18
3-rasm. Soliq ta’siri
10
O. Olimjonovning fikriga ko‗ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul
mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish maqsadida
qonun tomonidan belgilab
qo‗yilgan hajmda va o‗rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat
ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‗lovlardir».
11
Soliqlarga berilgan
mana shu ta‘rif eng maqbul ta‘rif bo‗lib, soliqlarning mohiyati, ularning
iqtisodiyotdagi o‗rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan
chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Bugungi kunda soliq
kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq,
shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va
o‗rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‗liqroq yorita oladigan ta‘rifni
keltirish muammosi fanda mavjuddir.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‗lgan majburiy
to‗lovlar sifatida, davlat paydo bo‗lishi bilan vujudga kelgan.
Soliqlar davlat
10
Manbaa:
https://www.economicshelp.org
11
Olimjonov О. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida soliq siyosati.
≪Hayot va iqtisod
≫, 1992.
19
faoliyat ko‗rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati
xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida
soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga
solishning ham bilvosita
quroli hisoblanadi.
Soliqni to‗lash xo‗jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat
o‗rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar
budjet daromadlari (pul fondi) ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‗libgina
qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni
rag‗batlantirishda investitsiyalarni ko‗paytirishga,
raqobatbardosh mahsulotni
ko‗paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan
bog‗liq bo‗lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlat
o‗zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗larning asosiy qismini
soliqlar orqali to‗playdi.
Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar
daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz
yaratadi, soliq to‗lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning
tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‗lgan intilishini rag‗batlantiradi, narx
belgilashga ta‘sir ko‗rsatadi, aholining turmush darajasini
tartibga solib turadi,
imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy
himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: