Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pic



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə44/46
tarix22.10.2017
ölçüsü3,04 Mb.
#10138
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46

Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz(Toho, 108-oyat) (ya’ni, ikki lab qimirlaydi, lekin ovozlari chiqmaydi). Va ularni hech qon to‘kilmagan yerga jo‘natiladi. So‘ng hayvonlar keltiriladi. Ba’zilari ba’zilaridan qasos olishadi, so‘ng ularga, tuproqqa aylaninglar, deyiladi. Ular tuproqqa aylanishadi.

Allohning bu haqda so‘zi bor:


Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur” (Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga sizlarni ixlos kalimasiga chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga bashorat beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi: “Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”. Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi, ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida aytganidek,
Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29- oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati: “Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil qilgan:
Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.


Toatdda jiddu jahd qilish bobi hadislari
946-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.

947-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Nasaiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

948-hadis. Zaif. Abu Na’im rivoyat qilgan.

949-hadis. Sahih. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

950-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.


SAKSON TO‘QQIZINCHI BOB SHAYTONNING ADOVAT VA HIYLALARI
951. Faqih (r.a.) aytadilar. Sofiya binti Jahsh (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qildilar: “Shayton odam bolasining qon tomirlarida yuradi”.
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:

(Ey Muhammad) ayting: Men barcha insonlarning parvardigoridan, barcha insonlarning ilohidan (menga) o‘zi, jin va insonlarda bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (Alloh nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan



vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman” (Nos surasi), degan oyati haqida aytadilar: “Shayton insonlarning qalbiga kirganidek, jinlarning ham qalbiga kiradi va vasvasa qiladi. Agar Alloh nomi zikr qilinsa, yashirinib ularning qalbidan chiqadi”.
952. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Men da’vat qiluvchi va yetkazuvchi qilib yuborildim. Mening qo‘limdan hidoyat qilish kelmaydi. Shayton ziynatlovchi qilib yaratildi. Uning qo‘lidan adashtirish kelmaydi”. Ya’ni, u faqat vasvasa qilib, gunohni bezaydi. Uning qo‘lida ortiq narsa yo‘q. Banda nafsidan vasvasani daf etishda jiddu jahd va dushmanga muxolif bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Chunki Alloh taolo aytganki:

Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 6- oyat). Oqil kishi dushmanidan do‘stini ajrata biladi, unga itoat qiladi, dushmaniga ergashmaydi.


Aytilardiki, johillikning alomati to‘rtta:

1. Bekorga g‘azablanish.

2. Nafsning botilga ergashishi.

3. Molni o‘rinsiz ishlatish.

4. Do‘stini dushmanidan kamroq bilish, ya’ni, shaytonning toati ustiga ixtiyor qilish. Shaytonning toatini Allohning toatiga almashtirish naqadar yomon.
Alloh taolo aytadi:

Endi sizlar (ey odam farzandlari) Meni qoyib, uni (ya’ni, shaytonni) va zurriyotlarini do‘st tuturmisiz? Ular sizlarga dushman-ku! U (shayton) zolim kimsalar uchun (Allohning o‘rniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon o‘rinbosardir” (Kahf, 50-oyat).


Oqillikning alomati ham to‘rtta:

1. Johilga nisbatan muloyim bo‘lish.

2. Botildan nafsini qaytarish.

3. Molni loyiq joyga ishlatish.

4. Dushmanidan do‘stini ajrata bilish”.
Vahb ibn Munabbahdan zikr qilinadi: “Shayton Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomga yo‘liqibdi. Yahyo ibn Zakariyo unga: “Menga odam farzandlarining tabiatini qanday bilishing haqida xabar ber”, dedilar. Iblis aytdi: “Ularda bir sinf bor, gunohlardan pok, senga o‘xshaydi. Ularga hech narsa qila olmaymiz. Ammo ikkinchi sinfi bolalaringizning qo‘llaridagi to‘p kabi bizning qo‘limizda. Ularga biz kifoya qilamiz. Ammo, uchinchi sinfga kelsak, ular biz uchun eng yomon sinfdir, ularga birortamiz uchraymiz-da, kerakli narsamizni olamiz, so‘ng u istig‘forga shoshiladi va biz olgan narsani buzadi. Undan noumid ham bo‘lmaymiz, hojatimizga ham erisha olmaymiz”.
Hakimlardan biri aytadi: ”Shaytonning insonga o‘nta eshikdan kelishini ko‘rdim:
1. Shayton hirs va yomon gumon tomonidan keladi. Uni ishonch va qanoat bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu so‘zni topdim:

O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud, 6- oyat). Va ushbu oyat bilan uning eshigini sindirdim.

2. Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim:
Biror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas” (Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini sindirdim.
3. Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli va yomon hisob-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning ushbu so‘zlarini topdim:
(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar... (Hijr, 3- oyat),
(Ey Muhammad) xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat- salomatlik, molu davlat bilan) foydalantirsak...” (Shuaro, 205-oyat). Shunday qilib, bu tomondagi eshigini ham sindirdim.
4. Ko‘rdimki, so‘ng shayton mag‘rurlanish tomonidan kelyapti. Uni oqibat xavfi va minnat bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:
Bas, u (kunga hozir bo‘lgan)lar orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham..” (Hud, 105-oyat). Darhaqiqat, men qaysi toifadan bo‘lishimni bilmayman, shu bilan uning bu eshigi ham sindi.
5. Keyin u birodarlarga e’tiborsizlik va hurmatsizlik tarafidan keldi. Uni birodarchilikning haqqini va hurmatini bilish bilan kutib oldim va uni bartaraf qilishga Allohning ushbu so‘zini topdim:
Kuch-qudrati Allohning, Uning payg‘ambari va mo‘minlarnikidir” (Munofiqun, 8- oyat). Shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
6. Ko‘rdimki, u hasad eshigidan kelyapti. Uni adolat va Alloh taoloning maxluqlari orasida qilgan taqsimoti bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan haydadim:
Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida

Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat) va shu bilan uning eshigi sindi.
7. Keyin u riyo va odamlarning maqtovi bilan keldi. Uni ixlos bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan daf’ qildim:
Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biror kimsani (Unga) sherik qilmasin” (Kahf, 110-oyat). Ya’ni, qiladigan barcha amallarini ixlos ila qilsin. Va shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
8. So‘ngra u baxillik eshigidan keladi, uni bandaning qo‘lidagi bor narsa yo‘q bo‘lishi va Alloh taolo huzuridagi narsagina boqiy qolishi bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar boqiydir” (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim.


9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan uni haydashga kuch topdim:
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir” (Hujurot, 13-oyat). Va uning eshigi shu bilan sindi.
10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan kurashdim:
Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur (Taloq, 2 3- oyatlar).
Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom) Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga: “Senga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?” dedi. Aytdi: “Undan uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman”. Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir bo‘lsa maqtanadi
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi:

Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan” (A’rof, 1617-oyatlar).


Boshqa bir oyatlarda aytadi:

Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!” (A’rof, 27-oyat),


Shayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi” (Baqara, 268-oyat);
Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar” (Fotir, 6- oyat).
Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni

adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari ham bordir.


953. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min beshta kulfat orasida: bir mo‘min unga hasad qiladi, munofiq uni yomon ko‘radi, dushman u bilan urishadi, shayton uni adashtiradi, nafsi uni sargardon qiladi”.
Bas, musulmon kishi Allohdan dushmanlariga qarshi yordam va quvvat hamda o‘zi yaxshi ko‘radigan, rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq qilishini so‘ramog‘i lozim.
Bu ishlarning hammasi Alloh taolo muyassar qilgan kishiga yengildir.
Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: “Muso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Men iblisman”, dedi u. Muso aytdilar: “Bu yerga kelishing sababi nima?” “Sizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor”. Muso: “Bu do‘ppi nima uchun?” deb so‘radilar keyin. Iblis: “U bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman”, dedi. Muso aytdilar: “Menga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?”. Iblis: “Nafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman”, deb javob berdi.
Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen kimsan?” “Men shaytonman”. “Nima uchun kelding?” deb so‘radilar keyin. “Alloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi”, dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?” Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi,

to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam”. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening

ummatim ichida nechta do‘sting bor?” Iblis javob berdi: “O‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir”.
954. Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): “Kim uni fitnaga sola

oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun

o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay,

u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: “Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”, deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).


Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”. Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu holatda qanday sajda qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi.
Alloh bu haqda aytadi:
Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bolgach (shayton unga): “Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqaman”, dedi. Bas, ikkisining (shayton va uni so‘ziga kirib kofir bo‘lgan insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolish bo‘ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir” (Hashr, 16 17-oyatlar).
Faqih aytadilar: “Bandaning to‘rtta dushmani bor va ularning hammasi bilan kurashmoqqa banda muhtojdir:

1. Dunyo. U aldamchi va makkordir. Alloh taolo aytadi: Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni g‘urur (ya’ni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33-oyat).

2. Nafs. U dushmanlarning eng yomonidir.

3. Shayton.

5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir. Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan chalg‘itish payida bo‘ladi”.
955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi.

«Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir».


Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””.


Shayton adovat va hiylalari bobi hadislari
951-hadis. Muttafaqun alayh.

952-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.

953-a-hadis. Ibn Lol rivoyat qilgan.

953-b-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan.

954-hadis. Sahih-mavquf. Abn Abud Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

955-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.




TO‘QSONINCHI BOB RIZO
Faqih aytadilar. Maymun ibn Mahron dedilar: ”Umar ibn Abdulaziz (r.a.) menga har oyda ikki marta kelib turishimni buyurdilar. Bir kuni u kishining oldlariga keldim. U kishi devorning ustidan qarab turgan ekanlar. Eshikka yetmasimdan kirishga ruxsat berdilar. Uyga kirganimda, sholchalari ustida o‘tirgan edilar. Sholchaga teng keladigan supacha bor edi. U kishi ko‘ylaklarini yamab turardilar. Salom berdim, alik oldilar. Meni darrov supachaga o‘tkazdilar, keyin amirlarimizdan, mirshablarimizning ishlaridan, tartibni saqlovchilarimizdan, qamoqxonalarimizdan va narx-navolardan, so‘ng o‘zimdan hol- ahvol so‘radilar. Keyin ketmoqchi bo‘lib o‘rnimdan turayotganimda: “Ey Mo‘minlarning amiri, uyingizda siz uchun bu ishni qiladigan biror kishi yo‘qmi?” deb so‘radim. Aytdilar: “Ey Maymun, senga qorning to‘yadigan miqdordagi mol-dunyo kifoya qiladi. Biz bugun

bu yerda bo‘lsak, ertaga boshqa joydamiz”. So‘ng uydan chiqdim”.


Alloh taoloning ushbu:

Qachon birovlarga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar” (Nahl, 58-oyat), degan so‘zi haqida Qatoda aytadilar: “Bu ish arab mushriklarining ishlaridan edi. Alloh taolo ularning qilayotgan ishlari yomonligining xabarini berdi. Ammo mo‘min kishi Alloh unga nima narsani qismat qilgan bo‘lsa, shunga rozi bo‘lmog‘i munosibdir. Alloh taoloning mo‘minga taqdir qilgan narsasi kishi o‘ziga qilgan narsasidan yaxshidir. Ey Odam bolasi, Alloh taoloning yomon ko‘rgan narsangni senga taqdir qilishi yaxshi ko‘rib qilgan narsangdan yaxshidir. Allohga taqvo qil va Uning hukmiga rozi bo‘l”.


Faqih aytadilar: Qatodaning so‘zi Allohning ushbu so‘ziga muvofiq keladi:


Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi korishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz” (Baqara, 216-oyat), ya’ni, sizlarga taqdir qilingan narsaga rozi bo‘linglar, zero, sizlar nafsingizni nima isloh qilishini bilmaysizlar.
Hakimlardan biri aytadi: “Manzil to‘rtta: dunyoda yashaymiz; qabrda yotamiz; mahshargohda to‘planamiz; yaratilishimiz sababi bo‘lgan abadiyatga qaytamiz. Dunyoda yashashimiz hojilarning ovqatlanishiga o‘xshaydi, ular xotirjam o‘tirmaydilar, ulovlaridan yuklarini tushirmaydilar, chunki bu manzildan tezda o‘tib ketishlari kerak. Qabrda yotishimiz karvonsaroyga tushishlariga o‘xshaydi. Hojilar u yerda yuklarini tushiradilar, bir-ikki kun dam oladilar, so‘ng jo‘nab ketadilar. Mahsharga to‘planishimiz hojilarning Makkada to‘planishiga o‘xshaydi. Ular haj ruknlarini bajaradilar, So‘ng o‘ng va chap tomonlarga ajralib ketadilar. Shuningdek, qiyomat kuni ham hisob-kitobdan keyin bir firqalari jannatga, bir firqalari do‘zaxga ajraladi”.
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Yetti yuzta olimdan beshta narsa to‘g‘risida so‘radim. Ularning javoblari bir xil bo‘ldi. “Oqil kim?” deb so‘radim. “Oqil dunyoni yaxshi ko‘rmagan kishidir”, deyishdi. “Ziyrak kim?” deb so‘radim. “Dunyoga aldanib qolmagan kishi”, deyishdi. “Boy kim?” deb so‘radim. “Allohning taqsimotiga rozi bo‘lgan kishi”, deyishdi. “Kambag‘al kim?” deb so‘radim. “Qalbi to‘ymaydigan kishi”, deyishdi. “Baxil kim?” deb so‘radim. “Molidan Allohning haqqini (ya’ni, zakotni) bermaydigan kishi”, deyishdi”.
Aytdilarki, Alloh bandaga uch narsada g‘azab qiladi:

1. Alloh taolo buyurgan ishni nuqsonli qilsa.

2. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lmasa.

3. Bir narsani so‘rab, so‘ng unga yetisholmay, Rabbiga g‘azab qilganida.


Ba’zi hakimlar aytadi: “Allohning:

O‘gri erkakning ham, og‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, Alloh tomonidan azob bolsin uchun qollarini kesinglar” (Moida, 38-oyat), degan so‘zi haqida faqihlar deydilar: “Kim o‘n dirham o‘g‘irlasa, uning qo‘li kesiladi. Mo‘min kishining qo‘li o‘n dirhamning hurmatidan emas, balki ikki ish sababidan kesiladi: musulmonlar hurmatini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lmagani uchun. U boshqaning moliga ko‘z olaytirdi. Alloh taolo uning qo‘lini qilgan ishi sababli jazo sifatida va boshqa Allohning taqsimotiga rozi bo'lmaydiganlarga ibrat uchun kesishga buyurdi”.


Mo‘min kishi Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lishi lozim. Chunki Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lish payg‘ambarlar va solihlarning xulqlaridandir.
Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U zot (r.a.) aytdilar: “O‘n ikkita narsa payg‘ambarlarning xislatlaridandir:

1. Allohning va’dasiga ishonish.

2. Odamlardan umid qilmaslik.

3. Shaytonga dushmanlik qilish.

4. Nafsning amri ustiga boshqanikini qabul etish.

5. Maxluqotlarga mehr-shafqat ko‘rsatish.

6. Xalqning musibatiga sherik bo‘lish.

7. Jannatga ishonish, ya’ni, agar amal qilsa, Alloh amalining savobini zoe’

ketkazmasligiga qat’iy ishonish.

8. Haqiqat ro‘parasida mutavoze’ bo‘lish.

9. Adovat o‘rinlarida ham nasihatni tark qilmaslik.

10. Kambag‘allikni dastmoya qilish, ya’ni, ortiqcha molni ushlab turmasdan, faqirlarga ishlatish.

11. Doimo tahoratli yurish.

12. Dunyoning narsasiga ega bo‘lganda, quvonmaslik, shuningdek, u narsa qo‘ldan ketganda, g‘am yemaslik”.


Ulamolarning ba’zilari aytadi: “Zohidlarning mashg‘uloti o‘nta narsa:
1. Shaytonga dushmanlik qilishni vojib bilish. Alloh taolo aytadi:

Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 16- oyat).


2. Faqat jannat uchun amal qilish, ya’ni, zohidlar amalni faqat hujjat sobit bo‘lgandan keyin qiladi. Alloh taolo bu haqda aytadi:

Ayting ( ey Muhammad): “Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, hujjat keltiring”

(Baqara, 111-oyat).
3. O‘lim uchun tayyorlanish. Alloh taolo aytadi:

Har bir jon olimni totuvchidir (Oli Imron, 185-oyat).


4. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish. Allohning bu haqda so‘zi bor:

Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chizig‘idan chiqqan kimsalar bilan, garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘gillari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmassiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo‘ygandir” (Mujodala, 22-oyat), ya’ni, kim mo‘min bo‘lsa, Allohning amriga muxolif keladigan odam bilan do‘st bo‘lmaydi, garchi u otasi, o‘g‘li yo akasi yoki qarindoshlari bo‘lsa ham.


5. Yaxshi ishlarga buyurib, yomon narsalardan qaytarish. Alloh taolo bu haqda aytgan: “Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil, albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofiqdir” (Luqmon, 17-oyat).
6. Allohning amrlari haqida tafakkur qilib, ibrat olish. Alloh taolo aytadiki:

Osmonlar va yerning yaratilishi haqida fikr qiladilar” (Oli Imron, 191-oyat).


Bas, ey aql egalari, ibrat olingiz” (Hashr, 2-oyat).
7. Alloh rozi bo‘lmaydigan ishlarni fikrlashdan qalbni tiyish. Alloh bu haqda aytadi: “Albatta quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur, (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har narsasi uchun kishi qiyomat

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin