Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə12/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

O`timli fe’llar. Harakati boshqasiga qaytgan, ya’ni gap ichida bir predmetga (borliqqa) ta`siri bo`ladigan fe’llarga o`timli fe’llar (geçişli fiil) deyiladi: kır-, çek-, ara-, bul- kabi. O camı kırdı, kapıyı çektı, birisini aradı, babasını buldu (U oynani sindirdi, eshikni tortdi, birini qidirdi, otasini topdi) va hokazo.
Ta`sirni qabul qiluvchi borliqning nomi ko`pincha kimni? (kimi?)kim? (kim?), ba’zan esa kimga? (kime?) savollariga javob bo`ladi va gapda vositasiz to`ldiruvchi (nesne) vazifasini bajaradi: Ali motoru getirdi (Ali motorni keltirdi). Birlikte çorba içeriz (Birga sho`rva ichamiz). Çok paraya kıymışsınız (Juda ko`p pul ishlatibsiz) va hokazo.

Bu misollarda fe`llarning otlarga ta’siri ko`rinib turibdi. O`timli fe’llarda harakat bilan o`sha harakatni amalga oshiruvchi (ega) dan boshqa bir predmet ham mavjud. Bu vositasiz to`ldiruvchi (nesne) dir. Harakat o`sha predmetga qaratilgan va uni o`z ta’siri ostiga olgan, ya’ni harakat o`sha predmet ustida amalga oshiriladi. O`timsiz fe’llarda esa harakat va uning bajaruvchisi (ega) dan boshqa uchinchi unsur, ya’ni ega va u amalga oshiradigan ish-harakatdan boshqa narsa (predmet) yo`q. O`timsiz fe’llarda ot (ega) harakat bilan yakkama-yakka holatda bo`ladi, ish-harakat vositasiz to`ldiruvchiga o`tmaydi, uning o`ziga qaytadi.



II.2. O`timsiz fe’l (geçişsiz fiil).
O`timsiz fe’llar(geçişsiz fiil).. Harakat gapning egasiga yo`nalgan fe’llarga o`timsiz fe’llar (geçişsiz fiiller) deyiladi (yat-, kalk-, dur-). O yattı, kalktı, durdu (U yotdi, turdi, to`xtadi) misollarida ish-harakatning boshqasiga o`tmaganligi va faqat egaga yo`nalgan ekanligi aniq ko`rinib turibdi. Demak, o`timli fe’llarda harakat boshqa predmetga o`tadi, o`timsiz fe’llarda o`tmaydi, eganing o`zida qoladi. Fe’llarning gap ichida biror bir borliq, predmetga ta’siri bo`lmaydi. Ular gap ichida vositali to`ldiruvchi (tümleç) bo`ladi: Arkadaşım Konya’dan geldi (O`rtog`im Konyadan keldi). Yarın evde oturalım (Ertaga uyda o`tiraylik). Biz Üsküdar’a geçeceğiz (Biz Uskudarga o`tamiz) va hokazo.
Holat va bo`lishni ifodalovchi fe’llar, ko`pincha, o`timsiz bo`ladi: Her gün yazıhanede bulunurum (Har kuni yozuvxonada bo`laman). Yemek pişti (Ovqat pishdi). Biraz daha büyümelisin (Yana ozgina katta bo`lishihgiz kerak) va hokazo.
Qo`llanish o`rni va ma’no farqiga ko`ra ham fe’llar o`timli va o`timsizga ajratiladi: Kırlarda çiçek topladık (Qirlarda gullar terdik). Yazın biraz dinlenmişsin (Yozda bir oz dam olibsan). Eve bir kat çıkacağız (Uyga bir qavat chiqamiz). Yarın Uludağ’a çıkacağız (Ertaga Ulutog`ga chiqamiz) va hokazo.
Bunday fe’llar turk tilida o`rtoq fe’llar deyiladi. Fe’lning o`zak va negizi ish-harakatni boshlang`ich shaklda ifodalaydi va bu holatda qo`llanish sohasiga chiqmaydi. Shuning uchun ularning boshlang`ich holatlari yap-, kes-, ol-, git-, ver-, otur-, uyu- shaklida yoziladi.
Xulosa shuki, o`timli fe’llar ish-harakatning bajarilishini, o`timsiz fe’llar esa yuz berishi (bo`lishi)ni ifodalar ekan. Fe’llar boshlang`ich shaklda xoh o`timli, xoh o`timsiz bo`lsin, ma’lum va ish bajaruvchi shaxsni talab qiladi. Shu bois passiv ko`rinish qarshisida faol ko`rinish namoyon bo`ladi: kırılmakemas kırmak.
Turk tilida o`timsiz fe’llarga -dir (-tir) qo`shimchalari qo`shilgandaular o`timli fe’llarga aylanishi mumkin. Masalan: Anne beşiğin üzerinde uyudu (o`timsiz); Anne çocuğunu uyuttu (o`timli). Yoki Kız delikanlıya güldü (o`timsiz); Kız delikanlıyı güldürdü (o`timli).


Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin