Top-20talikdagi qolgan o‘rinlar quyidagicha joylashgan:
4-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 66-maktab;
5-o‘rin – Namangan viloyati, Pop tumani, 7-maktab;
6-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 41-maktab;
7-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, 37-maktab;
8-o‘rin – Namangan viloyati, Namangan tumani, 23-maktab;
9-o‘rin – Namangan viloyati, Uychi tumani, 23-maktab;
10-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 26-maktab;
11-o‘rin – Xorazm viloyati, Shovot tumani, 28-maktab;
12-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 30-maktab;
13-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 10-maktab;
14-o‘rin – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, 5-maktab;
15-o‘rin – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 4-maktab;
16-o‘rin – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, 28-maktab;
17-o‘rin – Xorazm viloyati, Xiva shahar, 2-maktab;
18-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tuman, 23-maktab;
19-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, 10-maktab;
20-o‘rin – Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 58-maktab;
Eng yaxshi 20ta maktab qatoridan Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent
viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablari joy
ololmagan. Jumladan, Samarqand viloyatining eng yaxshi ball olgan maktabi
ro‘yxatning
51-o‘rnidan
joy
olgan
bo‘lsa,
Sirdaryo
vakili
61-,
Qoraqalpog‘istonning eng yaxshi maktabi 100-o‘rinda joylashgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari
reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi.
So‘rovnomalarni o‘tkazishda xalqaro tajribalardan foydalanilgan bo‘lib,
o‘rganishlar davomida O‘zbekiston tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim
sifati tahlil qilindi. Asosiy mezon sifatida quyidagi 4 ta ko‘rsatkich e’tiborga
olingan:
bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim
tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi (35 ball);
9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi (25 ball);
oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi (20 ball);
umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida
o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (20 ball).
Joriy qilinayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi o‘quvchilar bilim
darajasini aks ettiradi.
Yuqoridagi indikatorlar asosida respublikaning 992 ta (jamiga nisbatan 10%)
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (maktablar) faoliyati tahlil qilindi. 1 iyul holatiga
ko‘ra tayyorlangan reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro,
Namangan va Xorazm viloyatlari egalladi. Eng quyi o‘rinlardan Sirdaryo,
Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari joy oldi.
Umumiy reyting bo‘yicha eng yuqori 20 talikdan Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4
ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta,
Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktab joy.
Eng oxirgi 20 talikka Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta, Samarqanddan 3
ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta,
Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktab kirgan.
Dostları ilə paylaş: |