I Bob Mineral elementlarning yutilish mexanizmi Ionlar ontogonizmi va muvozanatlashtirilgan
O`simlik hujayralarida mikroelementlar miqdoran juda kam (0,001%dan-0,000001%) bo`ladi, lekin yuqori faollikka ega. Mikroelementlarning har biri maxsus vazifalarni bajaradi va ularni boshqa elementlar bilan almashtirib bo`lmaydi. Ular hujayradagi oksidlanish-qaytarilish reakisiyalarida, fotosintez jarayonida, azot, uglevodlar va boshqa moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Mikroelementlar ko`pchilik fermentlarning faollik markaziga, vitaminlar tarkibiga kirib o`simliklarni turli kasalliklarga va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning tanqisligi o`sish va rivojlanishga salbiy ta`sir etib, hosildorlikni keskin pasaytirishi mumkin.
Marganes. Marganes barcha o`simliklar uchun zarur elementdir. Uning o`simlik to`qimalaridagi miqdori o`rtacha 0,001% yoki 1 kg quruq massaga nisbatan 1 gr atrofida. Birinchi bor ushbu unsurning o`simliklar uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi Bertran tomonidan ko`rsatilgan. Ushbu element o`simlikga Mn+2 kationlari holida o`tadi. Ko`pincha yashil barglarda ko`proq to`planadi. Masalan, g`o`za uchun 100 gr quruq massaga nisbatan poyasida 2 mg, chanoqda 4 mg, chigitda 2 mg, tolasida 1 mg bo`lsa, barglarida esa ushbu ko`rsatkich 24 mg bo`lishi aniqlangan (VII.3-rasm).
VII.3-rasMikroorganizmlar Suvli oziq muhitida kungaboqar maysalarining o`sishiga marganesning ta`siri (S.I.Lebedev, 1988).a-nazorat (Mn2+ ionlari yo`q), b-tajriba (Mn2+ ionlari mavjud). Marganes bir qancha biokimyoviy jarayonlarda, masalan suvning fotolizida, CO2 qaytarilishida, Krebs siklida bir qator fermentlarning (MDG, izoTSDG) faollligini oshirishda, azot almashinuvida bevosita qatnashadi. U nitratni qaytarishda ham ishtirok etadi.
Marganes hujayralarning o`sishi uchun zarur bo`lib, bir tomondan yadrodagi mRNK sintezi uchun javobgar RNK-polimeraza-11 fermentining kofaktori sifatida qatnashsa ikkinchi tomondan IUK gormonini parchalovchi auksinoksidaza ferment kompleksining kofaktori sifatida zarurdir. Tuproq tarkibida marganes ko`p bo`lsada, uning ko`p qismi o`simliklar uchun o`zlashtirib bo`lmaydigan holdadir. Ayniqsa muhit pH 7 bo`lgan tuproqlarda marganesning o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi juda qiyin. Yuksak ildizmevali o`simliklar, kartoshka va boshoqdoshlar oilasi vakillari marganetsga nisbatan sezgir o`simliklardir.
Marganes taqchil bo`lganda, barg tomirlari o`rtasida sarg`ish dog`lar paydo bo`ladi, so`ngra xloroz hosil bo`lib, bargning o`sha joylari o`ladi. O`simliklarning marganetsga nisbatan talabini qondirish uchun uning MnSO4 ko`rinishdagi tuzi qishloq xo`jalik o`simliklari uchun o`g`it sifatida beriladi.