Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
o‘ralib titraydi. Bugun ham shu holda o‘tirganida navkar kirib, qo‘rboshi chorlayotganini
aytdi. 
Qo‘rboshi yolg‘iz edi. Zokirxo‘ja chorlovning sababini bilmay ajablandi. 
— Biz yoqlarga Madaminbek qadam ranjida qilyapti emish, — dedi qo‘rboshi. 
Kelsalar bosh ustiga, — dedi Zokirxo‘ja. — Maqsadlari nima ekan? 
— Anglamadingizmi? Uning maqsadi bitta — barchamizni qul qilish. 
— Alqissa... sulhga da’vat etib kelyaptilarmi? 
Qo‘rboshi javob bermadi. Tizzalarini uqalab uzoq o‘tirdi. 
— Nima qilamiz? — dedi u nihoyat. — Sulh tuzamizmi biz ham? 
Zokirxo‘ja daf’atan javob bera olmadi. U bu haqda ko‘p o‘ylagan edi. Sulh — begunoh 
qonlar to‘kilmagining oldini oladi. Elga osoyishtalik beriladi. Ammo keyin-chi? Ana shu 
«keyin-chi?» degan savolga javob topolmay boshi qotar edi. 
Sulh tuzsak, yigitlar issiq o‘rinlariga qaytishadi, o‘lim bo‘lmaydi. Bu Xudoga ham 
ma’qul ish, — dedi qo‘rboshi o‘z savoliga o‘zi javob berib. — Lekin bu dayuslar o‘z 
holimizga qo‘yisharmikin? Islomni oyoqosti qilishmasmikin? «Alhamdulilloh, 
musulmonman», deguvchi tillar kesilmasmikin? G‘ayridinlarga nima kerak? Bizning 
osoyishtaligimizmi? U holda ne sababdan bizga qilich tortdilar? Nekolayni o‘ldirdilar. 
Unda ham talato‘p. Unda ham osoyishtalik zarur. Bizga jon kuydirmaklarining boisi 
nima? Madaminbek bularni o‘ylamadimi ekan? Gapiring? 
Qo‘rboshining so‘nggi amri tahdidli edi. Shu bois Zokirxo‘ja biroz sarosimalandi. 
— Savollaringizga javob bermakka aqlim qosir, — dedi past ovozda. 
Bekning aqli qosir emas, nima qilishini biladi. Uning maqsadi mengagina ayon 
emas. U bir qanotimizni uzib tashladi. Endi bir qanot bilan uchib bo‘lmaydi. Xo‘sh, 
yigitlarga izn berib yuboraymi yo Qashqarga ketib payt poylayinmi? 
— Qashqarga ketmoq... sharmandalik yuki bilan ketmoq... Yurtni tashlab-a? Payt 
poylasangiz yangi qanot o‘sib chiqarmikin? 
Bu gap qo‘rboshiga malol keldi. Zokirxo‘jaga o‘qrayib qaradi; 
— Boring, hozirligingizni ko‘ring. Madaminbekni pastdagi qishloqda qarshi olamiz. 
Qarorgohimizga kelib bu yerlarni bulg‘ab yurmasin. 
Zokirxo‘ja qo‘rboshining bu qaroridan bildiki, uning niyati buzuq. Bir shumlikni diliga 
tukkan. Pastga tushib qishloq atrofiga qo‘yilgan pistirmalarni ko‘rgach, Xudodan 
qo‘rboshiga insof tiladi. Madaminbek bilan kelgan odamlar orasida akasini ko‘rib, 
adashganlarga rahm etishni so‘rab Ollohga nolalar qildi. 
Qo‘rboshi g‘azabini ham nafratini ham yashirmadi. Madaminbek shunday bo‘lishini 
oldindan bilganmi, bu g‘azab, bu nafratni mayin jilmayish bilan yengmoqchi bo‘lib 
qo‘rboshining izidan uyga kirdi. Zokirxo‘ja ularga ergashmay, bir nafas hayalladi. Akasini 
chetga tortib shivirladi: 
— Odamlaringiz shuginami? 
— Ha. Biz sulhga keldik, hammamiz qurolsizmiz. 
— Tezda keting bu yerdan. Hech kim omon qolmaydi. Sulhga umid qilmang. 
Zokirxo‘ja shunday deb ichkari kirganida qo‘rboshi Madaminbekka dag‘dag‘a qilmoqda 
edi: 
— Erkimizni o‘zimizga beradigan bo‘lsa, ikki yil qilich choparmidi? Yo‘q, bek, agar shu 
va’dalarga inongan bo‘lsangiz lodonsiz. Agar shu gapga ishonsak, nevara-chevaralarimiz 
bizni qarg‘ab o‘tadilar. Bu gapga ishongandan ko‘ra, bitta qolmay qirilib ketsalaring 
bo‘lmasmidi, deydilar. Sen lodon emassan, bek, sen — xoinsan!! Sening boshingni o‘z 
qo‘lim bilan uzaman. Bu dunyoda ko‘p gunohlar qildim. Endi Xudo yo‘liga bir savob 
qilay... 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin