Maktab tizimlari oʻquvchilar oʻqishga sarflaydigan vaqt miqdori boʻyicha bir
biridan tubdan farq qiladi. Har bir davlatda, odatda, fanni oʻzlashtirishga
sarflanadigan aksariyat vaqt fanga oid eng yaxshi natijalarga bogʻliq. PISA
tadqiqotida dars soatlari koʻp boʻlgan mamlakatlar oʻquvchilarining natijalari dars
sifatining oqibati boʻladi. Agar dars sifatining barqarorligi saqlansa, oʻquv soatini
qoʻshish yaxshi natija beradi. Ammo mamlakatlar taʼlim sifatini oshirganida, ular,
odatda, oʻqishga ajratilgan vaqtni koʻpaytirmasdan yaxshi natijalarga erishadilar.
Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada tabiiy fanlardan oʻquvchilarning ballar
miqdori bir xil boʻladi, ammo Yaponiyada oʻquvchilar hamma fanlar boʻyicha
oʻqishga haftasiga 41 soat vaqt sarflaydilar (28 soat maktabda va 14 soat
maktabdan tashqari), Janubiy Koreyada esa oʻquvchilar haftasiga 50 soat (30 soat
maktabda va 20 soat maktabdan tashqari) sarflaydilar. Tunis va Pekin, Shanxay,
Szyansu va Guandunda –Xitoyning 2015-yildan boshlab PISA tadqiqotida
qatnashgan toʻrt munitsipalitetida – oʻquvchilar haftada 30 soatni maktabdagi va
27 soatni maktabdan keyingi mashgʻulotlarga sarflaydilar. Ammo oʻrta hisobda
Xitoy shaharlari va viloyatlarida tabiiy fanlar boʻyicha natijalar 531 ballni, Tunisda
esa u 367 ballni tashkil etadi.
Koʻp ota-onalar ularning bolalari mustahkam akademik bilim va
koʻnikmalarni egallashi mumkin boʻlgan, ularning ijtimoiy va emotsional
kompetensiyalarini rivojlantiradigan teatr toʻgaragiga qatnashish, musiqa yoki
sport bilan shugʻullanish kabi sinfdan tashqari tadbirlarga yetarlicha vaqtlari
boʻladigan maktablarda oʻqishini xohlagan boʻlardi. Bu har doim muvozanat
masalasi boʻlgan. Germaniya, Finlyandiya, Shveysariya, Yaponiya, Estoniya,
Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Chexiya va Makao (Xitoy)
– bu mamlakatlar oʻqish vaqtining davomiyligi va oʻzlashtirish oʻrtasidagi toʻgʻri
muvozanatni topishning uddasidan chiqishdi.
Maktab taʼlimini keng miqyosda oʻzgartirish uchun bizga mumkin boʻlgan
narsani mutlaqo boshqacha, muqobil tarzda his etishgina emas, balki dono
strategiyalar, samarador institutlar zarur boʻladi. Chunki jamiyatdagi oʻzgarishlar
tezligi bizning hozirgi taʼlim tizimimizga xos boʻlgan oʻzgarishlarga javob bera
olish xususiyatining strukturaviy imkoniyatlaridan sezilarli darajada oʻtib ketdi.
PISA dasturiga oʻxshash xalqaro tadqiqotlar mamlakatlarning boshqa maktab
tizimlari bilan qiyoslagandagi natijalarini aks ettiradigan oʻziga xos oynadir. Ular
yana taʼlim natijalarini yaxshilashga xalaqit berishi mumkin boʻlgan koʻplab
omillarni ilmiy asosda aniqlash va bartaraf etishga imkon yaratib, taʼlim tizimini
muvaffaqiyatli isloh qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston maktablari milliy reytingi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublika maktablar
milliy reytingi ishlab chiqilgan. 2019 yilgi reytingning birinchi pog‘onasini Buxoro
viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab band etgan. Xorazm viloyati Gurlan
tumanidagi 1-maktab ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 30-maktab
uchinchi o‘rindan joy olgan. Reyting tuzishda 9-sinf o‘quvchilarining bilim
darajasi, oliy va birinchi toifadagi o‘qituvchilar ko‘rsatkichi va so‘rovnomalar
natijalari asosidagi to‘plangan ballar hisobga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq
ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»ga farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida
umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini tuzish vazifasi
yuklatilgan. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan umumta'lim muassasalari faoliyati
samaradorligi bo‘yicha milliy reyting tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur reyting
kelgusida xalqaro maydonda, O‘zbekiston Respublikasining PISA-2021 xalqaro
baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: