bosh (umumiy) maqsad faoliyatning pirovard natijasini ifodalashi lozim;
umumiy tashkiliy maqsadning iyerarxik tuzilmasini tuzish davomida ushbu muhim tamoyilga e’tibor berish lozim: faoliyatning kelgusi bosqichidagi maqsadlarga yetishish uchun ilgarigi bosqichning maqsadlarini ro’yobga oshirish lozim;
tashkiliy faoliyatning turli xil bosqichlarida maqsadlarga erishish yo’llariga emas, balki ularning mazmuni (natija)ga e’tibor berish shart;
tashkiliy faoliyatning har bir bosqichida qo’yiladigan maqsadlar tamomila mustaqil bo’lishi, biri-biridan kelib chiqmasligi kerak;
maqsadlar shajarasining asosini belgilangan vaqt mobaynida ma’lum tartibda bajarilishi mumkin bo’lgan vazifalar majmui tashkil etishi lozim;
umumiy tashkiliy maqsadning kichikroq maqsadlarga ajratilishida bosh maqsadning murakkabligi, ko’lami va tashkiliy tuzilmasini e’tiborga olish muhimdir;
tashkiliy maqsadlarni belgilash jarayonida nafaqat maqsadlar shajarasiga, balki maqsadlarning rivojlanish dinamikasiga ham alohida e’tibor berish lozim. Tashkilot faoliyatining istiqbol rejasini tayyorlash chog’ida jarayonning dinamik modelidan foydalaniladi.