4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja: Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar


Boshqaruvning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va tashkiliy funksiyalari ham mavjud



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə8/10
tarix24.10.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja Boshqarishning-fayllar.org

Boshqaruvning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va tashkiliy funksiyalari ham mavjud. Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi:
Boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni:
  • mablag’larning doiraviy aylanishini amalga oshirish;


  • mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish;


  • marketing xizmatini uyushtirish;


  • foyda olishni ta`minlash va h.k.


  • Boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni:


  • mehnat sharoitini yaxshilash;


  • xodimlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish,


  • moddiy rag’batlantirishni ta’minlash;


  • ijtimoiy humoyani ta’minlash va h.k.


  • boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni:


  • xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash;


  • xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, adolat tuyg’usini, bulum va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k.


  • Boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni:


  • ishlab chiqarishni tashkil qilish;


  • o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish;


  • barcha bo’g’in va bo’limlar o’ptasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’ptasida mas’uliyatlarni belgilash;


  • boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.


Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.


Ish jarayonini rejalashtirish deganda, boshqaruv ob’ektining zimmasiga yuklanadigan vazifa, uning oldiga qo’yiladigan aniq maqsad nazarda tutiladi. Faoliyatni rejalashtirish – yagona maqsad yo’lida barcha tashkilot a’zolarining sa’y-harakatlarini (urinishi, izlanishi) uyg’un birlashtirishga yordam beruvchi vositadir. Boshqaruv tub ma’noda aynan faoliyatni rejalashtirishdan boshlanadi. Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish – tashkiliy jihatdan ilgari surilgan vazifani bajarishga kirishish uchun zarur shart-sharoit yaratish demakdir. Ko’zlangan maqsad yo’lida boshqariluvchi tizimning barcha elementlari o’rtasida samarali aloqadorlikni ta’minlashga imkon beruvchi munosabatlarni o’rnata olish zarur.
Boshqaruvchilik faoliyatining yaxlit tizimi sifatida menejment tashkilot oldiga qo’yilgan barcha maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan boshqaruv tizimining har bir pog’onasida turgan rahbarlar o’z vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oldida turgan aniq maqsadlarni yaxshi anglashi kerak. Ushbu asosda maqsadli faoliyatning muayyan davrida menejer qo’l ostidagi xodimlarning faoliyatini yo’lga qo’yishi lozim. Menejmentning umumiy maqsadlari va vazifalari boshqaruvchilik tizimining barcha pog’onalaridagi menejerlar bilan bahamjihat ishlab chiqiladi.
Boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyasi boshqaruv apparatining izchil xatti-harakatidir.
Menejment boshqaruv tizimi faoliyatidagi ish jarayonida o’z imkoniyatini namoyon etadi. U mehnat jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi. Menejment jarayoni tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun rahbar bilan xodimlar birgalikdagi xatti-harakatlari yig’indisidir. Menejment jarayoni operatsiyalar, ularni amalga oshirish bosqichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o’zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda operatsiyalar, rahbarning xatti-harakati boshqarish funksiyasini o’zida namoyon etadi.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin