Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
— Gaplarida, qarashlarida o‘zgarish sezmaganmisiz? 
Xadicha javob bermadi. Hamisha chaqchaqlashib o‘tiruvchi ikki oshnaning past 
ovozda gaplashayotganidan ajablangan edi. Xadicha shum xabar yetkazgani uchun 
Murodillani yomon ko‘rib qolgan edi. Qashqarda yashab yurganlarida bir kuni jur’at qilib 
eriga: «Shu oshnangiz kamroq kelsa edi, qarashi sovuq», degan, bunga javoban 
Olamgir achchiqlanib: «Musofirlikda qishlog‘imning iti bo‘lsa ham og‘a-ini tutinaman», 
deb edi. Olamgir bu oshnasidan cho‘chirmidi yo behad hurmat qilarmidi, Xadicha 
shularni xayoliga keltirdi-yu, biroq «begunoh odamni yomonotliq qilib qo‘ymayin», 
degan istiholaga borib, tiliga chiqarmadi. 
14. OQIBAT 
Jahongir shifoxonadan chiqqanidan keyin yuz beradigan voqealar. 
Mayor Solihov ketgach, Jahongir o‘rnida yota olmadi. Turib, deraza oldiga bordi. 
Simyog‘ochdagi chiroq yoqib qo‘yilgan, atrofga hali qorong‘ulik cho‘kmagani uchun 
chiroq o‘lar holda lipillab turganday ko‘rindi. Qor uchqunlari ham jonsiz — qo‘nim 
topmay shamol hukmida uchib yuradilar. Shifoxona hovlisi kimsasiz. Yo‘qlovchilar ketib 
bo‘lishgan. Hamshiralar kechki muolajani hali boshlashmagan. 
Jahongir ko‘zi hovlida bo‘lsa-da, bularni ko‘rmaydi, sezmaydi. Mayor uning ko‘zi oldida 
go‘yo o‘q o‘tmas qalin parda osib ketganday. Jahongir shu parda ortida nima borligini, 
kim turganini ko‘rmoq istaydi. Mayor uning birdaniga bo‘sh kelganidan quvondi. U 
«Qasdi bo‘lsa, endi oilasiga navbat yetsa-chi?» degan gapim ta’sir qildi, deb o‘yladi. Ha, 
to‘g‘ri, bu gapdan Jahongir seskandi. Lekin mayor uning yuragida shundan so‘ng bir 
fitna uyg‘onganidan bexabar edi. 
... Jahongir akasining murdasini ko‘riboq «Qasos Haqdan bo‘libdi», deb o‘yladi. U 
qochib borayotgan odamni uzoqdan ko‘rdi, taniganday ham bo‘ldi. Shunga qaramay, 
qotillikni bo‘yniga olishiga uch sabab bor edi: birinchisi — asar davomida qayta-qayta 
eslaganimiz — bu ishni men amalga oshirishim lozim edi, degan qat’iy o‘y; ikkinchisi — 
baribir menga ishonishmaydi, degan fikr; uchinchisi esa — bu hayotdan batamom 
to‘ydim, degang ishonch edi. Butun ilinji — qasos unga ravo ko‘rilmagach, endi 
yashashning hojati yo‘q, degan qarorga kelgandi. 
Kunlar o‘tib, voqealar o‘zgarib, o‘g‘lini ko‘rgach, o‘zi sezmagan holda gunohlariga 
tavba qila boshladi: yashashni istab qoldi. Shu istak uni fitnaga tortdi. U ozodlik 
shabadasini his etgach, akasining qotilini o‘ldirish bilan murodiga yetmoqchi bo‘ldi. 
Qamoqda yotganida ham bu xohish bosh ko‘tarib qolar, biroq, toshdevorlar, temir 
panjaralar bu xohishni birpasda bo‘g‘ib tashlar edilar. Endi toshdevor yo‘q, temir panjara 
yo‘q, fitnani amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlar olib tashlandi. Endi hamma gap rejani 
to‘g‘ri, binoyi tuzishda. Reja degani ham suyuq ayolga o‘xshagan bevafo bo‘ladi. 
Jahongir o‘ttiz uch yil badalida akasi bilan uchrashuv rejalarining ming bir xilini tuzdi. 
Oqibat nima bo‘ldi: bironta rejasi ham vafo qilmadi. So‘nggi uchrashuvga, Ollohning 
nazari ostida gunohlardan poklanib olishga akasining bir mal’unni boshlab kelishi 
mumkinligini hisobga olib edimi? Yo‘q. Daminnikiga kirmay, uning tanchasini ochmay, 
to‘g‘ri Daydidaraga kelganida bu mashmashalar yo‘q edi. 
Chinor tomon ko‘tarilayotganda o‘sha tomondan o‘q ovozi eshitilgach, Jahongir 
xavotirlanib, qadamini tezlatgan, toyib ketib, yonboshiga yiqilgan edi. Hozir, shifoxona 
derazasi yonida turganida ham qulog‘i ostida o‘q otilganday bo‘ldi. Seskanib, atrofiga 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin