oilalarida ulgʻaygan 15 yoshli oʻquvchilarning 10 foizi matematikadan AQSH va
boshqa koʻpchilik mamlakatlarning eng yaxshi taʼminlangan oilalarida ulgʻaygan
15 yoshli oʻquvchilarning 10 foizidan koʻra yaxshiroq natijalarni koʻrsatdilar.
Shunday qilib, PISA – 2015 tadqiqotida Estoniya va Vyetnamning eng nochor
oilalari farzandlarining 10 foizi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo
mamlakatlarning oʻrtacha oʻquvchilari koʻrsatgan natijalarni namoyish etdilar.
2006-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda Qoʻshma Shtatlarda ijtimoiy kelib
chiqish va oʻquvchilarning oʻzlashtirishi oʻrtasidagi bogʻliqlik PISA da ishtirok
etayotgan boshqa har qanday mamlakatdagiga nisbatan koʻproq susaydi. 2006-
yilda 15 yoshli eng qashshoq amerikaliklarning har beshinchisi tabiiy fanlardan
eng yaxshi natijalarga erisha oldi. 2015-yilda buni har uchinchi oʻquvchi uddaladi.
Shunday qilib, ijtimoiy harakatchanlik haqidagi amerikacha orzuni hayotga tadbiq
etishga qodir oʻquvchilar ulushi 10 yil ichida 12 foizga oʻsdi.
Dostları ilə paylaş: