Mikroelementlar va ularning fiziologik ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Mineral elementlarning yutilish mexanizmi


Mikroo`g`itlar Bakterial o`g`itlar o’g’itlar tasnifi



Yüklə 347,5 Kb.
səhifə10/12
tarix14.12.2023
ölçüsü347,5 Kb.
#140737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mikroelementlar va ularning fiziologik ahamiyati

2.2 Mikroo`g`itlar Bakterial o`g`itlar o’g’itlar tasnifi
Mikroo`g`itlar. O`simliklar hosilining chegaralovchi omili mikroelementlar ham bo`lishi mumkin. Shu kunlarda o`simliklami V, Mn, Mo, Su, Zn kabi elementlariga talabi yaxshi o`rganilgan. Bu elementlarning u yoki bu formasi tuproqda yetishmaganda, o`simliklarga mikro o`g`it sifatida ularning suvda eruvchi tuzlaridan foydalaniladi. Ko`pincha, ayniqsa chet ellarda asosiy o`g`itga qo`shib beriladi. Mikroelementlardan foydalanishni 3 xil yo`li bor: 1.Tuproqqa solish. 2. O`simlikga purkash. 3. Urug`ni dastlab mikroo`g`it bilan ta’minlash. Ko`pchilik hollarda mikroelementlarning kompleksidan foydalaniladi.
Mikroo`g`itlarning qo`llanilishi o`simlik tomonidan asosiy oziq elementlarini olishga ham yordam beradi. Masalan, marganes fosforning yuqori harakatchanligiga yordam bersa, kobalt tuproqdan azot o`zlashtirilishiga yordam beradi. Azot elementi o`zlashtirlishining yaxshilanishi faqatgina fosfor va kaliy elementlarini o`zlashtirilishini yaxshilab qolmasdan balkim, o`simliklar tomonidan temir, rux, mis va marganets kabi elementlarning ham o`zlashtirilishini ham yaxshilaydi.
Bakterial o`g`itlar. Ular tuproqning biologik faolligini oshirishga qaratilgan bo`lib quyidagi formalari mavjud.
1.Fosfobakterin-tuproqdagi organik fosfor birikmalarini parchalovchi bakteriyalar preparati. Ushbu preparatning 1 gr miqdorida 250 million bakteriya bo`ladi. Urug`larni ekishdan avval preparat bilan purkaladi.
2.Azotogen, yoki azotobakterin zavodlarda katta miqdorda tayyorlanadi va tuproqni erkin yashovchi azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilan boyitadi. Qishloq xo`jaligida urug` preparat bilan namlanib, keyin ekiladi. Bu o`g`it qo’llanilganda tuproqda o`zlashtiriladigan azot miqdori ko`payadi ya`ni 1 gayerda 50-60 kg azot to`planishiga olib keladi.
3.Nitragin-tuganak bakteriyalar preparatidir. Ular dukkakli o`simliklar ildizlarida tuganak bakteriyalar hosil bo`lishiga yordam beradi va havodagi molekulyar azotni o`zlashtirishda ishtirok etadi. Bu o`g`ittning 1 gr preparatida 100 million bakteriya bo`ladi. O`simliklar urug`i ekishdan avval nitragin preparati bilan aralashtirib ekilsa tuganak bakteriyalar tomonidan bir yilda 1 gayerda 300-350 kg azot to`plashiga olib kelishi mumkin.
4.Silikat bakteriyalar. Ular tuproqdagi kaliy selikatlarini parchalab o`simliklami kaliyli oziqlanishini yaxshilaydi.

Yüklə 347,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin