Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
alangladi, quloq tutdi. Atrof sokin. Qamoqda yotgan paytida ham ikki-uch bor xuddi 
shunday o‘q ovozini eshitganday bo‘lgan edi. O‘shanda ham qonga belanib yotgan akasi, 
atrofga alanglab qochib borayotgan qotil ko‘z oldiga kelgandi. O‘shanda ham o‘ylab 
o‘yiga yetmagan edi: Daydidarada faqat aka-uka uchrashishlari lozim edi. O‘ttiz uch yil 
muqaddam Xudo bittagina bargni uzmay, bu boshlarini shuncha kulfatlarga duchor etdi. 
Endi barg uzilishi, so‘nggi o‘q otilishi shart edi. Akasi buni bilardi. Bila turib nima 
sababdan oshnasini boshlab keldi — o‘zini himoya etish uchunmi yo Jahongirni o‘ldirish 
uchunmi? Akasi o‘shanda ham qo‘rqqan edi. Qarigan chog‘ida ham o‘limdan shunchalik 
qo‘rqdimi ekan? Boshlab kelgan odami nima sababdan uning o‘zini o‘ldirdi? 
Jahongir bu savollarga javob topishga ojiz edi. Bu dunyoda boylik bo‘lgani uchun ham 
yolg‘on, tilyog‘lamalik, yovuzlik borligini bilmasmidi? Bilardi. Faqat yovuzlik chegarasini 
belgilashga qodir emasdi. Otasini o‘ldirgan bu yovuzlik akasiga ham chang solganini hali 
bilmas edi. Jahongir akasining bir kun avval ukasi bilan orani ochiq qilmoq uchun 
Daydidaraga borajagini oshnasiga aytganidan xabarsiz edi. Olamgir esa o‘sha kech o‘yga 
tolib o‘tirgan oshnasining ko‘nglida kechayotgan gaplarni bilmasdi. Oshnasi ertaga 
bo‘lajak aka-uka mojarosini emas, oqibatda topilishi mumkin bo‘lgan tillalarni o‘ylardi. U 
o‘ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida bu oqsoq bilan bekorga oshna bo‘lib yuribdimi? U 
yigirmanchi yilda, Zafarbek bilan tog‘ kezgan chog‘larida bekning tilla to‘la xurjunini 
ko‘rgan, lekin bu xurjunning qayga yashirilganini payqamay qolgan edi. Zafarbek qizillar 
pistirmasiga duch kelib, shahid ketdi. O‘shanda xurjun yo‘q edi. Bek 
Muhammadrizonikida tunab, yo‘lga chiqqan edi. Demak, xurjun shu atrofda qolgan. U 
Olamgirni xorijga o‘tishga undaganida shu xurjun topilishidan umidvor edi. Olamgirning 
boyligi bor edi, biroq, bu boylik uning mo‘ljaliga mos emasdi. Jahongirning bu 
tomonlarda qolib ketishidan «xurjun shunda», degan xulosada yurardi. Zafarbekning 
xurjuni haqidagi uning tusmoli bir jihatdan to‘g‘ri edi. Chindan ham bek xurjunni 
Muhammadrizoga qoldirgan, bir ulush tillani xizmat haqi sifatida unga bergan edi. Ota 
esa ulushini bolalariga bo‘lib berib, xurjunni Jahongirga ishongan edi. 
Kunduzi osmon bag‘riga ming-ming yulduzlarni yashirgani kabi, odam ham bag‘riga 
behisob sirlarni yashiradi. Beshinchi oktyabrda Daydidara sari yo‘lga otlangan uch 
odamning bir-birlariga ayon bo‘lmagan sirlari, maqsadlari bor edi. Ulardan biri bu 
sirlarini, maqsadlarini go‘riga olib ketdi. Bittasi o‘lja payida mushukday astoydil payt 
poylayapti. Uchinchisi shifoxona derazasi yonida muammolar panjasidan chiqolmay 
turibdi. Tirik qolgan ikki odam reja tuzadi. Rejadan maqsad bir — o‘ldirish. Biri o‘limdan 
qo‘rqib o‘ldirish rejasini tuzadi, ikkinchisi qasos g‘amida, gunohdan forig‘ bo‘lish umidida. 
Jahongir Murodillaga akasining ko‘chasida qo‘qqis duch kelgan edi. Avvaliga ikkovi 
ham bir-birini tanimadi. Besh-o‘n qadam yurib, xuddi kelishib olganday baravar orqaga 
qarashdi-yu, ko‘zlar to‘qnashdi. 
«Tirik ekan-da?» — ikkovining xayolidan shu gap o‘tdi. 
Ikkovi ham iziga qaytib bir-biriga ro‘baro‘ bo‘ldi. Birinchi bo‘lib Murodilla salom berdi. 
Orada o‘ttiz uch yillik hijron emas, o‘ttiz uch yillik gumon bor edi. Shu bois quchoqlashib 
so‘rashmadilar. Sovuqqina salomlashdilar. «Uy yonsa suv o‘chiradi, vaqt yonsa ne 
o‘chiradi», deganlaridek, orada vaqt yonib bitgan edi. Jahongir jilmayishga urinayotgan 
ko‘zlarda hadik ko‘rdi. 
— Jahongirjon, inim, Xudoga shukr, tirik ekansiz. Endi Xudo xohlasa yopiqlik qozon 
yopiqligicha qolaversin. Biz musofirlikda jazomizni tortdik... 
Jahongir indamadi. Murodilla yopiqlik qozon deb, nimani nazarda tutganini anglamadi. 
Murodilla qishloq faollarini otganim, so‘ng o‘t qo‘yganimdan Jahongir xabardor, deb 
yanglishgan edi. Jahongir «Faollarni boshqa qishloqlik yigitlar otgan», degan gapni 
eshitgan, biroq u yigitlarning kimligini hanuz bilmas edi. Murodillaning gapidan so‘ng 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin