Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Ajratish punktlarida yo’lning ustki tuzilishi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə33/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

4.5. Ajratish punktlarida yo’lning ustki tuzilishi

Bosh va bekat yo’llarining ustki tuzilishi quvvati yo’lning darajasiga qarab olinadi. Bekatlar, raz’ezdlar va quvib o’tish punktlari hududidagi bosh yo’llar, hamda poezdlarni beto’xtov o’tkazish uchun mo’ljallangan qabul-jo’natish yo’llari uchastkadagi (peregondagi) relslar turi bilan bir xil qilib yotqiziladi va 1 km uzunlikka qo’yiladigan shpalalar soni ham bir xil olinadi. qabul-jo’natish yo’llaridagi relslar esa bosh yo’llardagidan bir daraja pastroq yoki shu turdagi eski relslardan yotqiziladi. Yo’lovchi poezdlar harakati 120 kmG’s dan yuqori bo’lgan I darajali to’g’ri bosh yo’llarda, hamda uloqsiz yo’llar quriladigan uchastkalarda shag’al prizmasi kengligi 3,6m, I darajali qolgan yo’llarda esa 3,4 m, II darajali yo’llarda 3,2m, III, IV darajali yo’llarda esa 3,1m olinadi. Shag’al prizmasini qo’llash har qanday tarkibda ham 1:1,5 nisbatda, qumlik qatlam qalinligi esa 1:2 nisbatda olinadi.
Avtomatik blokirovka va elektrli markazlashtirishda, izolyatsiyalangan (tokli himoyallangan) relsli zanjirlari bo’lgan bekat yo’llarining shag’al yuzasi yog’och shpalalar sathidan 3sm dan pastroq va temir-beton shpalalarda esa uning o’rta qismlari bilan barobar bo’lishi kerak, qolgan hollarda shag’al prizmasi shpala usti bilan barobar loyihalanadi.
Umumiy er polotnosida joylashgan 6,5m gacha kenglikdagi bekat yo’llari oralig’i shag’al bilan to’ldiriladi, yo’l oralig’i 6,5m dan katta bo’lsa, xar bir yo’lning shag’al qatlami alohida loyihalanishi mumkin. Agar bosh yo’l chaqiq tosh (shcheben) ustiga qo’yilsa, u holda boshqa bekat yo’llaridan 15sm gacha balandroq loyihalanishi mumkin (rasm 4.5).

Rasm 4.5. Bekat yo’llarining bosh yo’l shcheben ballastiga qo’yilgandagi ko’ndalang kesimi: a-platformasiz; b-yo’lovchi platformali.

Berk yo’llardagi yo’l tirgaklari yog’och brus yoki relslardan quriladi. Tirgak oldidan harakatga qarshilikni ko’paytirish maqsadida 12 m uzunlikda shag’al yotqiziladi.


Temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan yoki shahar transporti yo’llari bilan kesishuvi ko’prikli yo’l o’tkazgich bilan har hil balandlikda, yoki o’tish joylari (pereezd) bilan bir xil sathda loyihalanadi. Mahalliy sharoitga qarab avtomobil va shahar yo’llari temir yo’l ustidan yoki ostidan o’tkazilishi mumkin.


Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin