IVAN TURGENEV
«Otalar va bolalar»
84x108 1/32 320 bet, qattiq muqova
Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z
davrida katta shuhrat qozongan ushbu «Otalar va
bolalar» romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi
ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh
qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangi-
lik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan.
Asardagi voqealar o‘sha
davrda chiriy boshlagan
jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poy-
devorini tag-tugi bilan yo‘q qilib,
yangisini barpo
etish kerakligini ko‘rsatib beradi. Turgenev Baza-
rovdagi nigilizm (barcha narsalarni inkor qilish)ni
tasvirlash orqali rus yoshlariga xos salbiy jihatlarni
ham namoyon etgan. Kattalarni hurmat, kichiklar-
ni izzat qilishga o‘rgatuvchi ushbu asar mutolaasi
kitobxonga zavq bag‘ishlaydi, degan umiddamiz.
YOHANN VOLFGANG GYOTE
«Faust»
84x108 1/32 536 bet, qattiq muqova
Buyuk nemis shoirining bu
yirik asari jahon
adabiyotining durdonalaridan sanaladi. Unda ikki
mangu qarama-qarshi kuch: yaxshilik va yovuz-
lik, iqror va inkor kurashadi. Faust – hayot oshig‘i,
taraqqiyot jangchisi, adolat jarchisi. Mefistofel – ha-
yot yovi, taraqqiyot dushmani, adolat kushandasi.
Asardagi murakkab voqealar silsilasi shu ikki qah-
ramon xatti-harakatlari orqali rivojlanib boradi.
ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN
«Yevgeniy Onegin»
84x108 1/32 224 bet, yumshoq muqova
A.S.Pushkin jahon she’riyatini yangi taraqqiyot
bosqichiga ko‘targan, asarlari dunyo
xalqlari tillari-
ga tarjima qilingan va hamon sevib o‘qilayotgan
Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bayron, Gyote singari
buyuk shoirlar sirasiga kiradi. Uning kitobxonlarni
ham, mutaxassislarni ham hayratga solib kelayot-
gan she’riy dahosi «Yevgeniy Onegin» asarida o‘zi-
ning, ayniqsa, porloq badiiy tajassumini topgan.
1936-yilda buyuk shoir
va adib Oybek tomoni-
dan katta mahorat bilan tarjima qilingan bu asar
o‘zbek xalqining rus shoiri ijodini kashf etishida
muhim ahamiyatga molik bo‘ldi, o‘zbek she’riya-
tiga yangi adabiy janr
va uslublarning kirib keli-
shi, she’riyatimizda poetik tafakkur va lirizmning
chuqurlashishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Rus she’riyatining bu o‘lmas durdonasini adabi-
yot shaydolari qizg‘in kutib oladilar, degan umid-
damiz.