BAYT
Munofiq yod o’lunsa ismi poking,
Jahon bo’lgay jahim havlnoking.
Hayoting ranjish-u kulfatda barbod,
Tuzalmas to qiyomat bag’ri choking.
Kezarsan darbadar g’urbat chekib zor,
Belingga yetmagay aslo etoking.
TAMA
Tama deb birovdan bir narsa umidvor bo’lmakni aytilur. A’zo va javorihlari salomat, kuch va
quvvatli kishilarga tama qilmak harom, ojiz va notavon, kuchsiz kishilarga mubohdur. Tama balosiga
giriftor bo’lgan kishilarda nomus va hayo degan yaxshi sifatlar bo’lmaydur. Hozirgi zamonda oramizda
tama noni bilan qorin to’yg’uzadurgan kishilarning hisobi yo’qdur. Agar bularning biridan: «Birodar,
saning oyoq-qo’ling butun, taning sog’, tama qilmak sanga harom emasmi?», – deb savol qilinsa,
«Qanday qilay, ota-bobomning kasbi tilanchilik edi, man ham tama orqasidan ovqat qilurman», – deb
tamani kasbga isnod berub, turluk-turluk bahonalar bayon qilur. Shariatda munday kishilarga tama
orqasidan kasb qilmaklari mamnu’dur. Alhosil, tama noni ila suyagi qotgan, ish va kasbga bo’yin
qo’ymay, dangasa va yalqovlikka o’rgangan va odat qilgan kishilarning o’zlaridan yaxshilik umidi
o’lmadig’i kabi bolalaridan ham yaxshilik kutub bo’lmaydur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu
alayhi vasallam afandimiz: «Kishi qo’linda bo’lgan narsaga qiziqma! Tamadan saqlan! Zeroki, tama
o’zi hozir bir faqrdur. Namozingni ado qil! So’ngindan uzr istarga to’g’ri keladurgan ishlardan saqlan»,
– demishlar.
BAYT
Bo’lmagil mubtalo duchor tama,
Aylar insonni xor-u zor tama.
Yo’q qilub himmat-u qanoatni,
Oladur oldan ixtiyor tama.
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
Dostları ilə paylaş: |