1,2 O`g`itlash ekologiyasi O`g`itlash sistemasi-buo`simliklarni mutanosib ravishda almashlab ekishni hisobga olgan holda o`g`itlar qo`llashning dasturi bo`lib, o`z ichiga tuproq unumdorligini, ob-havo sharoitlarini, o`simliklar va ularning navining biologik xususiyatlarini, o`g`itlarni xossasini va tarkibini hisobga olishni oladi. O`g`itlash sistemasi moddalarning aylanishini hisobga olgan holda hamda dehqonchilikda uning nisbatini bilgan taqdirda yaxshi natijalar beradi.
O`simliklar va tuproq mineral tarkibini kimyoviy uslublarni qo`llash tufayli aniqlash mumkin. O`simlik uchun ayrim elementlarning o`zlashtirilishi haqida vegetatsion va dala tajribalari natijalariga qarab xulosa chiqarish mumkin.
O`simliklar bilan vegetatsion tajribalar suvli, qumli va tuproqli sharoitlarda olib borilishi mumkin. Bunda o`simlik uchun yaratilgan sharoit tabiatdagidek bo`lishi loziMikroorganizmlar
Hozirgi vaqtda barglar tarkibidagi va tuproq tarkibidagi elementlarning miqdoriga qarab o`simliklarning mineral oziqga bo`lgan talabini o`rganish uslublariga katta e’tibor berilmoqda.
O`g`itlarni tarkibiga qarab mineral va organik, sanoat (azotli, kaliyli, fosforli va mikroo`g`itlar) va mahalliy (torf, gung, kul), oddiy (tarkibida bitta elementni masalan, faqatgina azot yoki kaliyni tutadi) va kompleks (tarkibida ikki yoki uch elementni tutadi)
Azotli o`g`itlar.Azotning tabiatdagi yagona manbasi bu mikroorganizmlar tomonidan atmosfera azotini bog`lanishidir. O`simlik hosili bilan tuproqdan olib chiqib ketilgan azot go`ng bilan birgalikda qisman qaytadi. Yuqori hosil olishga imkon beradigan azotli o`g`itlar katta ahamiyatga ega.
Azotli o`g`itlar 4 guruhga bo`linadi: Bular, nitratli [(NaNO3, Ca(NO3)2], ammoniyli [(NH4)2SO4, NH4OH], ammoniyli-nitratli [NH4NO3] va Mochevina-[CO(NH2)2]o`g`itlaridir.
Nitratli o`g`itlar (selitra)azotni nitrat fonnasida saqlaydi. Fiziologik jihatidvn ishqoriy xossaga ega bo`lganligi uchun nordon tuproqlarda uning samaradorligi yuqori.