Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


-rasm. Keynsning iste’mol va jamg‘arma funksiyasi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
6.3-rasm. Keynsning iste’mol va jamg‘arma funksiyasi
13
 
Joriy daromad mavjud bo‘lmaganda (yoki u mavjud bo‘lib, etarli 
darajada bo‘lmasa), uy xo‘jaliklari “qarz”ga kun kechiradilar yoki ilgari 
to‘plagan mulklari yoki jamg‘armalarini sotib yashaydilar (“manfiy 
jamg‘arma”).
Keynsning jamg‘arma funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
S = Y – C = Y – (C
a
+ MPC x Y) = - C

+ (1 – MPC)Y = - C


MPS x Y 
ya’ni,
S = - C

+ MPS x Y
 
bunda,
C – iste’mol; MPC – iste’molga chekli moyillik
Y – daromad; C
a
– avtonom iste’mol; 
MPS – jamg‘armaga chekli moyillik.
Iste’mol va jamg‘armaga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin: 
- soliqlarning ortishi iste’mol va jamg‘armani kamaytiradi; 
- ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlarining oshishi jamg‘armalar qisqarishiga 
olib keladi; 
- sun’iy ravishda va asossiz shov-shuv natijasida oshgan talab 
iste’molning keskin ortishiga sabab bo‘ladi; 
- bozorda taklifning ortishi jamg‘armalarni kamayishiga olib keladi.
6.5. Keynscha modelda investitsiyalar funksiyasi 
Keynscha 
modelda 
investitsiyalar 
– 
(I)
yalpi 
talabni 
rag‘batlantiruvchi 
ikkinchi
bir asosiy omil hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda 
13
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 


49 
«investitsiya» atamasi jamg‘armani yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 
boshqa 
real aktivlar
ni yaratish maqsadida ishlatilishini anglatadi. 
Investitsiyalar tarkibiga mashina va asbob-uskunalarni xarid qilish, 
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zahiralarni o‘zgartirish uchun 
qilinadigan barcha xarajatlar kiritiladi. Shunisi muhimki, iqtisodchilar 
investitsiyalarni real aktivlarni sotib olishga qo‘yilmalar bilan bir qatorda 
zahiralar bilan ham bog‘laydilar. Qimmatli qog‘ozlar (masalan, aksiya va 
obligatsiyalar)ga mablag‘larni sarflash 
moliyaviy 
yoki 
portfel 
investitsiyalar
deb ataladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini, ya’ni real 
aktivlarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan real investitsiyalardan farqli 
o‘laroq, moliyaviy investitsiyalar mulkning qayta taqsimlanishini va unga 
egalik qilish huquqini bir sub’ektdan ikkinchisi tomon o‘zgarishini 
bildiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish tovarlar bozori bilan bog‘liq 
bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi moliyaviy bozor bilan 
bog‘liqdir.
Investitsiyalar yalpi xarajatlarning tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli, 
ular yalpi talab o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, 
jamg‘armalar esa aksincha teskari yo‘nalishda ta’sir etadi, ya’ni 
jamg‘armalarning ortishi yalpi talabni kamaytiradi. Shuning uchun 
keynschilar iste’molga moyillikning kamayishini investitsiyalarni 
ko‘paytirish orqali to‘ldirishni taklif etadilar.
Foiz stavkasi investitsiya bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun muhim 
ahamiyatga egadir. Istalgan vaqtda firmalar investitsiyalarni amalga 
oshirishlarida muqobil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Yuqori foiz stavkalari sharoitida kutiladigan sof foyda me’yori eng ko‘p 
bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirilsa, past foiz stavkasida ilgari 
foyda keltirmagan loyihalarni endilikda amalga oshirish imkoniyati 
tug‘iladi va iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi ortadi. Shuning uchun 
investitsiyalar hajmi va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional 
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin