11
boyligi sabablari va tabiatiga kirish‖ nomli ishini tugatdi va chop etdi. O‘ziga xos
nazariyasi bilan birga buyuk mazmunga ega, soliqlar va soliqqa tortish qoidalariga
batafsil sharga ega bo‘lgan 5-kitobi; qaysiki hozirgi kungacha soliqqa torlishning
muhim asosi bo‘lib hisoblanadi, garchi amaliyotda saqlanib qolgan bo‘lsada, uning
konsepsiyalari darz ketganligini ko‘rishimiz mumkin.
Birinchi qoida Gobbes va Lokki hisoblanadi (himoyani saqlashga o‘z
hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir odam o‘z mulkidan
bir qismini uni saqlab
qolish uchun berishi kerak) (teparoqqa qarang) daromadning bir qismini ma‘lum
bir proporsiyada soliq tarzida to‘lash nazarda tutilmoqda. Ammo Smit chuqurroq
kirib boradi: u Lokkining 2 potensial kurashuvchi yondashuvlarini birlashtiradi;
ular: foyda yondashuvi va ―to‘lov qobiliyati‖ yondashuvi. Lokki inson himoyaga
o‘z hissasini qo‘shishi uchun o‘z ulushini to‘lashi kerak deydi.
Bu Smitning
bayonotidagidek talqin qilinishi mumkin. Boshqacha xulosa qilib aytganda,
daromaddan to‘lanadigan ulushi to‘lovga qobiliyatidanboshqa
bir asosga ega
bo‘lishi kerak. Garchi Smit Yumning yondashuvchisi bo‘lgan bo‘lsada, qoidalarni
o‘rnatish tili ijtimoiy shartnoma nazariyasi asarlarini ko‘rsatadi, lekin bu bir
tomonlama
fikr hisoblanadi, u tufayli xarajatlar ko‘payib, tan olinmay qolishi
mumkin deb ehtiyotkorlik bilan tanlangan. Smit ham progressiv
soliqqa tortishga
qaror qilganiga ishora bor: Boylar jamoaviy harajatlar yoki daromadlarga o‘zining
hissasini qo‘shishi bejiz emas. Smitning holislik nazariyasida insonlarning
imkoniyatiyoki qobiliyatiga qarab soliqqa tortilishi kerak deb hisoblanadi. 1-bobda
ko‘rib chiqqanimizdek, adolat vertikal yoki gorizontal ko‘rinishda bo‘lishi mumkin
dedik, adolat amaliyotda to‘lov qobiliyati bilan qanday o‘lchanishi lozimligi qiyin
masala hisoblanadi.