bilarkan. Surishtirishi 
bejizmas. O‘sha suratdagi odam bizga begona emas. U kishi... dadangning ukalari... 
Bu yangilikdan lol qolgan Yo‘lchivoy onasiga tikildi. Xadicha o‘g‘lining qarashiga dosh 
berolmay ko‘zini olib qochdi. 
— U kishi... qishloqdan ketolmay qolgan edilar. «Qizillar urib o‘ldirishdi», deb bizga 
xabar yetkazishgan edi. 
— Kim?.. Kim aytgan edi? 
— Biz bilan birga ketganlar. Ular dovonda kelib qo‘shilishuvdi. Darrov aytishmadi. 
«Bormayman, izimga qaytaman», deyaverganimdan keyin bildirishdi. Yo‘lda aza ochdim, 
qora kiydim. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin